2-ижодий иш топшириқлари 1-топшириқ. “Ислом таълимоти асослари” мавзусидан келиб чиқиб 10-та сўз ёзинг ва уларни изоҳланг



Download 63,48 Kb.
bet2/15
Sana31.12.2021
Hajmi63,48 Kb.
#254103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
YkRlLdW7G5mIn5ODxbjhWkEZ8FWg7nNX

Zakot (arabcha :زكاة') islomiy hayr-ehson, sadaqa tushunchasini bildiradi. Musulmonlar oʻzlarining yillik daromadlari islomda belgilangan eng kam miqdor(Nisob)dan oshganda oʻz daromadlarining 2.5%ni jamiyatning belgilangan qatlamiga toʻlash majburiyatidadirlar. Zakot oʻzbek tilida "oʻsish"(yahshilik jihatidan), "oʻrtish","tozalanish","tarbiyalash","tozalash" maʻnolarini bildiradi.

5

RAMAZON

Ramazon — hijriy yil hisobining toʻqqizinchi oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad (s.a.v.)ga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro'za tutish buyuriladi.

Ramazon — arablarda islomdan avvalgi toʻrt muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi Muhammad (s.a.v)ga birinchi vahiy kelgan. Ramazonda roʻza tutish hijratdan 17-18 oy keyin, yaʼni qibla tomon oʻzgartirilgandan bir oydan soʻng joriy etilgan.



Ramazon — 1) hijriy yil hisobining 9-oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad (sav)ga Qurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi.

Ramazon — arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27kuniga oʻtar kechasi Muhammad (sav)ga Qurʼon nozil qilingan (qarang Laylatulkadr). Ramazon oyida roʻza tutish hijraning 2yili joriy etilgan.

Musulmon mamlakatlarida Ramazonga oid marosim va anʼanalar har bir oʻlkaning oʻziga xos urfodatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.

2) Ramazon munosabati bilan aytiladigan marosim qoʻshigʻi. Ramazon oyida kun botgandan soʻng bolalar koʻchamakoʻcha yurib, har bir xonadon eshigi oldida Ramazon qoʻshigʻini aytishadi. Ramazon qoʻshiklari xonadonga yaxshilik, rizq, farzand, baraka tilash, Ramazonning muqaddas oyligini madh etishdan iborat. Ramazon aytish tugagach, xonadon egalari Ramazon aytuvchilarga non, shirinlik, pul, kiyimlik va boshqa inʼomlar chiqarib berishadi.[1]

Ramazon bilan bogʻliq koʻp sanalar ichida Rasululloh Muhammad (S.A.V)ning nabiralari Husash tavallud topgan kun (6-kun), Muhammad (S.A.V)ning zavjalari Xadicha vafot etgan kun (10-kun), Badr jangi kuni (17-kuni), Muhammad (S.A.V)ning Makkaga kirib kelishlari kuni (19-kun), Ali va imom Ali ar-Rizo vafot etgan kun (21-kun), Ali tavallud topgan kun (22-kun) kabilar eʼzozlanadi. Roʻzaning tugashi iyd al-fitr bayrami bilan nishonlanadi. Turli musulmon mamlakatlarida qadimgi dinlarga oid marosim, bayramlarni Ramazon oyiga toʻgʻri kelib qolishi natijasida Ramazonga oid marosim va anʼanalar ham har bir mamlakatda oʻziga xos oʻtkaziladi.


6

FITR

Fitr sadaqasi (sadaqai fitr) Ramazondan fitrga (og‘iz ochiqligiga) chiqish munosabati bilan berilgani uchun ham shunday nom olgan. Sadaqai fitr ikkinchi hijriy sanada joriy qilingan. Boshqa sadaqalar moldan qilinsa, bu sadaqa kishi boshidan qilinadi. “Fitr sadaqasi” va “fitr zakoti” hamda “sadaqa” va “zakot” so‘zlari bir-birining o‘rniga ishlatilaveradi. Hanafiy mazhabida sadaqai fitr vojib hisoblanadi.

Fitr sadaqasining shariatga kiritilishiga quyidagi hadislar dalildir:

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr zakotini ro‘zador uchun behuda gap-so‘z va harakatlardan poklanish hamda miskinlar uchun taomlanish bo‘lishi uchun farz qildilar. Kim uni namozdan oldin ado qilsa, u maqbul zakot bo‘lur. Kim uni namozdan keyin ado qilsa, sadaqalardan biri bo‘lur”. Abu Dovud, Ibn Moja va Hokim rivoyat qilishgan va Hokim sahih degan.

Ushbu rivoyatdagi “namoz”dan murod iyd namozidir. Sadaqai fitrni iyd namozidan oldin berish lozim ekanini shu hadisdan bilib olamiz.

Ushbu sadaqa nima uchun shariatimizda joriy qilinganining sababi, hikmati ushbu rivoyatdan ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Sadaqai fitr ro‘zador uchun behuda gap-so‘z va harakatlardan poklanish, miskinlar uchun esa taomlanish bo‘lishi uchun joriy qilingan.

Ro‘zador odam Ramazon oyida ro‘za tutar ekan, gohida og‘zidan bilib-bilmay turli gap-so‘zlar chiqib ketgan bo‘lishi, shuningdek, ba’zi nojoiz amallarni qilib qo‘yib, shu sababdan ko‘ngli g‘ash bo‘lib yurishi mumkin. Ana shunday g‘ashliklarni yuvib yuborish uchun sadaqai fitr joriy qilingan.

Sadaqai fitr bug‘doy va undan olinadigan narsalardan hamda mayizdan yarim so’ beriladi. Xurmo yoki arpadan bir so’ beriladi. Bug‘doydan ikki mun bersa ham bo‘ladi.

Bu hukmlar quyidagi rivoyatlardan olingan:

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr zakotini xurmodan bir so’, arpadan bir so’ miqdorida musulmonlardan qulga ham, hurga ham, erga ham, ayolga ham, kichikka ham, kattaga ham farz qildilar. Uni odamlar namozga chiqishidan oldin ado etishga amr qildilar”. Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilishgan.

Bir so’ qancha bo‘ladi? Aslida so’ idish bo‘lib, g‘alla va shunga o‘xshagan narsalar shu idish bilan o‘lchangan. Keyin og‘irlik o‘lchovlari chiqqanda unga solishtirilgan. Imom Shofe’iy va Hijoz faqihlari nazdida bir so’ 2751 gramm, Abu Hanifa va Iroq faqihlari e’tiborida esa 3800 grammga teng.

Fitr sadaqasini xurmo va arpadan bir so’dan berishga hamma mazhab va ulamolar ittifoq qilishgan.

Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida uni (fitr sadaqasini) yegulikdan bir so’ yoki xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ yoki mayizdan bir so’ yoki qurutdan bir so’ berar edik. Muoviya kelib, bug‘doyga o‘tilganda: «Menimcha, manavining bir muddi ikki muddga teng keladi”, dedi». Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilishgan.

Boshqa bir rivoyatda bunday deyilgan: “Muoviya haj yoki umra qilib kelganda va odamlarga minbarda turib gapirganda: «Menimcha, Shomning ikki mudd bug‘doyi bir so’ xurmoga teng keladi”, dedi. Odamlar shu gapni ushlashdi. Abu Sa’id: “Ammo men oldinlari qanday bo‘lsa, shunday chiqarishda davom etmoqdaman”, dedi».

Abu Sa’id roziyallohu anhu avval sadaqai fitr taomdan bir so’ bo‘lishini aytib turib, keyin uning turlarini – xurmo, arpa, mayiz va qurut, deb batafsil aytganlar.

O‘sha vaqtda Hijozda bug‘doy kam iste’mol qilingan, deyarli bo‘lmagan. Shuning uchun u yerda keng tarqalgan to‘rt xil taomning zikri kelgan. Keyinchalik bug‘doy o‘sadigan joylar ham musulmon yurtlarga aylanganidan keyin u Hijoz diyorida ham tarqalgan. Bug‘doyning qiymati ustun bo‘lgani, unga talab kuchli ekani uchun uning yarim so’i boshqa yeguliklarning bir so’iga teng qilingan.

“Mudd” ham og‘irlik o‘lchovi bo‘lib, to‘rt mudd bir so’ bo‘ladi. Bu gapni xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhu Shomdan Hijozga haj yoki umra qilib kelganda eslatgan ekan. Shunda odamlar uning gapini olib, bug‘doydan yarim so’ miqdorida sadaqai fitr berishga o‘tishgan ekan. Ammo Abu Sa’id roziyallohu anhuning bunga ko‘ngillari bo‘lmay, bir so’ berishda davom etishni ma’qul ko‘rgan ekanlar.

Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Ibn Abbos Ramazonning oxirida Basraning minbarida xutba qilib: «Ro‘zaning sadaqasini chiqaringlar”, dedi. Odamlar hech narsa bilmagandek turaverishdi. Shunda u: “Bu yerda Madina ahlidan kim bor? Turinglar, birodarlaringizga o‘rgatinglar, ular bilishmas ekan! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu sadaqani xurmo va arpadan bir so’dan, bug‘doydan yarim so’dan har bir huru qulga, eru ayolga, kichigu kattaga farz qilganlar”, dedi. Aliy kelganda narxning arzonligini ko‘rib, “Alloh sizlarga (rizqni) keng qilib qo‘yibdi. Har narsadan bir so’ (sadaqa) qilsangiz, yaxshi bo‘lardi”, dedi». Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilishgan.


7

HAJ

Haj (arabcha: ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri[1]. Haj qilish es-hushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. Haj qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab qoʻyilgan maxsus joy)dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakat namoz oʻqiladi. Hajda Kaʼba 7 marta tavof qilinadi. Ziyoratchilar hajar al-asvad (qora tosh)ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7 marta yuguradilar, soʻngra zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni (zulhijja oyining 9-kuni) Hajning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togʻida turish (vuquf) boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qiladilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻlinadi. Zulhijja oyining 10-kuni (qurbon hayiti) dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad (sav) qabrini ziyorat qilish ham Haj vaqtida bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun Haj arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli Haj ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi.

Fayl:Traditional Hajj Wear (9932207785).jpg

Haj kiyimlari

Hadisga koʻra, Haj qilishning asosiy qoidalari Muhammad (sav) tomonidan 632-yili „Vidolashuv Haji“ (Hajjat alvadoʻ)da belgilab berilgan. Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab namoyandalari Haj ziyorati qoidalarini islom manbalari asosida batafsil ishlab chiqqanlar.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga Haj amalini ado etish uchun imkoniyatlar yaratib berildi. 1991-yilda H.ga boruvchilar 1500 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda bu raqam 4000 dan ortiqni tashkil etdi. Mustaqillik davrida 53056 kishi Haj ibodatini ado etdi (2005).

Bu ibodatlar bandaning gunohlardan poklanishi uchun katta sinovdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: „Kim bu Uy (Baytulloh)ga kelib, yomon soʻzlarni soʻzlamasa va fosiqlik kilmasa, onasidan yangi tugʻilgan kunidagi kabi (uyiga) qaytadi“ (Imom Muslim, 2/ 983; „Sahih ut-Termiziy“, 1/ 245).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Amr ibn Os raziyallohu anhuga: "…Hajning xam oʻzidan avvalgi narsa (gunox) larni yoʻkotishini bilmaysanmi?!"- dedilar (Imom Muslim, 1/ 112).

Rasulullox sollAllohu alayxi va sallamdan: „Kaysi amal afzaldir?“ deb soʻralganida:

— „Alloh va rasuliga iymon keltirish“.

— „Keyinchi?“

— „Alloh yoʻlidagi jixod“.

— „Keyinchi?“

— „Mabrur (Alloh tarafidan bekamu-koʻst kabul kilingan) Haj“- deb javob berganlari nakl kilingan (Fatxul-Boriy", 3/ 381).

Abdullox ibn Mas’ud raziyAllohu anxu dedi: "Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Umra va Haj kilishda davom etingiz! Chunki Haj ila umra boskon oltin va kumush ustidagi kirlarni ketkazganidek, fakirlik va gunoxlarni ketkazadi. Mabrur Hajning jannatdan boshka mukofoti yoʻkdir“ (Nasoiy, Termiziy, ibn Mojja, imom Axmad va boshkalar rivoyat kildilar. Alboniy „Saxixu ibn Mojja“ da saxix dedi, 2/553).

Abu Xurayra dedi: "Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam: Allohning karvoni uchtadir: Goziylar, xojilar va umra kiluvchilar"- dedilar" (Alloma Alboniy, „Saxixun-Nasoiy“, 2/ 557; „Saxixul-Jomeʼ“, 6/108 da bu xadisni saxix degan).

Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: "Alloh yoʻlida jixodga chikkan, Haj va umra kilgan odamlar Allohning karvonidirlar. Alloh ularni chakirdi va ular chakirikka itoat kilib keldilar. Ular xam Undan tiladilar va U xam ularning tilaklarini berdi" (Ibn Xibbon, ibn Mojja va boshkalar rivoyat kildilar. Alboniy „Saxixu ibn Mojja“, 2/ 149 va „al-Axadisus-Saxixa“, 4/ 433 da bu xadisni saxix dedi).

Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: "Allohning Arafa kunidagi kabi jaxannamdan kullarini ozod kiladigan boshka bir kun yoʻkdir. U kunda Alloh juda xam yakin keladi va xoji kullarini farishtalarga maktaydi va: „Ular (duo kilib) nimalarni tiladilar?“- deydi" (Imom Muslim rivoyati


8

UMRA

Umra — islom anʼanasida kichik haj. U. Qurʼon oyati va Paygʻambar (as) sunnati bilan sobit bulgan amal. U.ni yil — un ikki oy bajarish mumkin. U.ning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga U. qilishi mumkin. Faqat har bir U. uchun qayta miyqotga borib, yuvinib, ehromni kimga U. qilayotgan boʻlsa usha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun "Tanʼim"(hazrat Oysha) mayejidi miyqot hisoblanadi.

Ushbu risola umra ibodati haqida bir shingil ko'rsatmalardan iborat bo'lib, uni o'quvchilarga taqdim etiladi



Download 63,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish