2. Kimyo sanoati korxonalari va atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar



Download 425,17 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2022
Hajmi425,17 Kb.
#498668
  1   2   3   4
Bog'liq
Kimyo va atrof muhit muhofazasining muammolari


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Olmaliq filiali
Energetika va Mashinasozlik” kafedrasi
Kimyo” fani

Mustaqil
ish


mavzu: Kimyo va atrof muhit muhofazasining muammolari


guruh: mashinasozlik texnologiyasi 7-bc
bajardi: Turg’unboyev tohir qabul qildi: Mannon jumayev

OLMALIQ-2022


Mavzu: Kimyo va atrof muhit muhofazasining muammolari.
Reja:
1.. Kimyo sanoati va atrof-muhit.
2. Kimyo sanoati korxonalari va atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar.
3.Global ekologik muammolar.
Atrof-muhitning kimyoviy element va moddalar bilan ifloslanish manbalarini asosan, metal ishlab chiqarish sanoat chiqindilari, turli yoqilg‘ilarning yonish mahsulotlari, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalar tashkil etadi. Atrof-muhit va albatta inson uchun eng xavfli kimyoviy elementlarga simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy, mish’yak, selen, ftor elementlari kirsa, ular ichida o‘ta xavflilari simob, qo‘rg‘oshin va kadmiy hisoblanadi.O‘rtacha hisob kitoblarga ko‘ra, metallurgiya sanoati har yili o‘rta hisobda 35-40 tonna simob, 850-900 tonna kobalьt, 1500-2000 tonna Rux va 180-250 ming tonnagacha misni atrof muhitga chiqaradi.Koks ishlab chiqarish sanoati atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanib, koks shixtali o‘choq (pechь) otashxonasiga ortilayotganda va oluvchilarga tarqalayotganda bir tonna mahsulot hisobiga o‘rtacha,ssianidlar-0,0005, ammiak-0,072, vodorod sulьfid-0,58, chang-0,84, uglevodorodlar-0,20 kg miqdorda ajralib chiqadi.Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish jarayonida Marten o‘choqlarida hosil bo‘ladigan bir tonna mahsulotga 8-12 kg chang, 2,0-3,0 kg is gazi, 1-1,5 kg sulьfid angidridi, 2-4 kg azot oksidlari chiqindilari to‘g‘ri keladi.Atrof-muhitni ifloslantiruvchi yana bir tarmoq issiqlik elektr stansiyalari bo‘lib, elektr quvvati ishlab chiqaradigan qozonlarda koks, gaz, mazut va toko‘mir yonadi. Toshko‘mir tarkibidagi oltingugurt miqdori 1-8% bo‘lib, yonganda undagi oltingugurtning 10-12% to‘lasicha yonmaydi, yongan 88-90% turli xil moddalar kimyoviy jarayonlarda havo bilan aralashib, SO2, SO3 gazi holatida atmosfera havosiga ko‘tariladi va havoda sovib havo tarkibidagi (N2O) suv bilan o‘zaro ta’sirlashib sulьfid va sulьfat kislotalarga aylanadi va kislotali yomg‘irlar shaklida erga tushib atrof-muhitni shu zayilda ifloslaydi. Bu moddalaresa butun jonli tabiatni, jumladan insonni va o‘simliklar dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tajovvuzkor omillardir. 1 kg toshko‘mir tarkibida 4% oltingugurt bo‘lsa, yoqilg‘i yonishi uchun 20 m3 havo zarur bo‘ladi, havo tarkibiga 40 gr oltingugurt singadi undan 36 grammi engil uchuvchan oltingugurt bo‘lib, 72 gramm sulьfat angidrid hosil qiladi. Bu degani har 1m3 atmosfera havosida 7,2 gramm sulьfid angidrid (SO2) mavjud demakdir. SHuningdek toshko‘mirning yonish jarayonida 30-35% kul havoga chiqadi. Aynan Angren, Ohangoron va SHirin shahridagi GRES lar borki bir kecha kunduzda bir necha ming tonnalab ko‘mir yoqadi. Masalan, AQSHdagi «elektrositede frans» issiqlik elektrostansiya kompaniyasi bir kecha kunduzda 1,7-2,0 ming, bir oyda 51-60 ming tonnagacha ko‘mir yoqadi, oqibatda undan har kuni 33 tonna sulьfat angidrid va 250 tonna kul havoga ko‘tariladi. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ushbu sanoat korxonalari joylashgan shaharlar aholisi katta aziyat chekadi. Jumladan Nьyu-York shahrining har 1 km2 maydonida bir oyda o‘rtacha 20-25, Tokioda esa 50 tonnagacha qurum erga tushmoqda. Londonda (1952 yil) bir hafta davom etgan kimyoviy ifloslangan (zaharlangan) tuman oqibatida bir vaqtda 4 ming kishi o‘lgan bo‘lsa, bir necha ming kishiga etgan, yoki 1962 yil dekabrь oyida aynan yana shu London shahrida kimyoviy zaharlangan qurumdan 750 kishi nobud bo‘lgan.

