Optik disklarda jamlovchilar
Qayta yozilmaydigan lazerli optik disklar-kompakt disklar deb yuritiladi.
Bu disklar odatda ishlab chiqaruvchi tomonidan yozilgan holatda uzatiladi. Ularga
informatsiya laboratoriya sharoitida yuqori quvvatli lazer nurlari yordamida
yoziladi va shu yo’l bilan birinchi "master disk" hosil qilinadi. Ko’p nusxada
ko’paytirish esa "master disk" yordamida katta bosim ostida quyish orqali amalga
oshiriladi. Qayta yoziladigan lazerli disklar (CD-R) bir marta yoziladigan va
(CD-RW) ko’p marta yoziladigan kompakt disklar bo’lib bugungi kunda juda keng
tarkalgan.
Floptik disklar oddiy magnit yozuvni amalga oshiradi, ammo u katta
zichlikda bajariladi. Floptik diskning standart hajmi 20,8 Mbayt.
Do'stlaringiz bilan baham: |