To'rtinchi: Ka'baga yetib kelgach talbiya aytishni to'xtatadi va Qora tosh-Xajarul-asvadni qasd qiladi-da, uning qarshisiga yurib, uni o'ng ko'li bilan silaydi yoki imkoni bo'lsa, o'padi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: «Bismillaxi valloxu akbar» (Alloxning ismi bilan va Allox buyukdir) yoki «Alloxu akbar» (Allox buyukdir), deydi. Agar o'pish imkoni bo'lmasa, qo'li yoki xassasi va shunga o'xshash biron narsa bilan silaydi va silagan narsasini o'padi. Agar silash imkoni xam bo'lmasa, ko'li bilan ishora kiladi va: «Alloxu akbar» (Allox buyukdir)- deydi. Ishora kilgan narsasini o'pmaydi. Tavof to'gri-saxix bo'lishi uchun tavof kilayotgan odamning gusli va taxorati bo'lishi kerak. Chunki tavof xam namoz singari bo'lib, fakat unda gapirishga ruxsat berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |