2-laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Internet tarmog’ida ma’lumotlarni izlash va saqlash. Elektron pochta va messenjerlar yordamida ma’lumot almashish
Ishning maqsadi:
talabalarda kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha hosil qilish hamda kompyuter tarmoqlaridan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish.
Talabalarda Internet Explorer dasturi haqida tushuncha hosil qilish hamda unda ishlash ko‘nikmasini shakllantirish.
Тalabalarga Internetda qidiruv tizimlaridan foydalanishni o’rgatish.
Тalabalarga Internetda ta’lim sohasiga doir saytlar va on-line ochiq kurslar bo’yicha tushuncha berish va undan foydalanishni o’rgatish.
Talabalarga o‘zi uchun elеktron pochta ochish, xatni yozish va jo‘natish usullarini o‘rgatish.
Masalaning qo‘yilishi: berilgan variantlarga word dasturida yozma javob yozing va moodle tizimiga yuklang.
Nazariy ma‘lumot
Internetda qidiruv tizimlaridan foydalanish
WWW (Word Wide Web – “jahon o’rgimchak to’ri”) – internetning eng ommalashgan xizmat turlaridan biri sanalib, u butun dunyo multimedia hujjatlarini gipermatn yordamida bog’laydi. M u l t i m e d i a h u j j a t l a r i deganda oddiy matn, grafika, audio tovush, video tasvir va animatsiya birligida tayyorlangan elektron hujjatlar tushuniladi. A n i m a t s i y a – bu ob’ektlarning fazoviy harakatidir. G i p e r m a t n deganda foydalanuvchiga matnning zarur bo’lgan joyida boshqa hujjatlar bilan tez aloqa bog’lash imkonini beruvchi matnli hujjat tushuniladi. WWWda gipermatnli hujjatlarni yaratish va formatlash uchun HTML (Hyper Text Markup Language –“gipermatnlarni belgilash tili”) deb ataluvchi maxsus dasturlash tilidan foydalaniladi. HTML formatida tayyorlangan har qanday elektron hujjat HTML hujjat, Web hujjat yoki Web sahifa deb atalishi mumkin. Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u holda bu hujjat HTML-hujjat deb ataladi, ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish haqida gap borsa, u holda bu hujjat Web-hujjat deb ataladi. Bordiyu, gap ushbu hujjatdan foydalanish haqida boradigan bo’lsa, u holda bu hujjat Web sahifa deb nomlanadi. Bitta muallif yoki WWWga tegishli bo’lgan bir guruh o’zaro “giperbog’lanishlar” bilan aloqador bo’lgan Web sahifalar majmuasiga Web uzel (tugun) yoki sayt deb ataladi.
3) library.wustl.edu – Vashington universiteti virtual kutubxonasining Web sayti. Bunda
edu kengaytmasi kutubxonaning ta’lim muassasiga tegishli ekanligini bildiradi.
Shunday qilib, biz Internetda yuqoridagi kabi turli sahifa manzillari orqali istalgan soha bo’yicha kerakli ma’lumotlarni olishimiz mumkin ekan. Ammo biz o’zimizga kerakli barcha bunday sahifa manzillarini bilavermaymiz yoki eslab qolish imkoniyatiga ega emasmiz. Bu borada bizga ma’lumotlarni topishning qulay usullarini taqdim etuvchi internetning maxsus q i d i r u v t i z i m l a r i yordamga keladi. Bunobarin, quyida Internetda eng ko’p foydalaniladigan qidiruv tizimlaridan ba’zilarining nomlarini misol tariqasida keltiramiz:
www.uz, www.google.uz., www.naytov.com (O’zbekistonda joylashgan qidiruv tizimlari); www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yandex.ru, www.mail.ru, (Rossiyada joylashgan
qidiruv tizimlari);
www.altavista.com, www.yahoo.com (AQShda joylashgan qidiruv tizimlari) va boshqalar.
Ishni bajarish tartibi:
Internetga kirish uchun dastlab ekrandagi Internet Explorer dasturini ishga tushiramiz. Natijada Internet Explorer brouvzerining ishchi oynasi hosil bo‘ladi. Uning yuqori qismidagi Адрес: oynasiga biz kirmoqchi bo‘lgan sayt manzili yozilib, [Enter] tugmasini bosamiz.
Biron ma’lumot qidirmoqchi bo‘lsak, qidiruv tizimlaridan foydalanishimiz mumkin. Bular: www.ya.ru, www.rambler.ru, www.google.uz va boshqalar. Misol uchun, biz Yandex qidiruv tizimida ishlamoqchi bo‘lsak, ro‘yxatlar satridan http://www.yandex.ru yozuvini tanlaymiz yoki qisqa www.ya.ru qidiruv tizimining nomini klaviatura yordamida kiritib, [Enter]ni bosamiz.
rasm. Natijada Яндекс ning qidiruv sahifasi ochiladi.
rasm.
Sahifa orqali bugungi kunga qadar to‘plangan turli sohaga oid ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Internetning bunday qidiruv tizimlari yordamida istalgan ma’lumotni tez va qisqa vaqt ichida topish mumkin. Яндекс ning qidiruv oynasiga Алишер Навоий so‘zini yozamiz va Найти yoki [Enter] tugmasi bosiladi.
rasm.
Natijada shu jumla yoki so‘zga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar (sahifalar) ro‘yxati kichik izohlari bilan paydo bo‘ladi. Biz kichik izohlar orqali o‘zimizga tegishli sahifani to‘liq ko‘rish uchun shu sahifa ustiga sichqonchani ko‘rsatkichini olib borib, chap tugmasini bosamiz. Masalan, Alisher Navoiy haqida ma’lumot olmoqchimiz.
Yuqoridagi oynaga shu yozuvni kiritib, Найти! (yoki [Enter]) tugmasini bossak, quyidagilar paydo bo‘ladi:
Qidiruv natijasida 3238 sahifa aniqlangan, shundan dastlab, 1-15 gacha bo‘lganining ro‘yxati ekranda Sarlavhasi, kichik izohi, sayt manzili bilan keltirilgan. Biz kichik izohlarni o‘qigan holda o‘zimizga keraklisini tanlab, sichqonchaning tugmasini bosamiz. Aytaylik, 3- o‘rindagi ma’lumot kerak bo‘lsin, u holda yangi oynada shu ma’lumotni to‘liq sahifasi paydo bo‘ladi.(4-rasm)
Thank you for using www.freepdfconvert.com service!
Only two pages are converted. Please Sign Up to convert all pages. https://www.freepdfconvert.com/membership
Do'stlaringiz bilan baham: |