Rangli va qora metallurgiya- atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy sohalardan bir bo‘lib, yirik metallurgiya kombinatlari bir-kecha kunduzda o‘rtacha 400-650 tonnadan 3 ming tonnagacha turli xil kimyoviy element, modda va changlarni atmosferaga chiqaradi. Jumladan alyumin ishlab chiqarishdagi jarayonlarda xom-ashyoni kuydirish maydalash paytida asosan havoga gaz holatidagi ftorli gidrogen (HF) ftoridlar alyuminiy, is gazi, uglevodlar, sulьfat angidridi va boshqalar ajralib chiqadi. Masalan, 1 tonna alyumin olish uchun 35-48 kg ftor sarflanib shundan 60-65% vodorod ftorid atrof-muhitga tarqaladi. Ftor- elementi atrof-muhitga asosan alyuminiy zavodlardan chiqqan tutun va chiqindilar shuningdek, turli pestitsid hamda insektitsidlardan tarqaladi. Ftor metalloidlar ichida eng faol (aktiv) va eng oson boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishuvchi element bo‘lib, mikromiqdori tirik organizmlar hayoti uchun juda zarur bo‘lsada, hayot uchun juda zarur bo‘lsada, lekin uning makromiqdori hayot uchun juda xavfli. Ftorning yuqori konsentratsiyasi suyak va tirnoqlarni mo‘rt qilib, tishni to‘kib yuboradi, qon tomirlar faoliyatini keskin buzadi. Tuproq mikroflorasiga, umurtqassiz hayvonlar va o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Simob – tirik organizmlar uchun eng xavfli kimyoviy element bo‘lib, uning metil-simob birikmasi (SN3Hg) tabiatdagi anorganik birikmalarning anaerob sharoitida, organik moddlar bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ladi. Metil-simob (SN3Hg) o‘ta xavfli zaharli modda bo‘lib, suv, tuproq, o‘simlik va boshqa oziqlanish zanjirlari orqali inson organizmiga tushadi va buyrak, jigar, hatto miyaga kuchli ta’sir etib, asab sistemasini ishdan chiqaradi yoki o‘limga sabab bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin – em-xashak tarkibidagi 100 mg.kg qo‘rg‘oshin hayvonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi qo‘rg‘oshin birikmalarining organizmga o‘tib saqlanish davomiyligi, metilsimob birikmasiga qaraganda uzoq bo‘lib, u o‘z ta’sir kuchini bir necha yillargacha saqlab turadi.Tuproqda qo‘rg‘oshinning ko‘payishi mikroorganizmlarni, chuvalchanglarni va kemiruvchilarni kesuin kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Tuproqqa 0,1-0,5% qo‘rg‘oshin qo‘shilganda bakteriyalar kolonnasining rivojlanishi 50-75% kamayadi.
Mish’yak  tuproqqa, ko‘mir kuli, metallurgiya va mineral o‘g‘itlar sanoati chiqindilari orqali tushadi. Bu element juda zaharli bo‘lib ayni element bilan zaharlangan tuproqlarda yomg‘ir chuvalchanglari butinlay qirilib ketadi. Tuproq tarkibidagi mish’yakning miqdori 165 mg.kg ga etganda ayni tuproqqa ekilgan ekilgan makkajo‘xori hosil bermaydi. Bir kg tuproqdagi mish’yakning miqdori yuzdan bir mg ga etganda ayni tuproq mish’yak bilan o‘ta zaharlangan hisoblanadi, unda etishtirilgan hosildan iste’mol qilgan inson nobud bo‘ladi.
Atrof-muhitni sanoat ishlab-chiqarish ta’sir rivojlanishi bilan ifloslangan atmosfera havosining atrof-muhitga, inson sog‘lig‘i va turmush tarziga ta’siri X1X asrdan boshlab juda tez sur’atlar bilan shakillanib, XX asrda misli ko‘rilmagan darajaga etdi. Bunga asosiy sabab aksariyat kishilar hattoki ayrim soha mutaxassislari ham sayyoramiz cheki-chegarasiz shu sababli ham sanoat ishlab-chiqarishidan, avtotransport vositalaridan va boshqa xalq xo‘jaligi korxonalaridan ajralib chiqqan zararli ashyolar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi degan xulosa berdilar.
Haqiqatdan bunday emas sanoat korxonalari, xo‘jalik maishiy xizmat korxonalaridan chiqqan chiqindilar yillar davomida tuproqda, suvda yoki atmosfera havosida harakatlanib bir turdan ikkinchi turga o‘tib turadi. Xususan DDT (dust), qo‘rg‘oshin, Rux, mish’yak, miss, vanadiy, molibden, kadmiy, simob, surьma va boshqa bir qator kimyoviy elementlar vaqt o‘tishi bilan o‘ta zaharli birikmalar holida tuproqqa, suvga yoki havoda yig‘ilib boradi. Eng achinarli tomoni shundaki suv va havoda to‘plangan kimyoviy zaharli moddlar suv va havo bilan er kurrasi bo‘ylab aylanib yuradi.SHu sababli ham eng uzoq Antarktida muzliklarida uch ming tonnadan ortiq dust (DDT) kimyoviy vositasi yig‘ilib qolgan bo‘lib, ushbu uzoq mintaqada yashovchi tyulenlar pingivin hattoki oq ayiqlarning jigarlaridan turli xil sanoat va qishloq xo‘jaligiga xos bo‘lgan kimyoviy zaharli moddalar aniqlangan.
Sanoati rivojlangan shaharlar atmosfera havosi tutun, qurum, chang hisobidan havoni tuman qoplab inson uchun foydali bo‘lgan quyosh nurlarini ergacha to‘la etib kelmasligi oqibatida yoshi ulug‘ kishilarda asab va yurak xastaligi bolalardan esa raxit kasalligi tobora ko‘payib bormoqda. Buning isboti misolida Erisman ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga murojaat qilsak, atmosfera havosidagi o‘rtacha yillik chang miqdori yashil yaylovlardagi 1M3havoda 0,01 MG, aholi yashaydigan avullarda 0,14 MG, shahar havosida 0,16 MG bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich sanoat rivojlangan markaziy sanoat shaharlarida 0,28 MG teng bo‘lgan. S.Golьdberg bergan ma’lumotlarga ko‘ra issiqlik ishlab chiqaradigan markaziy stansiyalar joylashgan rayonlarda 500 dan ortiq maktab o‘quvchilari tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning 60% ning o‘pkasida turli xil nostandart holatlar kuzatilgan bo‘lib, 17,3% esa silikoz kasalligining boshlang‘ich bosqichlari qayd etilgan. Sanoat korxonalarining rivojlanishi, transport vositalarining ortib borishi kommunal maishiy xizmat soxalarining kengayib borishi, shahar atrofida turli xil markazlashmagan oddiy gigiena talablariga javob bermaydigan axlatxonalarning ko‘payishi olidini olish hech kechiktirib bo‘lmaydigan gigiena-ekologik tadbir hisoblanadi.


Ma’lumki, kimyo sanoati korxonalarida turli kimyoviy moddalar ya’ni, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o’g’itlar, polimerlar, sintetik tolalar va boshqa mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotiga, foydalanadigan xom ashyosiga, shuningdek, texnologik jarayonlariga qarab bir necha tarmoqqa bo’linadi. Kimyo sanoatining o’ziga xos xususiyati shundaki, shu sohaga taalluqli korxonalar bir-birlariga uzviy bog’liq holda faoliyat yuritadilar. Ularning ishlatadigan xom ashyolari ham ko’pincha mazkur korxonalar tomonidan ishlatiladi.Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish, yani bir korxona faoliyati natijasida hosil bo’lgan oraliq mahsulotdan boshqa korxona foydalanishi mumkin bo’ladi.
Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ham sezilarli o’sdi. Bu o’z-o’zidan aholi turmush farovonligining yuksalishiga olib keldi, ammo masalaning boshqa bir jihati ham borki bu hammani tashvishga solmoqda. Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko’payib ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo’lishiga olib keldi. Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shuningdek, xo’jalik faoliyatida kimyoviy birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo’lmaydi. Demak, barcha diqqat e’tiborni ularni ishlab chiqarish me’yoriga, tartib qoidalariga va ulardan ekologik hamda ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda oqilona foydalanishimizga qaratishimiz zarur bo’ladi. Shuning uchun, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan zaharli kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan. Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko’lamda qo’llash, gigiyena fani zimmasiga ko’p muammolarni yechish masalasini qo’yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o’z nomi bilan zahardir. Mazkur moddalarning ta’siri faqatgini hayvonlar, hasharotlar yoki o’simliklar uchun xavfli bo’lmay, balki inson uchun ham zararlidir. Zaharli kimyoviy moddalar bilan tashqi muhitning ifloslanishi, o’z navbatida aholi sog’lig’iga va barcha jonivorlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek, atmosfera havosini, suv va tuproqni korxonalarning chiqindilari, hamda oqava suvlaridan asrash yo’llarini o’ylab topish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Zaharli kimyoviy moddalarga sanitariya-gigiyena jihatidan baho berishga aloqador masalalar Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqarib turiladi.
Sog’liqni saqlash vazirligining talabiga ko’ra, kimyoviy zaharli moddalarning toksikologik ta’siri o’rganilmasdan, xorijdan olib kelinadigan kimyoviy moddalar har taraflama mukammal tekshirilmasdan ishlatishga ruxsat etilmaydi. Hayotga, qishloq xo’jaligiga tadbiq etiladigan har bir kimyoviy modda uchun maxsus hujjat, uslubiy ko’rsatmalar, ulardan foydalanish yo’riqnomalari, me’yori, favqulodda zaharlanganda qo’llaniladigan birinchi tibbiy yordam haqidagi ma’lumotlar bo’lishi talab qilinadi. Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jaligida qo’llash jarayonida aholi salomatligini o’ylab va muhofaza etishni nazarda tutib mazkur moddalarga nisbatan qo’yiladigan gigiyenik talablar asosida ishlab chiqiladi.
Zaharli kimyoviy moddalarni qo’llash jarayonida ularning tashqi muhit ob’yeklaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga boladigan ta’sirining oldini olish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu borada sanitariya muassasalari olib boradigan sanitariya nazorat ishlari odamlarni zaharli kimyoviy moddalarning qoldiqlari ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan.

Zaharli kimyoviy moddalar qo’llanilganda, ularning qoldiqlari atrof-muhit ob’yektlari bo’lmish mehnat qilish zonasidagi havoda, turar joylarning atmosfera havosida, suv va suv havzalarida, tuproqdagi miqdorini aniqlash, shu miqdorning ko’p yoki kamligini gigiyenik asosdan ishlab chiqilgan normalari bilan taqqoslash maqsadida gigiyena ilmi hayotda qo’llaniladigan barcha zaharli kimyoviy moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorini belgilaydi.
Zaharli kimyoviy moddalarning inson nasl-nasabiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi, genetik jihatdan olganda eng murakkab muammolardan hisoblanadi. Irsiy kasalliklarning keyingi vaqtda ko’payib barayotganligi kishini tashvishlantirmay qo’ymaydi. Ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning allergen tariqasida organizmga ta’sir qilishi borasidagi muammo ham hozirda yechilishi qiyin muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Kimyoviy moddalar organizmga juda oz miqdorda tushganda ham embrion hujayralariga salbiy ta’sir qiladi. Shularni e’tiborga olgan gigiyena xodimlari zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorini ishlab chiqdilar. Gigiyena fanidagi murakkab masalalardan biri, ishlab chiqilgan ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlarni hayotga tadbiq etishdir, zaharli kimyoviy moddalarni qo’llashni davlat tomonidan qat’iy nazoratini tashkil etish va amalga oshirishdan iborat. Shuni, e’tiborga olib, mustaqil Respublikamizda, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalari, ularni qo’llash me’yorlari va me’yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, bu me’yorlarni buzganda qo’llaniladigan jazo turlari ham mavjudki, bu kishilardan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlatganda, ularni qo’llaganda yo’riqnomalardagi talablarga rioya qilishni talab qiladi.
Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzganlik uchun ham jinoiy jazo mavjud bo’lib, Jinoyat Kodeksi (JK) ning 201-moddasiga binoan, xo’jalik faoliyatida o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o’g’it o’sish biostimulyari yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishini hayvonlar parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og’ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yil mudattda muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum bo’lishi mumkin. Ushbu harakatlar odam o’lishiga sabab bo’lsa, uch yildan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Texnikaviy taraqqiyot davrida atmosfera havosining ifloslanishi Respublikamizning Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona va Navoiy viloyatlarida, ayniqsa sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyati misolida oladigan bo’lsak, atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin.
Ikki yuz mingga yaqin aholisi bo’lgan Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko’plab sanoat korxonalari mavjud. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida har yili 637,6 ming tonna zararli moddalar hosil bo’lib, shundan 97,2% i ushlab qolinadi. Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 51,7 ming tonnani tashkil qiladi. Tozalash uskunalarining ishlash samaradorligi 92,9% ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich o’tgan yillardagiga nisbatan 1,9% ga oshgan. Tashlanadigan zararli moddalarning asosiy miqdori (94%) yirik sanoat korxonalariga to’g’ri keladi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo’ladigan azot oksidlarini tozalash inshootlarini loyilash ko’zda tutilgan, ammo ushbu moddalarning me’yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda sanoat va maishiy chiqindilarning yillik hajmi 2,5 million tonnadan oshiq.
Jami 43,5 million tonna chiqindilar to’planib qolgan. Shundan yiliga 62 ming sanoat chiqindisi, 46 ming tonna maishiy chiqindilar qayta ishlanmoqda. Shuningdek, viloyatda 24,7 ming gektar yerning ustki qatlam strukturasi buzilgan bo’lib, shundan 5,7 ming gektar yer rekultivatsiyani talab qiladi. Hozirgacha 2,1 ming gektar (37%) yer rekultivatsiya qilingan. Viloyatda ekologik muvozanatni birlashtirish maqsadida “Navoiy viloyatining 2006-2010 yillarga mo’ljallangan atrof- muhitni muhofaza qilish” dasturi ishlab chiqilgan. Sanoat korxonalari bilan birga shaharda avtotransport vositalarining ko’payishi ham shahar havosiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
2006-yil 21-martda Davlat avtomobil nazorati (DAN) xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotga asosan, shaharda 3000 ta taksi ro’yxatdan o’tgan, mingdan ortiq davlat tashkilotlari mashinalari va xususiy mashinalar mavjud.
Hisoblashlarga qaraganda, bitta mashinadan chiqadigan zaharli moddalar miqdori bir yilda 537 kg ni tashkil qilar ekan. Agar har to’rt shahar aholisiga bitta (50000 ta) mashina to’g’ri kelsa, bu miqdor 26850000 kg.ni tashkil qiladi.
Bu esa, insonlar sog’lig’i uchun juda ham xavfli hisoblanadi va buni oldini olish zarur. Shuning uchun atmosferaga chiqadigan zararli moddalarni tozalash haqida o’ylashimiz zarur bo’ladi. Butun tirik organizmlarni o’z bag’riga olgan tabiatda turli zararli moddalar haddan tashqari ko’payib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta’sirida zaharli omllar o’z-o’zidan zararsizlanishi mumkin. Atmosfera havosiga chiqarib tashlangan gazsimon, bug’simon moddalar yoki changlar oz miqdorda bo’lsa, ular vaqr o’tishi bilan o’z-o’zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o’tib qoladi. Atmosfera havosining o’z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera havosining tozalanishida yog’ingarchilik asosiy o’rin tutadi. Havo tarkibida mavjud bo’lgan zararli omillarni qor va yomg’ir suvlari yuvadi. Yog’ingarchilik qanchalik ko’p bo’lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi. Atmosfera havosini tozalashda daraxtlar, qolaversa, o’simliklar olamining ahamiyati katta. Jumladan, daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o’ziga singdirib oladi.

Havoning iflosliklardan tozalashda suv havzalarining roli ham katta. Sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zaharli chiqindilar o’simliklar olamiga asoratli ta’sir ko’rsatadi. Sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish ustida ko’plab tadbirlar amalgam oshirilmoqda.
Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni amalgam oshirish ko’zda tutilgan. Bular texnologik, loyihalash, sanitariya-texnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, atmosfera havosining ifloslanishini ruxsat etiladigan darajada ta’minlash mumkin bo’ladi.

Download 425,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish