Tikuv mashinasi — kiyimkechak tikish, buyumlarni bezash (choklar hosil qilib naqsh tushirish), ularni qavish va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan mashina. Tikuv mashinasini birinchi marta 1755-yilda ingliz ixtirochisi Ch.F. Veyzental ixtiro qilgan. Nemis ixtirochisi I. M. Zinger Tikuv mashinasini takomillashtirdi (1851), shundan soʻng sanoatda keng qoʻllanila boshladi. Tikuv mashinasi choklaydigan, tugma qadaydigan, tepchiydigan (koʻklaydigan) va h.k., qoʻlda, oyoqda va elektr bilan harakatlanadigan, mokili va mokisiz, bir va koʻp ignali xillarga boʻlinadi. Ishlash prinsipiga qarab, universal (turli operatsiyalarni bajaradigan) va maxsus (bitta operatsiyani bajaradigan) Tikuv mashinasi boʻladi (mas., tugma kadash mashinasi). Universal Tikuv mashinasining eng koʻp tarqalgani bir ignali, mokili choklovchi mashinadir. Bular sanoat va uyroʻzgʻorda keng ishlatiladi. Koʻp ignali Tikuv mashinasilari ichida ikki ignalisi koʻproq qoʻllaniladi. Choklarni payvandlab va yelimlab biriktiruvchi Tikuv mashinasilari ham bor. Tikuv mashinasidan tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, galanteriya sanoati va uyroʻzgʻorda foydalaniladi.
Tikuv sehi texnalogik jarayonlarni bayon qilish.
Tehnalogik jarayonni oqim usulida tashkil qilish bir qator afzalliklarga ega.Jihozlarning beto’xtov ishlab turishi ,mehnat predmetlarining bir ish o’rnidan boshqa ish o’rniga beto’xtov o’tishi va hodimlarning beto’xtov ishlashi ta’minlanadi.
Ixtisoslashgan jihozlarni qo’llash va ulardan foydalanish koifittsentlarini oshirish va ishlab chiqarishni mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun shart sharoitlar yaratiladi ma’lum ish operatsiyalarini bajaruvchi xodimlarning bevosita bir biriga bog’liqligi ortadi,ish vaqtida o’z boshimchalik bilan tannafus qilish va kech qolish hollariga yo’l qo’yilmaydi,mehnat intizomi mustahkamlanadi va ishlab chiqarish madaniyati oshadi,mehnat unumdorligi o’sadi va mahsulot sifati ortadi,ishlab chiqarish sikli qisqaradiaylanma mablag’ga bo’lgan ehtiyojni va ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish imkonini beradi.Oqimda birin ketin tiqiladigan buyumlarning tushurilishi orasidagi o’rtacha vaqt oqimning takti hisoblanadi.Har taktda bir buyum bir ish o’rnidan ikkinchi ish o’rniga uzatiladi.Oqim takti deganda bitta tashkiliy operatsiyani ,yoki bitta buyumni ishlab chiqarish uchun ketgan o’rtacha vaqt tushuniladi.Takt to’g’ri chiziqli konveyer oqimlarda muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |