2. Korxonaning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tahlil Kreditorlik qarzlari to’g’riligini tekshirish to’g’risida


\ Respublikaning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish



Download 68,06 Kb.
bet3/13
Sana26.06.2022
Hajmi68,06 Kb.
#706510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
\
Respublikaning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish
TARTIBI
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 1998-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi banklar, soliq va moliya organlari, statistika organlari mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda o‘tkaziladi.
Axborotni to‘plash va uni taqdim etish uchun javobgarlik Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga yuklanadi.
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish va ushbu ish yakunlari bo‘yicha takliflar kiritishni tarmoq ekspert komissiyalari amalga oshiradilar.
3. Quyidagilar tarmoq ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘liq qamrab olinishi hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish sifatli o‘tkazilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish natijalarini umumlashtirish;
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun bajarilgan ish yakunlari bo‘yicha va undirib olinishi gumon bo‘lgan o‘zaro qarzdorlik miqdorlari to‘g‘risida takliflar kiritish.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi hamda muddatni va to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari amalda aks ettirilishi, shuningdek o‘zaro qarzlar bo‘yicha solishtirib chiqish dalolatnomalari tuzilishi uchun shaxsan javob beradilar.
5. O‘zaro qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirishni jadallashtirish va solishtirib chiqish dalolatnomalarini tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar joyning o‘ziga borib kreditorlik qarzi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘z qarzlarini solishtirib chiqadilar.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari bosh daftar bilan solishtirib chiqilgan dalolatnoma jurnallar yoki kundalik kirim-chiqim dalolatnomalari asosida schyotlar bo‘yicha (09, 19, 45, 60, 61, 62, 63, 64, 65, 67, 68, 69, 70, 71, 73, 75, 76, 78) debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldiradilar.
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilgandan keyin mazkur Tartibga ilova* bo‘yicha ma’lumotlar to‘ldiriladi. Ushbu ma’lumotlarda tizim ichki qarzdorligi, respublika doirasida va uning tashqarisidagi qarzdorlik (MDH mamlakatlari va olis xorij mamlakatlari bo‘yicha) alohida satrda ko‘rsatiladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda undirilganligi tufayli paydo bo‘lgan debitor qarzdorlik miqdori ham alohida ko‘rsatiladi.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Bundan tashqari, kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumotlarda Hukumat qarorlariga ko‘ra muddati kechiktirilgan kreditorlik qarzlari ajratib ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlariga solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari ma’lumotlarda ko‘rsatib qo‘yilgan mablag‘ni tekshirish va umumlashtirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi.
Tuman statistika organlari, xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy miqdorini buxgalteriya balansi ma’lumotlari va solishtirib chiqish dalolatnomalarini ma’lumotlarda keltirilgan miqdorlar bilan solishtirib chiqadilar hamda ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydilar. Shundan keyin solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari xizmat ko‘rsatuvchi banklarda qoladi.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektda buxgalteriya hisobi va hisoboti o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa yoki komissiyaga taqdim etilgan hisobga olishda, ma’lumotlarda qoloqlikka yo‘q qo‘yilgan bo‘lsa, bu haqda qayt etib qo‘yiladi. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi va hisobotida yo‘l qo‘yilgan qoidani buzishlar, hujjatlar yo‘qolib qolishi hollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlariga beriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari joyning o‘ziga borib ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini oralatib tekshiradilar, bu haqda ma’lumotnoma yoki dalolatnoma tuziladi. Zaruriyat bo‘lganda ta’sir ko‘rsatishning tegishli chora-tadbirlari ko‘riladi.
8. Har bir debitor yoki kreditor bo‘yicha qarzdorlik miqdori solishtirib chiqish dalolatnomalari yoki debitor (kreditor)ning o‘z qarzlarini kelishilgan miqdorda tan olganligi to‘g‘risidagi boshqa rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Hujjatni tuzishda debitor yoki kreditorga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilishi shart.
9. Agar debitor (kreditor) tugatilgan bo‘lsa yoki uning joylashgan joyi aniqlanmagan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuziladi, u soliq organlariga taqdim etiladi, dalolatnoma nusxasi xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga taqdim etiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlar ko‘riladi.
10. Har bir debitor (kreditor) bo‘yicha qarzdorlik miqdori izchil ravishda ular hosil bo‘lishi muddatlari bo‘yicha (60 kungacha, 60 kundan 1 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha, 3 yildan ortiq) guruhlarga ajratiladi.
11. Qarzdorlikning to‘g‘riligini o‘zaro tekshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari 2-kartotekadagi to‘lov hujjatlarini solishtirib chiqish dalolatnomalariga muvofiq takroran taqdim etish uchun qaytaradilar.
12. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilganidan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ilova qilinayotgan jadvallar to‘ldiriladi. Jadvallarda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, shuningdek uning kreditorlari va debitorlariga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari yozib qo‘yilishi shart. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan jadvallar yuqori turuvchi tashkilotga, jadvallarning nusxalari bankning xizmat ko‘rsatuvchi muassasasiga taqdim etiladi. Jadvallar ham qog‘ozda, ham kompyuter fayllari shaklida (Microsoft Excel elektron jadvallari) taqdim etiladi.
13. To‘plangan jadvallar tarmoqning bosh tashkiloti tomonidan Microsoft Excel elektron jadvallari shaklida umumlashtiriladi. Ayni vaqtda to‘plangan ma’lumotlar umumlashtirish uchun Markaziy bankning mintaqaviy bosh boshqarmalariga beriladi.
14. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning bo‘limlari xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olingan ma’lumotlarni vazirliklar bo‘yicha umumlashtiradilar va xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalariga yuboradilar.
15. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalari ma’lumotlarning tumanlar bo‘yicha tuzilishi to‘g‘riligini tekshiradilar, umuman viloyat hamda vazirliklar bo‘yicha solishtirib chiqadilar hamda tahlil qilish va jamlash uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalariga va xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika boshqarmalariga yuboradilar.
16. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika muassasalari axborotni vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar bilan birgalikda solishtirib chiqadilar va tahlil qiladilar hamda uni qisqartirish bo‘yicha takliflar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish bo‘yicha tarmoq ishchi komissiyalariga yuboradilar.
17. Tarmoq ekspert komissiyalari taqdim etilgan materiallarni tahlil qiladilar, umumlashtiradilar hamda Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritadilar.


Moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish- bu ma'lum ma'lumotlar manbalarini (reja ko'rsatkichlari, buxgalteriya hisobi, hisobot) qayta ishlash orqali korxona natijalariga omillarning ta'sirini tizimli, har tomonlama o'rganish, o'lchash va umumlashtirish. Moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tahlil qilishning tarkibiy qismlari moliyaviy va boshqaruv tahlillaridir.
Moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish mazmuni- korxonaning ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshirishni ta'minlash bo'yicha optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ularni amalga oshirish darajasini baholash, zaif tomonlarini va ichki iqtisodiy zaxiralarni aniqlash uchun iqtisodiy axborotni va tahlil qilinayotgan biznes ob'ektining funksionalligini chuqur va har tomonlama o'rganish.
AFHD ning roli. Tahlil natijalari asosida boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi va asoslanadi. AFCD qarorlar va harakatlardan oldin bo'ladi, ularni asoslaydi va ilmiy ishlab chiqarishni boshqarishning asosi hisoblanadi, uning ob'ektivligi va samaradorligini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun zaxiralarni aniqlash va ulardan foydalanishda tahlilga katta ahamiyat beriladi.
Ma'nosi. AFHD resurslardan tejamkor foydalanish, ilg‘or tajribalarni aniqlash va joriy etish, mehnatni ilmiy tashkil etish, yangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi, ortiqcha xarajatlarning oldini olishga yordam beradi.
Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishda siz turli usullardan (ham mantiqiy, ham rasmiylashtirilgan) foydalanishingiz mumkin. Ammo moliyaviy tahlilning eng ko'p qo'llaniladigan usullari quyidagilardan iborat:

Download 68,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish