1-MAVZU.
IQLIM OʻZGARISHINI KELTIRIB CHIQARUVCHI MANBALAR VA OMILLAR
REJA:
1. Sanoat tormoqlari, ishlab chiqarish korxonalarning iqlim oʻzgarishiga ta’siri
2. Iqlim oʻzgarishining tabiiy va antropogen sabablari
3. Yerning global iqlimi, mikroiqlim, mahalliy iqlim haqida ma’lumot.
4. Iqlim oʻzgarishiga sabab boʻluvchi ichki va tashqi omillar
Bugungi kunda iqlim oʻzgarishining asosiy omillariga misol qilib bevosita inson faoliyati, jumladan sanoat tormoqlari, ishlab chiqarish korxonalarning rivojlanishi natijasida iqlim oʻzgarishiga oʻzining salbiy ta’sirlarini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Xarakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” gi1 Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʻyoriy-huquqiy hujjatlarda ham iqlim oʻzgarishi, hozirgi ekologik vaziyatni yaxshilashga alohida eʻtibor qaratilgan.
Tabiyat gapirmaydi lekin koʻrsatadi, bu soʻzning ma’nosi tabiyatga qancha mexr bilan qarasangiz tabiyat sizga shunchalik mexir koʻrsatishi toʻgʻrisida keng bir ma’noga ega xisoblanadi. Hozirgi vaqtda kuzatilayotgan iqlimning global oʻzgarishi atrof-muhitning turli komponentlari va ularning alohida xususiyatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarga ta’sir yetkazmoqda.
Sanoat rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqayotgan uglevodorod gazi miqdori yil sayin koʻpaymoqda. Bu esa sayyoramizda “bugʻxona hodisasi“ni kuchaytirib, keskin iqlim oʻzgarishlarini yuzaga keltiryapti. Oqibatda tabiiy ofatlar koʻpaymoqda. Dunyoning koʻpgina mintaqalarida tabiiy muvozanat buzilmoqda: ayrim joylarda yogʻingarchilik odatdagidan ancha koʻp boʻlsa, boshqa hududlarda qurgʻoqchilik avj olyapti. Joriy yilning oʻzida kuzatilgan “tabiiy meʻyorlarning buzilish” holatlari bunga yaqqol misol boʻladi. 2010-yil bahorida ba’zi Yevropa davlatlarida kuchli suv toshqinlari roʻy berdi, yoz esa juda issiq va quruq keldi.
Hisob-kitoblarga koʻra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqarilar ekan. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi. Olimlarning fikricha, oʻrmon yongʻinlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga koʻtarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini koʻpaytiradi. Oqibatda, sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish oʻrniga, Yerning oʻzida qolib, “bugʻxona hodisasi“ni keltirib chiqarmoqda. Oʻzbekiston hududi boʻyicha iqlim monitoringi ma’lumotlari XX asr va XXI asr boshlarida isishning turgʻun tamoyilini koʻrsatmoqda, uning surʻati oʻn yillik uchun 0,2 C dan oshadi, bu shimoliy yarimshar boʻyicha isishning oʻrtacha surʻatidan 40 % ga ortiqdir. Global isish mintaqadagi iqlimiy sharoitlarni murakkablashtirib, yozgi mavsumda - qurgʻoqchilik va jaziramani kuchaytirgan, qishki qahratonni esa uzaytirgan. Orol boʻyida selsiy boʻyicha 40 daraja issiqdan ortiqni tashkil qilgan kunlar ikki baravarga oshgan. Inson oʻz faoliyati bilan Yer yuzidagi muzliklarga tuzatib boʻlmas zarar yetkazgan, deya aytilmoqda. Ba’zi olimlar Shimoliy qutb, Arktikadagi muzliklar kelgusi 40-50 yil mobaynida butunlay erib ketib, ummon sathi 7 metrga qadar koʻtarilib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqdalar. Lekin boshqa olimlar bu kabi ehtimolni rad etadilar. Yer iqlimi isishining Shimoliy va Janubiy qutblardagi muzliklarga ta’sirini oʻrganish uchun 2007-yil mart oyida "Xalqaro Qutblar Yili" nomi ostida ikki yillik tadqiqotlar loyihasi ish boshlagan. Markaziy Osiyoda esa muzli qoyalar asosiy suv manbai hisoblanadi. Ba’zi ekologlarga koʻra bu muzliklarning 30 foizi hozirga qadar erib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |