17. O’zbekistonda xorijiy investorlarga taqdim etiladigan kafolatlar
22. Kredit va unga hisoblangan foizlarni so’ndirish
27. Investitsiyalar turlari tasnifi.
32. Markaziy bankning maqsadi, vazifalari, qayta moliyalashtirish stavkasi
37. Lizingning ijaradan farqli tomonlari
O’zbekiston Respublikasining 14 aprel 1999 yil qabul qilingan «Lizing to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra, lizing tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi bo’lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig’iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’ektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq yevaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o’n ikki oydan ortiq muddatga beradi».
Umumiy jihatlari bilan birga, lizing va ijara munosabatlarining ma’lum farqlanishlari ham mavjud:
1. Ijaradan farqli o’laroq lizing munosabatlari lizing beruvchi va lizing oluvchi bilan bir qatorda lizing mulkining sotuvchisini ham o’z ichiga oladi;
2. Lizingda mulkni va uni ishlab chiqaruvchisini tanlash huquqi sotib oluvchiga beriladi. Bunda lizing beruvchi lizing predmeti uni lizingga berish maqsadida sotib olinayotganligi haqida sotuvchini xabardor qiladi. Ijarada sotuvchi mustaqil o’ringa ega emas va deyarli ishtirok etmaydi;
3. Lizingda lizing oluvchiga sotib oluvchiga xos bo’lgan huquq va majburiyatlar beriladi va yuklatiladi: mulk bevosita sotuvchi tomonidan lizing oluvchiga beriladi, lizing beruvchi esa faqatgina mulk qiymatini to’lab beradi. Ijara munosabatlariga esa bu xos emas;
4. Ijara va lizing shartnomalarida tavakkalchilik turlicha belgilanadi. Ijara shartnomasi bo’yicha ijaraga beruvchi mulkni ishlatishga to’siq bo’layotgan barcha etishmovchiliklar uchun ijarachi oldida javob beradi. Lizing shartnomasiga muvofiq esa lizing beruvchi lizingga berilgan mulkdagi etishmovchilik va kamchiliklarga iste’molchi oldida javobgar emas, chunki lizing oluvchi ta’minotchini o’zi mustaqil tanlagan. Lizing oluvchiga etkazilgan zararga javobgarlik, ta’minotchini yoki mulkni tanlashda lizing beruvchi ishtirok etgan bo’lsagina, uning zimmasiga yuklatiladi;
5. Lizing beruvchi shartnoma muddati davomida lizing bitimi ob’ekti egasi bo’lib hisoblanadi, lizing oluvchi esa mulkka egalik huquqi bilan bog’liq barcha majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi (favqulodda yo’qotish tavakkalchiligi, texnik xizmat ko’rsatish). Lizing bitimidagi tavakkalchilikning bu kabi taqsimlanishi asoslidir, chunki lizing beruvchi mulkni lizing oluvchi manfaatlaridan va talabidan kelib chiqqan holda sotib oladi. Ijarada barcha xatar ijaraga beruvchida bo’ladi;
6. Muddati tugagunga qadar lizing beruvchi yoki lizing oluvchi xohishiga ko’ra, lizing shartnomasi bekor qilinganda, mulkdan foydalanuvchi shartnoma shartlarini buzgan hollarda, shartnomada belgilangan umumiy summa to’langunga qadar lizing to’lovini amalga oshirilishi zarur. Ijarada majburiyatlarni bekor qilinishi bilan ijara to’lovini to’lash majburiyati bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |