Har xil yorug’lik manbalari uchun
tuzatma koeffitsientlar
Tabiiy yorug’lik 0.8
Cho’g’lama lampalar 1
LD markali lampalar 0.88
LB markali lampalar 1.15
DRL markali lampalar 1.20
Fotoelementga yutgich qoplab o’tkazilgan o’lchashlarda esa dastlabki ko’paytirishlardan chiqqan natijani yana 100 ga ko’paytirish kerak. Masalan, fotoelementni yutgich bilan qoplab tabiiy yoritilganlikni o’lchashda o’lchagich strelkasi 0 dan 100 lk gacha chegarali shkaladan 40 – bo‘limni ko‘rsatsin. Bu holda yoritilganlik:
5.O’lchashlarni agrometeorologiya laboratoriyasi xonasida, koridorda, tashqarida (yoki ochiq deraza oldida) o’tkazish tavsiya qilinadi.
Lyuksmetr bilan o’lchash fotoelement va yutgichlar toza qilib artilgandan keyin bajarilishi lozim. Asbobni lyuksmetr o’lchagichda ko‘rsatilgan chegaradan oshiq yoritilganlikda ko’proq vaqt tutib turish qat’iyan man qilinadi.
Eslatma. Mashg’ulotdan tashqari vaqtda institut tajriba uchastkasida ekinlar ichidagi yoritilganliklarni o’lchang va o’zaro solishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |