2. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash



Download 84,44 Kb.
bet1/4
Sana02.02.2023
Hajmi84,44 Kb.
#906752
  1   2   3   4
Bog'liq
2649-4 31.12.2020




[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.03.00 Sog‘liqni saqlash xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari;

2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2649-4]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2014-yil 18-dekabrdagi 21-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2649, 2015-yil 19-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-dekabr,
140-son
Kelishildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2020-yil 23-noyabr
Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi R. IZAMOV
2020-yil 11-dekabr
Moliya vaziri T. IShMETOV
2020-yil 23-dekabr
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2020-yil 14-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 23-dekabrdagi 140-son buyrug‘iga
ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.”.
2. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka toifasini olish “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari uchun ixtiyoriy bo‘lib, ularning murojaatiga ko‘ra amalga oshiriladi. Shifokorlar har 5 yilda malaka toifasini olish bo‘yicha majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Shifokorlarga qulaylik yaratish va attestatsiyani shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi, shuningdek onlayn tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida translatsiya qilinadi.”.
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Malaka toifasi “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining murojaatiga ko‘ra asosiy va o‘rindosh ish joyidagi mutaxassisliklardan bittasi bo‘yicha yoki ularning har biri bo‘yicha alohida berilishi mumkin.
Shifokorlarga malaka toifasini olish bo‘yicha attestatsiya majburiy bo‘lib, asosiy va o‘rindosh ish joyidagi mutaxassisliklarning har biri bo‘yicha malaka toifasini olishi lozim.
Bunda tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi tegishli mutaxassislik bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan talablarga javob berishi kerak.”.
4. 10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Attestatsiya “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi uchun ixtiyoriylik, shifokorlar uchun majburiylik, davriylik, xolislik va oshkoralik prinsiplari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (bundan buyon matnda attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar deb yuritiladi) huzurida tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi.”.
5. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, tarmoq kasaba uyushmasi respublika kengashi vakillari kiritilishi mumkin.
Hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari huzurida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tarkibiga hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika muassasalari, hududiy kasaba uyushma birlashmalari kengashlari vakillari kiritilishi mumkin.”.
6. 22-bandda:
birinchi xatboshidagi “2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-ilovasida belgilangan” degan so‘zlar “2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-ilovasida belgilangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tibbiy yoki farmatsevtik ma’lumoti (oliy, o‘rta maxsus, internatura, klinik ordinatura, magistratura, ilmiy daraja, qayta tayyorlash) to‘g‘risidagi diplom (hujjat) nusxasi;”;
o‘n birinchi xatboshi “tavsifnoma” degan so‘zdan keyin “(1 varaqdan oshmasligi lozim)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘n ikkinchi xatboshi “hisobot bilan birga” degan so‘zlardan keyin “(6 varaqdan oshmasligi lozim)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
7. 23 va 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning elektron pochta manzili orqali ham taqdim etilishi mumkin. Bunda talabgor attestatsiyaga ishtirok etish uchun kelganida elektron pochta orqali jo‘natilgan hujjatlarining qog‘oz nusxalarini taqdim etishi talab etilmaydi.
Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi hamda har bir fayl o‘lchami 10 mbdan oshmasligi lozim.
Hujjatlar “PDF” formatida skaner qilingan holda yuboriladi.
24. Attestatsiya o‘tkazish uchun vrach va farmatsevt talabgorlardan qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Attestatsiyadan o‘tkazish uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlaridan to‘lov undirilmaydi.”.
8. 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-ilovasida belgilangan” degan so‘zlar “2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-ilovasida belgilangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 29-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Talabgorlar attestatsiyaga pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida kiritiladi.
Attestatsiya savollari komissiya raisi va mas’ul kotibning imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Savollarga tayyorlanish uchun talabgorlarga 15 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Savollarga tayyorlanish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
uyali telefon, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob yoki shpargalkalardan foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
talabgorga attestatsiya natijasi e’lon qilinmaguncha xonadan tashqariga chiqish.
Talabgorning mazkur qoidaga amal qilmasligi uni attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi. Ushbu holatda mas’ul kotib tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va komissiya a’zolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor olti oy davomida keyingi attestatsiyalarga qo‘yilmaydi.”.
10. 30-band quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Respublika miqyosida favqulodda vaziyatlar yoki karantin tartibi e’lon qilingan davr mobaynida attestatsiya quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi hamda talabgorga hujjat qabul qilinganligi, attestatsiya kuni va soati to‘g‘risida xabar yuboriladi;
attestatsiya og‘zaki imtihon shaklida masofadan turib (onlayn rejimda) o‘tkaziladi. Attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi. Bunda talabgorga mutaxassisligi bo‘yicha o‘n ballik tizimda baholanadigan 5 ta savol beriladi va savollarga tayyorlanish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Talabgor tomonidan to‘plangan ballar mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq baholanadi.”.
11. 31-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agarda attestatsiya komissiyasi yetarli ball to‘play olmagan shifokorlar bo‘yicha malaka toifasi berishga noloyiq deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, unda ular O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida o‘z hisobidan navbatdan tashqari bir oylik malaka oshirishi va attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab to‘qqiz oy o‘tgach umumiy asoslarda qayta attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘ladi.”.
12. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Bayonnomaga asosan, attestatsiya tugagan kundan boshlab o‘n kun ichida attestatsiya yakunlari bo‘yicha attestatsiya o‘tkazuvchi organ rahbarining buyrug‘i qabul qilinadi hamda malaka toifasi berilgan talabgorlarga Malaka toifasi berilganligi to‘g‘risida sertifikat (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Bunda barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun (birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlaridan tashqari) mazkur Nizomning 3-ilovasiga, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlari uchun mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi sertifikat beriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Sertifikatning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR-kodi va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
Elektron hamda qog‘oz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Elektron shaklda berilgan sertifikatning qog‘oz shakli talabgorning arizasiga ko‘ra, qat’iy hisobda turadigan blanklarda elektron sertifikatni rasmiylashtirgan organ rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda berilishi mumkin.
Shifokorlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan boshqa tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritganda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat olish uchun umumiy asoslarda attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘ladi.”.
13. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Sertifikat berilganligi uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlaridan qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida, “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlaridan qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida to‘lov undiriladi.”.
14. 3-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
15. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda 4 va 5-ilovalar bilan to‘ldirilsin.
16. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1-ILOVA
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA




Download 84,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish