2. Kichik yoshdagi o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o`rgatishning ahamiyati



Download 47,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.06.2022
Hajmi47,59 Kb.
#633533
  1   2


2. Kichik yoshdagi o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini 
shakllantirishda ona tilini o`rgatishning ahamiyati 
O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy 
dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda 
maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti — o'quvchini shaxs 
sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko'rsatilgan omillar 
tilni o'rgatish bilan bog'liq holda o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash 
elem entlarini shakllantirish usulini belgilaydi: 
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa 
(kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu 
jumladan, boshlang'ich sinflarda tilni o'rgatishning yetakchi yo'nalishi 
o'quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini 
tushunishlariga erishish hisoblanadi. 
2. Til bilan tafakkur uzviy bog'liq bo'lib, tafakkur so'z vositasida 
yuzaga chiqadi. Til tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan 
tashqarida o'zicha yashamaydi. 
3. Til va tafakkur atrofimizni o'rab olgan moddiy borliqqa
nisbatan ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi
ifodasi hisoblanadi. So'z tushunchaning shartli nom ini o'zida aks
ettiradi. Dunyoda yo'q narsa ongda ham, tilda ham bo'lmaydi.
Bu holat o'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini
tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o'rab 
olgan m uhitni, voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati 
vaziyatida o'rganilishini belgilaydi. Bunday yondashish
dunyoqarashning asosiy masalalaridan biriga, ya’ni nima birlamchi:
tabiat (m ateriya)m i yoki ongmi degan savolga javob tayyorlash
hisoblanadi; m ateriya — birlamchi, ong — ikkilamchi degan
tushunchadan o'quvchilam ing xabardor bo'lishiga yordam beradi. 
4. Til — barcha tomonlari o'zaro dialektik bog'lanishda va birlikda 
bo'lgan murakkab, ko'p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha 
tomonlari, uning barcha jihatlari bir-biriga o'zaro ta’sir etadi, shunday 
sharoitdagina til o'zining aloqa quroli vazifasini bajara oladi. 
Maktabda tilning barcha tom onlari (talaffuzi, fonetikasi,
leksikasi, grammatikasi, so'z yasalishi)ni o 'zaro bog'liq holda
o'rganish ona tilini o ‘rgatishdagi yetakchi tamoyil bo'lib, uni
amalga oshirish o'quvchilam ing tilni murakkab, rivojlanuvchan, 
o'zaro bog'langan muhim tomonlarga ega bo'lgan hodisa sifatida 
anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning m ohiyatini 


bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o'zaro 
bog'langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi. 
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, 
yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o'quv jarayonida amalga 
oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini 
to 'g 'ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda 
o'qituvchining tutgan metodologik yo'lining aniqligi, o'quvchilar 
fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o'rgatishga asos bo'ladigan 
til materialining yuqori sifatli bo'lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir 
etadi. Shubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan 
holda bo'lmaydi. Aksincha, ulam ing bir-biriga to 'g 'ri, maqsadga 
muvofiq ta ’siri ijobiy natija beradi. 
Tilni ijtimoiy hodisa sifatida tanishtirish muhim ahamiyatga ega. 
Tilning ijtimoiy mohiyati uning aloqa vazifasini bajarishida ko'rinadi. 
Uning jamiyat hayotidagi ahamiyatini aniq tushunishga yordam berish 
uchun quyidagi jihatlarga ahamiyat berish kerak: 
a) o'quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi o'rnini 
o'quvchilar o'zlashtirishini ta’minlash zarur. O'quvchilar tilning aloqa 
vazifasini tilning asosiy birliklari (fonema, morfema, so'z, so'z 
birikmasi, gap)ning vazifasini tushunish jarayonida o'rganadilar. 
b) o'quvchilam ing tilning o'zaro aloqa vositasi ekanligini 
tushunishlari „Til har bir kishi, um um an, jamiyat hayotida qanday 
o'rinni egallaydi?" savoliga javob topishda ijobiy ta’sir ko'rsatadi. 
O'quvchilar sinfdan sinfga o'tishi bilan bu savolga javob chuqurlashib 
va kengayib boradi. Til kishilarning birgalikdagi mehnat faoliyatida, 
yangiliklarni maslahatlashib tushunishida, yangi mashinalar ixtiro 
qilishda zarurligi haqida misollar topib, o'z fikrlarini tasdiqlaydilar. 
Yoshlari ulg'aygan sari o'quvchilar odamning odam bo'lishida tilning 
ahamiyatini tushuna boradilar. Odam o'zining fikrlash faoliyatini 
rivojlantirish va nutqini o'stirish bilan o'zini doimo takomillashtirib 
boradi. Olamni, koinotni o'zgartira borib, kishi yanada kamol topa 
boradi, uning tili ham boyiydi. Kishilar bilan, jamiyat a ’zolari bilan 
aloqa, munosabat har bir kishining o'sishi, rivojlanishidagi zaruriy 
shartlardan hisoblanadi. 
d) boshlang'ich sinf o'quvchilarining tilga ijtimoiy hodisa sifatid 
qarashini shakllantirishda tilning kelib chiqishi, tilda yangi so'zlam ing 
paydo bo'lishi haqida ularning saviyasiga mos bo'lgan ,,sir“ ni yechish 
(tushuntirish) ijobiy ta ’sir ko'rsatadi. O'qituvchi o'quvchilarga tilning 
bir kishi tom onidan maxsus o'ylab chiqarilmaganini, u ibtidoiy 


odamlarning m ehnat faoliyati bilan bog'liq holda yaratilganini va asta-
sekin rivojlanib borganini tushuntiradi: „Bizdan juda uzoq vaqtlar ilgari 
tilda faqat bir necha o'ngina so'z mavjud edi, kishilar atrofdagi
tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari yaratib, nim adir ishlab 
chiqarganlari sari tilda yangi so'zlar paydo bo'la boshladi. Atrofimizda
mavjud bo'lgan shaxs va narsalarga, ularning belgilariga, jarayonga, 
juda ko'p boshqa narsalarga kishilar nom qo'yganlar. Shunday qilib,
til yangi so'zlar bilan boyidi va boyib borm oqda". 
Tilning rivojlanishi, ayrim so'zlam ing m a’nolari haqidagi bilimni 
boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o'rganish jarayonida 
asta-sekin bilib oladilar. Bu o 'rinda „So'zning tarkibi" bo'lim i katta 
imkoniyatga ega. O 'quvchilar bu bo'lim materiallarini o'rganish 
jarayonida tilim izning yangi so'zlar bilan boyib borishi haqidagi 
muhim manbalar bilan, so'z yasalishi bilan tanishadilar. M a’lumki, 
ko'pgina yangi so'zlar tilda mavjud bo'lgan so'zlar zaminida yaratiladi, 
tilda bor qoliplar kabi yasaladi: 

Download 47,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish