2. SISTEMATIKASI
Baliqlar umrtqalilar kenja tipining eng xilma-xil va turlari hammasidan ko’p sinfidir. Ular arzimas istisno larni hisobga olmaganda er sharidagi barcha suv havzalarida tarqalgan.
Hozirgi zamonda baliqlarning 20 mingtacha turi bor. Baliqlar silur davrining oxiridan buyon ma’lum va to’garak oizlilardan so’ng eng qadimgi umrtqalilar hisoblanada.
Hozirgi zamon tadqiqotchilarining fikricha baliqlar katta sinfi toayli baliqlar (sinfi) va suyakli baliq (sinfi)lariga bo’linadi.
Toayli baliqlarda suyak yo’q, shunga ko’ra ularning ichki skeleti nuqul toaydan iborat. Ular bir xilda bo’lmagan ikki gruppaga, sodda tuzilishdagi skeletini saqlab qolgan. Lekin o’rchish organlari va skeleti taraqqiy etgan plastinka jabralilar yoki akulalarga, hamda kichikroq gruppa bo’lgan skatlarga bo’linadi.
Suyakli baliqlar ancha takomillashgan (teridan hosil bo’lgan) tashqi suyak skeleti ham, ko’pchiliklarida ichki suyak skeleti ham, bo’ladi, ular jabra qopqoi yordamida jabra bilan nafas oladi, bundan tashqari sizgich pufakchalari ham bor. Suyakdor baliqlarni hozirgi kunda 19 ming 500 dan ortiqroq turi bor. Suyakli baliqlar sistematikasi bo’yicha ixtiolglar har xil fikrdalar.
2.3. AKULALAR YOKI PLASTINKA JABRALILAR
Ko’ppak akula – yoki dengiz iti juda ko’pchilik akulalar kabi suvda juda tez suzadi, asosan baliqlarni tutib eb dengizda yirtqichlik bilan hayot kechiradi.
Tashqi ko’rinishi – bo’yi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoq duk shaklida bo’ladi, boshining uchida uzun qazich burni bor. Orqasiga borgan sari tana torayib dumga aylanadi, dum asosiy harakat organidir. Dum suzgich qanotining pallalari bir xilda emas, ichida o’q skeleti bo’lgan yuqori pallasi uzun, pastki pallasi kalta bo’ladi. Shuning uchun ham qanoti getorostirkal tipda tuzilgan.
Teri qoplaichlari – akulaning terisi talaygina bir xo’jayrali bezlari bo’lgan ko’p qavatli epidermis va plakoid deb ataladigan bir talay tangachali qattiq koriumdan iborat. Tangacha suyakka yaqin turadigan modda dentindan iborat, tangachaning uchi tishchaga o’xshaydi, tishchaning uchi maxsus emal qavat bilan qoplangan. Plakoid tangachalar jaga o’tar ekan kattalashib chin tishga aylanadi. Bosh bilan tananing ikki yon tomnida yon chiziq deb ataluvchi sezuv organi bor.
Skeleti - akulaning skeleti suyaksiz bo’lib, nuqul toaydan iborat, lekin bu toay o’ziga oxak singdirib olishi va qattiqlashishi ham mumkin. Skeleti qo’yidagi qismlarga bo’linadi.
O’q skelet
bosh skelet
juft suzgich qanotlar skeleti
toq suzgich qanotlar skeleti
O’q skelet – talaygina umrtqalarning bir-biri bilan harakatchan tarzda qo’shilishidan hosil bo’lgan umrtqa poonasining ostki tomonidan pastga qarab pastki yoylar chiqadi. Gavdaning tana bo’limida pastki qisqa o’simtalarga qovuralar (costa) birikadi.
Bosh skeleti – bosh skeleti asosan ikki qismga: Neurokranium va vissteral skeletdan iborat.
1. Neurokraniumga: miya quttisi sezuv organlari (eshituv va hidlov) kolsulasi hamda qozich burun skeleti kiradi.
2. Visteral skelet uch qismga bo’linadi
jabra yoylari
til osti yoyi
ja yoylari
Suzgich qanot skeletlari ikkiga:
toq suzgich qanotlari
juft suzgiya qanotlari
Toq suzgich qanotlari skeletiga orqa, dum, orqa chiqaruv teshigi qanotlari skeletidan iborat.
Juft suzgich qanotlar skeleti suzgich qanotlar kamari bilan erkin suzgich qanot skeletidan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |