2 I bob. Ota-onalar bilan treninglar o’tkazish



Download 402,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana12.03.2022
Hajmi402,48 Kb.
#491696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
soat 7-dagi 1chisi

 
 
 
 
 
 
 


22 
XULOSA 
Bolalar bilan suhbat qurganda tarbiyachi yosh xususyatlarini inobatga olgan
holda ona tilini leksiya boyligini keng qo’llashi; tushunish mumkin va o‘zlashtirish
oson bo‘lgan so‘zlami tanlashi, ulardan o‘z nutqida foydalanishi lozim. Bolalar bilan 
suhbat chog‘ida adabiy tilga oid so‘zlami qo‘llash, qo‘pol so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik,
oddiy so‘zlashuv tili va shevalardan, shuningdek, muomaladan chiqqan so‘zlardan 
qochish lozim. Tarbiyachining lug‘ati qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, uning nutqi
qanchalik yorqin bo‘lsa, bolalar shunchalikko‘p so‘zlami o‘zlashtirib olishlari mumkin.
 
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni sо’zli shaklda umumlashtirilgan, uni 
bayon etish va о’zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda 
tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yо’l ochadi. Nutqni egallab 
olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga tо’g’ri keladi. Maktabgacha 
ta’lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda 
o’qishga intilish xissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi. 
Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan 
hamda qo’llaydigan so’zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-
onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o’zining uncha ko’p bo’lmagan 
so’z zahirasiga tayanib bilib oladi. - «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o’zini va 
uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini 
rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari zarur. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni 
qo’llabquvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha 
ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Zarurat tug’ilganda, pedagoglar tarkibi va 
maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan 
holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini 
tuzadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv 
o’sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal 
qilish uchun zarur bo’lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirish, boshqa 
insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat


23 
usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi.
O’quv-tarbiyaviy faoliyat 
«O’zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid 
davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi o’quv va 
tarbiyaviy faoliyatni o’quv yillari bo’yicha tashkil qiladi. O’quv-tarbiyaviy faoliyatni 
rejalashtirish O’quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va 
unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o’yinlari, bo’sh 
vaqt va o’quvtarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. O’quv-
tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni 
qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o’quv rejasiga 
muvofiq olib boriladi. O’quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi 
muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi. O’quv-tarbiyaviy 
faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog’liq holda integratsiya, xilma-xillik va 
moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
Nutqni rivojlantirish metodikasining 
asosiy mazmuni - bolalarda og’zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti 
ko’nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlanti rish metodikasi quyidagi asosiy 
savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o’qitish (bolalarda qanday nutqiy 
ko’nikmalarni tarbiyalash), qanday o’qitish (bolalar nutqini shakl lanti rishda qanday 
sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday 
o’qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va 
amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda).Nutqni rivojlantirish metodikasi har 
qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o’zaro bog’liqligini aks 
ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.

Download 402,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish