Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq muhtaram yurtboshimiz tomonidan yosh avlodlarni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tabiyalashga alohida etibor qaratib kelanmoqda. Zero, har qanday tizimning, iqtisodiy taraqqiyotning mukammalligi, barkamol shakllanishi eng avvalo uning innovatsion mehnat resurslariga va kadrlar tayyorlashning sifatiga bog’liq.1
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyayev zamonaviy kadrlar, xususan, o`qituvchi pedagog kadrlarni tayyorlash xususida quyidagilarni ta`kidlagan: “Eng muhimi, shuni anglab etishimiz kerakki, kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz, sa`y - harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi, hayotimiz, ma`naviyatimiz o`zgarishi qiyin kechadi. Demakki, zamonaviy ta`lim - tarbiya
tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo`lga qo`yish faoliyatimizning bosh yo`nalishi bo`lmog’i darkor....”1 SHubhasiz, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarishning birinchi bosqichida «O`quv uslubiy muammolarining hamda ta`lim jarayonini didaktik va axborot ta`limotning yangi avlodini ishlab chiqishni joriy etish»; ikkinchi bosqich ta`lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini mustaxkamlashni davom ettirish, o`quv tarbiya jarayonini yuqori
sifatli o`quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash; uchunchi bosqich «Ta`lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash, o`quv tarbiya jarayonini yangi uslubiy muammolar, ilg’or pedagogic texnologiyalar
bilan to`liq ta`minlash» dolzarb vazifalar qatorida belgilab berilgan. O`quv uslubiy adabiyotlar majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish, bir tomondan, pedagog-olimlar, ilg’or o`qituvchilar, amaliyotchilar tomonidan katta ishlarni bajarishni, ta`lim-tarbiya, pedagogik texnologiyalar sohasida fundamental tadqiqotlar o`tkazish, pedagogik texnologiya loyihalarini ishlab chiqish va ilmiy tajribada
sinovdan o`tkazish, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi.
Yosh avalodni har tomonlama komil inson bo’lishi eng avvalo ularning sog’lom fikir yurita olishi hamda keng dunyoqarashga ega bo’lishi lozimlagidir. Geografiya fani kishilarni dunyoqarashi va fikir yuritish imkoniyatini ortishiga xizmat qiladi.
Geografiya fani va geografiya o`qituvchisiga qo`yiladigan talablar yildan-yilga ortib
borayotganligini davrning o`zi ko`rsatib turibdi. Bu esa axborotlar oqimi shiddat bilan ortib, dunyoda turli g’oyaviy va mafkuraviy hurujlar o`sib borayotgan bir paytda yosh avlodni zararli g’oya va mafkuralardan saqlab qolishda geografiya o`qituvchilarining o`zini har tomonlama etuk mutaxassislar bo`lishi lozimligini ko`rsatadi.
Oltinchi sinf maktab geografiyasida “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” fani o’qitiladi. Janubiy Amerika materigi ushbu fanning ajralmas qismi sanaladi. Materikning iqlimi iqlim mintaqalarini tabiat zonalarini to’la o’rgatish materik to’g’risidagi tasavvurlarning kengayishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda zamonaviy geografiya fani o’qituvchilariga qo’yiladigan talablardan kelib chaqadigan bo’lsak; Janubiy Amerika materigining tabiatini xar tomonlama mukammal o’rganish bitiruv ma’lakaviy ishning dolzarbligini izohlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |