2-laboratoriya mmashgʻuloti
Topshiriqlar
Quyidagi rasm asosida og‘zaki matn tuzing. Matnga mos sarlavha qo'ying. Dunyodagi mashhur favvoralar haqida ma'lumotga egamisiz? O'rtoqlaringiz bilan ma'lumot almashing.
Namuna :
Favvora, fontan — sunʼiy bosim ostida yuqoriga otiluvchi suv oqimi va uni hosil qiluvchi inshoot. Dastlab Fontandan ichimlik suvi manbai sifatida ham foydalanilgan, keyinchalik shahar maydonlari, saroy va bogʻlarni bezash, havoni salqinlashtirish vositasi sifatida qoʻllanilgan. Fontanlar quduq, chashma, hovuz kabi suv inshootlari bilan boglik. Fontanda meʼmorlar tomonidan oqar suvning badiiyestetik jihatlari va shifobaxshligi namoyon qilingan.Oʻzbekistonda Fontan, asosan, madaniyat va istirohat bogʻlarida, shahar maydonlarida, jamoat binolari oldida bunyod etilgan (Toshkentdagi teatr maydoni, 1947; Xadra maydoni, 1952—53; Navoiydagi "Farhod" va "Oʻzbekiston daryolari", 1970 va boshqalar). Mustaqillik maydonidagi F.lar (1970—74) katta texnik imkoniyatga ega boʻlgan, qator joʻmrakli, ajoyib manzarali murakkab muhandislik inshooti hisoblanadi.Hozirgi zamon F.lari fantexnika yutuqlari asosida bunyod etilmokda, Oqshomda ular harakatdagi rangli nurlar bilan yoritiladi. Suvning shovullash ovozi musiqiy ohanglar bilan muvofiklashtiriladi.1-may O‘zbekistonda favvoralar kuni nishonlanadi. Aynan shu kuni Respublikadagi barcha favvoralar o‘z ishini boshlaydi. Ba'zi poytaxt favvoralari, san'at asarlari kabi, shakli va o'lchamlari bilan farqlanadi, qiziqarli qurilish tarixiga ega va hatto musiqaga "raqsga tushadi".1. Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri yonidagi favvora Toshkentdagi eng qadimiy favvoralardan biridir. U 1947 yilda paxta tolasi sifatida ishlab chiqilgan. 2010 yilda favvora rekonstruksiya qilindi - hozir u raqsga tushadigan rang va musiqa favvorasi va shaharning eng gavjum dam olish maskanlaridan biri.2. O‘zbekiston Mustaqillik maydonidagi favvora eng yirik favvoralardan biridir. 2005 yilda u qayta tiklandi, ko'plab muhandislik ishlari amalga oshirildi, tungi yoritish qo'shildi, ammo favvoraning asosiy tushunchasi saqlanib qoldi.=3. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning ikki tomonida joylashgan qo‘shaloq favvoralar – ilk musiqali favvoralar. Ajablanarli darajada chiroyli va ajoyib. Dizayn ishi musiqa bilan birgalikda to'liq badiiy ijroni beradi, unga qaraganda estetik zavq olasiz.4. Xalqaro biznes markazi va Xalqaro mehmonxona yaqinidagi favvoralar kaskadi - katta va zamonaviy favvora. Turli balandlikdagi suv oqimlari - shaharning gavjum qismiga tazelik va salqinlik bag'ishlaydi, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun najotga aylanadi.5. Tashkent City bog‘idagi musiqali favvora Toshkentdagi eng katta favvora hisoblanadi. Uning uzunligi ikki yuz metrni tashkil etadi, u ko'lning markazida joylashgan. Har oqshom favvora aql bovar qilmaydigan lazer nurlari shousi, yorqin o'zgaruvchan ranglar bilan yoritilgan ajoyib oqimli figuralar bilan zavqlanadi. Favvora suvining oqimi sakson metr balandlikka ko'tarilib, maftunkor nigohlarni o'ziga tortadi.Albatta, bu erda hamma favvoralar sanab o'tilmagan. Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida shaharlarni bezatib, jazirama quyoshdan saqlaydigan go‘zal favvoralar hali ham ko‘p.
Halollik – jannat mevasi,
Haromlik esa do‘zax kulfatidir
Qadim zamonda Abdusalom degan bir halol inson o‘tgan ekan. Uning yakkayu-yagona farzandi bo‘lib, u bolasini juda yaxshi ko‘rar, yeru-ko‘kka ishonmas ekan. Kunlar, yillar o‘tib bola katta pahlavon yigit bo‘libdi. Bir kuni u otasiga maslahat solibdi:
– Ey, ota! Endi nima kasb qilay?
Otasi: – Ey, o‘g‘lim. “Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas”, degan gap bor. Endi sen bir hunar yoki kasbni o‘zing tanla va shunga mehr qo‘y”.
Shunda o‘g‘li: – Eng yaxshi kasb – o‘g‘rilik bo‘lsa kerak, – debdi.
Otasi shunda debdi: – Mayli o‘g‘lim, o‘g‘rilik bo‘lsa o‘g‘rilik-da. Qo‘shnimizning qo‘yini o‘g‘rilab ko‘r-chi. O‘g‘li qo‘shni xonadondagi bitta katta qo‘chqorni o‘g‘irlab olib kelibdi.
Otasi xursand bo‘libdi va: – O‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz o‘zimizni tejaymiz va bir hafta uydan chiqmay, shu qo‘yni mazza qilib yeymiz, debdi. Xullas, astoydil bir hafta mazza qilib maishat qilishibdi. Qo‘yni yeb bo‘lgach, o‘zlarini tortishibdi.
O‘g‘il bir haftada uch kiloga ozibdi. Ota esa to‘rt kilo ko‘payibdi. O‘g‘il hayron bo‘lib otasiga boqibdi.
Ota kulib debdi: – Ey, nodon o‘g‘il! Bilib qo‘y, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini men bir kun oldin qo‘shniga berib qo‘yganman. Shuning uchun men xotirjam semirdim. Ko‘rdingmi, sen o‘zingga halol kasb tanla. U dunyoing ham, bu dunyoing ham obod bo‘lur.
Halollik – jannat mevasi, haromlik esa do‘zax kulfatidir.
2-tоpshiriq. Mаtnni o‘qing. Mаtn tаrkibidаgi hаr bir so‘zni (o‘z so‘z zahirangiz va lug‘аt yordаmidа) bоshqа mа’nоdоshi bilаn аlmаshtirib, mаtnni qаytа tuzing.
Qadim o'tgan zamonda Abdusalom degan bir halol, pok, inson bo'lgan ekan. U kishining bitta-yu bitta o'g'il farzandi bo‘lib, u bolasini judayam suyar, yeru-ko‘kka ishonmas ekan. Kunlar, oylar, yillar ketidan yillar o'tib, o'g'li mard, pahlavon yigit bo‘libdi. Kunlardan bir kuni u otasidan maslahat so'rabdi :
– Ey, otajon! Men endi qanday kasb qilay?
Otasi: – Ey, ko'zimning nuri, “Hunar hunardan rizqing unar"degan gap bor. Endi sen bir hunar yoki kasbni tanla va shunga mehr qo‘y”.
Shunda o‘g‘li: – Eng yaxshi, a'lo kasb – o‘g‘rilik bo‘lsa kerak, – debdi.
Otasi shunda debdi: – Mayli o‘g‘lim, o‘g‘rilik bo‘lsa o‘g‘rilik-da. Qo‘shnimizning qo‘yini o‘g‘rilab ko‘r-chi. Yigit qo‘shni uydagi bitta katta qo‘chqorni o‘g‘irlab uyiga olib kelibdi.
Otasi xursand bo‘libdi va: – O‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz o‘zimizni tejaymiz va bir hafta uydan chiqmay, shu qo‘yni mazza qilib tanavvul qilamiz, debdi. Xullas, rohat bilan bir hafta mazza qilib ziyofat qilishibdi. Qo‘yni yeb bo‘lgach, o‘zlarini taroziga tortishibdi.
O‘g‘il bir hafta ichida uch kiloga ozibdi. Ota esa to‘rt kilo ko‘payibdi. O‘g‘il hayron bo‘lib otasiga qarabdi.
Ota kulib debdi: – Ey, nodon bolal! Bilib qo‘y, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini men bir kun oldin qo‘shniga bergan edim. Shuning uchun men xotirjam semirdim. Ko‘rdingmi, sen o‘zingga halol kasb tanla. U dunyoing ham, bu dunyoing ham obod bo‘lur.
Halollik – jannat mevasi, haromlik esa do‘zax kulfatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |