Tabiiy angidrid sement. Respublikada yuqori sifatli tabiiy angidrid zaxiralarining juda ko‘p tarqalganligini havoda qotadigan bog‘lovchi angidrid sementini ko‘p miqdorda (pishirilgan va pishirilmagan xillari) ishlab chiqarish imkonini beradi. Kam kuydiriladigan gipsli bog‘lovchi moddalardan farqli ravishda angidritli sementning hajmi qotayotganda kengaymaydi. Bu sement gidravlik xususiyatlariga ega emas. U nam havo muxitida juda tez qotadi. Namlik muhitda dastlabki qotishdan keyin, angidrit sementi quruq muhitda yanada mustahkamlanaveradi. Qotgan bog‘lovchi modda suvda uzoq vaqt turib qolsa, uning mustahkamlik darajasi pasayadi, keyin quruqlik sharoitida angidrit
sementning mustahkamligi yana ortaveradi. Agarda angidrit sementga aktivlashtiruvchi modda sifatida domna toshqoli qo‘shilsa, uning suvga chidamliligi ortadi.
Xom ashyo tarkibida aktiv moddalarning ko‘p bo‘lishi uni umuman pishirmay, faqat mexanik yo‘l bilan qayta ishlab mustahkamligi talab qilingan ko‘rsatkichli bog‘lovchi modda olish mumkinligi aniqlandi. Angidrid sementning mustahkamligi qurilish gipsi mustahkamligiga nisbatan yuqori. Bu sementga ohak kukuni, portlandsement va shu kabi aktiv moddalar qo‘shilsa, uning siqilishidagi mustahkamligi 19,8…20,5 MПa gacha etadi.
Pishirmay tayyorlanadigan, shuningdek, talab qilingan mustahkamlikka ega bo‘lgan angidrid sementni ko‘plab ishlab chiqarish iktisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega.
Havoda qotadigan ohak deb tarkibida 8% gacha gil qo‘shilmalar bo‘lgan va erib yopishib qolmaydigan qilib, bir me’yorda kuydirilgan ohaktoshlarni mayda tuyish natijasida hosil bo‘ladigan havoda qotuvchan bog‘lovchi moddalarga aytiladi. Hali tuyilmagan kuydirish mahsuloti so‘ndirilmagan kesak ohak (qaynama) deb ataladi. U shu holicha bog‘lovchi modda hisoblanmaydi va uni qorishma hamda beton tayyorlashda ishlatib bo‘lmaydi. Bog‘lovchi qilish uchun kesak-ohak mayda tuyilishi zarur.
Kesak-ohakni maydalashning ikki usuli qo‘llaniladi:
mexanik usul-shar yoki boshqa tegirmonlarda tuyiladi;
so‘ndirish usuli-ohak bo‘laklariga suv bilan ta’sir qilinadi; shunda ohak o‘z-o‘zidan mayda zarrachalarga parchalanadi (dispergirlanadi).
Kesak-ohak qanday usulda maydalanganiga qarab, havoda qotadigan tovar ohakning quyidagi turlari bo‘ladi:
kesak-ohak qaynamani mexanik usulda maydalab tayyorlanadigan so‘ndirilmagan tuyilgan ohak. U tarkiban asosan kalsiy oksididan tashkil topgan bo‘ladi;
kesak-ohak-qaynamani ma’lum miqdordagi suv bilan (kukunsimon holatga kelgunicha) so‘ndirib tayyorlanadigan so‘ndirilgan gidrat ohak (pushonka-kukun). Kimyoviy tarkibi jihatidan u kalsiy gidrati Сa(OН)2 dan iborat bo‘ladi;
kesak-ohak-kaynamani ortiqcha suv bilan so‘ndirish natijasida hosil bo‘ladigan mahsulot – ohak xamiri; ohak xamiri asosan gidrat oksidi va suvdan iborat bo‘ladi.
Kesak-ohak so‘ndirib yoki tuyib maydalash jarayonida aktiv yoki gidravlik mineral qo‘shilmalar (domna va yoqilg‘i shlaklari, kul, vulkan kuli, pemza, tuf, kvars qum, semyanka, trepel va gips tosh) qo‘shish mumkin. Ohak qancha mineral qo‘shilma qo‘shish mumkinligi ohakning aktivligi (%СaO+% MgO) bilan aniqlanadi. Ammo 9 jadvalda ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.
Ohak ishlab chikarish uchun ohaktoshlardan foydalaniladi. Ohaktoshlarda kalsiy karbonatdan tashqari ozmi-ko‘pmi magniy karbonat ham bo‘ladi. Kuydirilayotganda karbonat tuzlari qattiq СaO va MgO oksidlari hamda gazsimon mahsulot – CO2 ga dissotsiatsiyalanadi. Gazsimon mahsulot chikarib tashlanadi, qolgan qattiq oksidlar esa havoda qotadigan so‘ndirilmagan ohak tarkibiga kiradi. Havoda qotadigan ohak qancha magniy oksidi borligiga qarab oz magnezialli (5% gacha magniy oksidi bor) magnezialli (5 dan 20% gacha magniy
Do'stlaringiz bilan baham: |