Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sirlar. Antropogen omillar jumlasiga atrof-muhitni oʻzgartiruvchi va iqlimga ta’sir qiluvchi inson faoliyati xam kiritiladi. Ba’zi xollarda, sabab-oqibat aloqalari bevosita yuz beradi va ikki xil ma’noga ega emas, masalan, sugʻorishning xaroratga va namlikka ta’sirida buni yaqqol kuzatish mumkin boʻlsa, boshqa xolatlarda bu uncha koʻzga tashlanmaydi. Yerdan foydalanish, ozon qatlamining yemirilishi, chorvachilik va oʻrmonlarning kesilishi kabi boshqa omillar xam ikpimga ta’sir kiladi. Parnik gazlari Parnik gazlari global isib ketishning asosiy sababchisi, deb sanaladi.
Tadqiqotlarga koʻra, atmosferaning parnik gazlar toʻsib qolgan issiqlik energiyasi bilan isishi natijasida yuzaga keladigan parnik ta’siri yer xaroratini tartibga soluvchi eng muhim jarayon xisoblanadi. 1950-yildan buyon uglerod dioksidining tobora oʻsib kelayotgan darajasi global isib ketishning asosiy sababi deyiladi.
Yerdan foydalanish va uning tartibi yerdan foydalanish iqlim oʻzgarishiga sezilarli ta’sir kiladi. Sugʻorish, daraxtlarni kesish va qishloqxoʻjaligi atrof-muxitni tubdan oʻzgartirib yuboradi. Masalan, sugʻoriladigan yerlarda suv muvozanati oʻzgaradi. Shuningdek, yerdan foydalanish aloxida olingan xududning albedosini oʻzgartirib yuboradi, chunki u yuza qatlamining xususiyatiga ta’sir qiladi va bu bilan yutilayotgan quyosh nuriga xam oʻzgaradi.
Masalan, Gretsiya va Oʻrta yer dengizi atrofidagi boshqa mamlakatlarning iqlimi eramizdan avvalgi 700-yildan boshlab, eramizning boshigacha boʻlgan davrda yal pi tarzda daraxtlar kesilganligi (daraxtlardan qurilishda, kema qurishda va yoqilgi sifatida foydalanilgan) sababli oʻzgarib ketgan, deb faraz kilishga aniq sabablar bor. Buning natijasida uning iqlimi ancha issiq va quruqlashib ketgan, usha davrda kema qurishda ishlatilgan daraxt turlari esa bu xududda boshqa oʻsmaydi. Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sir haqida keyinchalik batafsiz fikr yuritamiz.
Issiqxona samarasi va issiqxona gazlari emissiyasi. Iqlim oʻzgarishini tabiiy va antropogen sabablari; issiqxona samarasi; issiqxona gazlari; issiqxona gazlarini emissiyasi; boshqarilmaydigan issiqxona samarasii; urbanizatsiya va yerdan foydalanishning optimallashtirish hisoblanadi.
Darhaqiqat, bizning sayyoramiz iqlimi doimiy ravishda oʻzgarib bormoqda. Geologik ma’lumotlarga yondashgan holda turli geologik davrlarda oʻrtacha dunyo miqyosidagi harorat +7 dan +27oC gacha tebrangan. Hozir Yerning oʻrtacha harorati taxminan+14oC ni tashkil etadi va maksimumdan ancha uzoqda. Olimlar, davlat rahbarlari va jamoatchilik nimadan havotirdalar? Loʻndasini aytganda, iqlim oʻzgarishining yana bir muhim omillaridan biri-antropogen (inson faoliyati natijasi) ta’sirdir, tadqiqotlar yildan-yilga iqlim oʻzgarishi tahdid solib borayotganini qayd etmoqdalar.
Tabiiy sabablar. Iqlim oʻzgarishining tabiiy omillari orbitalar aralashuvi va Yerning nishab tortishi, quyosh faolligining oʻzgarishi, vulqonlarning otilishi va tabiiy ravishda atmosfera aerozollari sonini oʻzgarishini oʻz ichiga oladi..
Do'stlaringiz bilan baham: |