Mavzu:SHARQ VA G‘ARB ADABIY ALOQALARI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA TA'LIM VAZIRLIGI
Urganch davlat universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish o‘zbek tili sirtqi yo‘nalishi
2-kurs 203-guruh talabasi Xasanov Doston
tomonidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:SHARQ VA G‘ARB ADABIY ALOQALARI - Reja:
- Sharq va G'arb adabiy aloqalari tarixini davrlashtirish.
- Sharq mamlakatlarining qadimiyligi.
- Xulosa
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Sharq va G'arb adabiy aloqalari tarixini davrlashtirish. - Sharq va G'arb adabiy aloqalari tarixini davrlashtirish.
- Ko`pincha olimlarni eng qadimiy madaniyat qayerda paydo bo`lgan: sharqdami yoki g`arbdami degan savol o`ylantiradi. XIX asr o`rtalariga kelib, Yevropada qiyosiy adabiyotshunoslik alohida fan sifatida taraqqiy topdi. G'arbda maxsus komparavistika (qiyosiy adabiyotshunoslik) maktablari yuzaga kela boshladi. Ayniqsa fransuz olimlari Pol Azar, Georg Brandes, Paul Van Tigem adabiyotshunoslikni yangi kashfiyotlar bilan boyitdilar.
Ammo jahon adabiyoti tarixini yaratishga bel bog`lagan bu olimlar dunyoning faqat bir qit`asi, ya`ni Yevropa (shunda ham Farbiy Yevropa) madaniyatini tan oldilar, xolos. Boshqa xalqlar tomonidan bunyod etilgan ma`naviy boyliklar ular tadqiqotlaridan chetda qoldi. Necha asrlar muqaddam gullab-yashnagan muazzam Sharq madaniyati umumiy oqimdan surib chiqarildi. Komparavistlar uni o`rganishga arzimaydi, deb hisobladilar. Bu mustamlakachilik, irqchilik siyosatini yurgizuvchi «yevropotsentrizm» oqimining ta`siri edi. Mustamlakachilik mafkurasini ifodalovchi mazkur oqim vakillarining fikricha, Sharq xalqlari azaldan qoloq bo`lganlar; ularning bashariyat taraqqiyotida hech qanday ulushlari yo`q. Adabiy ta`sir masalasida ular faqat Yevropaning Sharqqa ta`siri xususidagina gapirish mumkin, deb bildilar. - Ammo jahon adabiyoti tarixini yaratishga bel bog`lagan bu olimlar dunyoning faqat bir qit`asi, ya`ni Yevropa (shunda ham Farbiy Yevropa) madaniyatini tan oldilar, xolos. Boshqa xalqlar tomonidan bunyod etilgan ma`naviy boyliklar ular tadqiqotlaridan chetda qoldi. Necha asrlar muqaddam gullab-yashnagan muazzam Sharq madaniyati umumiy oqimdan surib chiqarildi. Komparavistlar uni o`rganishga arzimaydi, deb hisobladilar. Bu mustamlakachilik, irqchilik siyosatini yurgizuvchi «yevropotsentrizm» oqimining ta`siri edi. Mustamlakachilik mafkurasini ifodalovchi mazkur oqim vakillarining fikricha, Sharq xalqlari azaldan qoloq bo`lganlar; ularning bashariyat taraqqiyotida hech qanday ulushlari yo`q. Adabiy ta`sir masalasida ular faqat Yevropaning Sharqqa ta`siri xususidagina gapirish mumkin, deb bildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |