CorelDRAW dasturida qanday qilib, websayt uchun, oddiy va chiroyli ko‘rinishli tugmacha tayyorlashni o‘rganamiz.
Avvalo dasturni ishga tushiramiz va yangi oyna ochamiz.
Rectangle Tool (F6) yordamida to‘rtburchak chizamiz.
Shape Tool (F10) yordamida esa, to‘rtburchak qirralarini yo‘qotamiz.
Interactive Mesh Fill Toolni tanlaymiz yoki M tugmasini bosamiz. Ranglar orasidan 90% qora rangni tanlaymiz. Keyin esa 3- rasmda qizil rangda ko‘rsatilgan 2ta joy uchun 10% qora rangni tanlaymiz.
Interactive Drop Shadow Toolni tanlaymiz va soya effektini tasvirlaymiz.
Text Tool (F8) yordamida tugmachamiz o’rtasiga matn oq rangda matn yozamiz. Ushbu matnni klaviaturamizdan Ctrl+D tugmasini bosish orqali nusxalaymiz va o‘lchamini biroz kichraytirib, dastlabki matn ustiga joylab, qora rangda bo‘yab olamiz.
Ko‘rib turganingizdek, tugmachamiz juda tez tayyor bo‘ldi
Yoki mana bunday natija chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |