2. Havo liniyalari tayanchlarini o’rnatish. Havo liniyari tayanchlarining jixozlarini o’rganish. Tayanch so’z va iboralar



Download 1,92 Mb.
bet1/31
Sana20.07.2022
Hajmi1,92 Mb.
#827152
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
2. Havo liniyalari tayanchlarini o’rnatish. Havo liniyari tayanc



MAVZU: Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan xavo linyalari montaj qilish .
REJA: 1. Havo liniyalari haqida umumiy ma’lumotlar.
2. Havo liniyalari tayanchlarini o’rnatish.
3. Havo liniyari tayanchlarining jixozlarini o’rganish.

Tayanch so’z va iboralar:
Havo liniyasi, toifasi, guruhi, tayanch turlari, tayanchlar orasidagi masofa, havo liniyasini yig’ish, sozlash, tayanch materiallar, tayanch ustuni, tayanchlarni jihozlash, simlarni yig’ishga tayyorlash, chuvatish, ulash turlari.
Havo liniyalari (HL) haqida umumiy mahlumotlar
Elektr energiyasini ochiq havo orqali o’tadigan va turli tayanch tuzilmalarga mahkamlangan simlar yordamida uzatish va taqsimlashga mo’ljallangan qurilma havo liniyasi deyiladi. Elektr uzatishning havo liniyalari kuchlanishi 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori (standart kuchlanishlar shkalasi bo’yicha 3,6,10 kV va undan yuqori) havo liniyalariga bo’linadi.
Mamlakatimizda havo liniyalari keng tarqalgan va ular quyidagilar bilan bir–biri bilan farq qiladi:
havo liniyalarini qurishda, odatda, xajmi uncha katta bo’lmagan yer ishlarini bajarish zarur;
havo liniyalarini ishlatish va taomirlashning oddiyligi;
kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo liniyalarining tayanchlaridan radio tarmoqlar, mahalliy telefon aloqasi, tashqi yoritish, teleboshqarish, signalizatsiya simlarini osish uchun foydalanish mumkin;
1 km havo liniyasi qurilish narxining shunday uzunlikdagi kabel liniyasini qurish narxiga qaraganda ancha past (taxmina 25–30%).
Liniyaning nominal kuchlanishi va unga ulangan isteomolchilarning toifasi bo’yicha havo liniyalari I, II, III guruhga bo’linadi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo liniyalari, ularga ulangan isteomolchilarning toifalaridan qatoiy nazar III guruh hisoblanadi.
Havo liniyalarini qurishda mahalliy iqlim sharoitlari, shuningdek simlarni muz qoplashi eotiborga olinishi kerak. Simlarni muz qoplashi haddan tashqari xavfli, chunki u havo liniyalari simlarida qo’shimcha va ko’pincha juda katta yuklama hosil qiladi, bu simlarning uzilishiga va hatto tayanchlarning buzilib ketishiga sabab bo’ladi.
Simlarni muz qoplaydigan rayon havo liniyasida hosil bo’ladigan muz devorini qalinligi bilan xarakterlanadi. SHu belgisiga ko’ra, quyidagi to’rtta muz qoplash rayoni farq qilinadi:
I – rayon–simda muz devorining qalinligi 5 mm gacha
II–rayon –»– –»– 6 mm dan 10 mm gacha
III–rayon–»– –»– 11 mm dan 15 mm gacha
IV–rayon–»– –»– 16 mm dan 25 mm gacha
Agar havo liniyalari simlarida hosil bo’ladigan muz devorining qalinligi 20 mm ortiq bo’lsa, bu joy muz qoplaydigan alohida rayonga kiradi.
Kuchlanishi 10 kV gacha bo’lgan havo liniyalarini simlari yog’och yoki temir–beton tayanchlarda o’rnatilgan izolyatorlarda mahkamlanadi. Havo liniyalarining yo’llarida o’rnatiladigan tayanchlar tuzilmasi, ishlatilishi va o’rnatiladigan joyiga qarab oraliq, burchak, tarmoqlash, kesishadigan va oxirgi tayanchlar bo’ladi.
Oraliq tayanchlar simlarni yerdan talab qilinadigan balandlikda tutib turish uchun ishlatiladi va ular qo’shni tayanchlar orasidagi simlar uzilganda liniya bo’ylab simlarni bir tomonlama tortilishidan hosil bo’ladigan kuchlarga mo’ljallab hisoblanmagan. Havo liniyalari yo’lining to’g’ri qismlarida oraliq tayanchlar havo liniyasining kuchlanishi 1 kV bo’lganda 35–40m, havo liniyasining kuchlanishi 6 va 10 kV bo’lganda 50–60 m masofada o’rnatiladi. Havo liniyasining tayanchlari orasidagi masofani tayanchlar odimi deyish qabul qilingan. Oraliq tayanchlar havo liniyasidagi tayanchlarning umumiy sonini 80% dan ortig’ini tashkil qiladi.
Havo liniyasi yo’lining yo’nalishi o’zgaradigan joylarda burchak tayanchlar o’rnatiladi. Bu tayanchlar normal ishlash sharoitlarida qo’shni tayanchlar orasidagi simlarning qo’shilgan tortilish kuchlarini qabul qilishi lozim; bu kuchlar simlar hosil qiladigan ichki burchakning bissekrisasi bo’yicha tahsir qiladi.
Tarmoqlash tayanchlari havo liniyasi yo’lidan mahlum masofada bo’lgan isteomolchilarni elektr energiyasi bilan tahminlash lozim bo’lganda magistral havo liniyasi simlaridan tarmoqlash uchun o’rnatiladi.
Kesishadigan tayanchlar ularda havo liniyasini ikki yo’nalishda kesishtirish uchun ishlatiladi.
Oxirgi tayanchlar havo liniyalarining boshida va oxirida o’rnatiladi. Ular normal sharoitda simlarning bir tomonlama tortish kuchidan hosil bo’ladigan liniya bo’ylab yo’nalgan kuchlarni qabul qiladi.
Havo liniyalarida yuqorida qayd qilingan tayanchlar xillariga qaragandaancha katta mustahkamlik va murakkab tuzilmaga ega bo’lgan anker tayanchlardan ham foydalaniladi.
Oraliq, burchak, tarmoqlash, kesishadigan yoki oxirgi anker tayanchlar bo’lishi mumkin. Oraliq tayanchlarning oyoqlari liniya yo’liga,nisbatan bo’ylamasiga yoki ko’ndalangiga joylashtiriladi: birinchi holda anker tayanchlari simlar hosil qiladigan liniya bo’yicha yo’nalgan kuchlarni qabul qiladi; ikkinchi holda liniyaga perpendikulyar yo’nalgan kuchlarni qabul qiladi. Ikkita anker tayanchlar orasidagi masofa anker qulochi (oralig’i) deyiladi. O’rtacha murakkablikdagi yo’lning to’g’ri qismlarida havo liniyasining anker qulochi kuchlanish 1 kV bo’lganda 150–180m; kuchlanish 6 va 10kV bo’lgan havo liniyasida 250–280m ga teng bo’ladi. Anker tayanchlardan foydalanilganda havo liniyalarining mustahkamligi oshadi. Liniyada bitta yoki bir nechta sim uzilganda simlarning bir tomonlama tortilishi natijasida hosil bo’ladigan katta yuklamani anker tayanch qabul qiladi, bunda vujudga kelgan shikastlanishlar anker qulochining o’zida bartaraf etiladi.
Tayanchlar ularning tiplaridan qatoi nazar, tirgakli yoki bir va ko’p simni torib turuvchisi bilan tayyorlanishi mumkin.
Havo liniyasini qurish uchun lozim bo’lgan tayanchlar soni va turlari, shuningdek ular orasidagi masofa (tayanch odimi) quyidagilar bilan aniqlanadi: HL yo’lining murakkabligi va konfiguratsiyasi; osiladigan simlarning soni, materiali va kesimlari; rayonlarning iqlim sharoitlari; havo liniyasining yo’li o’tadigan maydonda joylashgan aholining zichligi; quriladigan havo liniyasining mustahkamligi va ishlatishda xavfsizligini tahminlaydigan talablar.
Havo liniyasining simlari yerdan ko’tarilgan va undan uzoqda bo’lishi, shuningdek kesishadigan va parallel joylashgan inshoatlardan simning balandligi (gabarit) va yaqinlashish balandligi (gabarit) deb ataladigan mahlum masofalarda joylashishi kerak.
Simning eng katta solqilanish nuqtasidan vertikal bo’yicha yergacha bo’lgan masofa havo liniyasi simining yerdan balandligi (gabarit) deyiladi.
Simdan kesishadigan inshoatgacha bo’lgan eng qisqa vertikal masofa havo liniyasining balandligi (gabarit) deyiladi.
Tayanchda faza simlar istalgan tartibda, nol sim, odatda faza simlaridan pastda, tashqi yoritish simlarini nol sim tagida joylashtirish mumkin. Muz qoplanadigan I va II rayonlarda tayanchlardagi simlar orasidagi masofa vertikal bo’yicha 400 mm dan kam bo’lmasligi, gorizantal bo’yicha esa–agar tayanchlar qulochi 30 m gacha bo’lsa–200 mm, 30 m dan katta bo’lsa–300 mm dan kam bo’lmasligi lozim.
Muz qoplanadigan III va IV rayonlarda simlar orasidagi masofani, vertikal bo’yicha 600 mm, gorizantal bo’yicha 400 mm deb qabul qilinadi.
Neytrali izolyatsiyalangan elektr tarmoqlarda atmosfera o’ta kuchlanishlaridan himoyalash uchun faza simlarining ilmoqlari va shtirlari hamda havo liniyasining temir-beton tayanchlari armaturalari yerga ulanadi, neytrali yerga ulangan tarmoqlarda esa yerga ulangan nol simga ulanadi.
Havo liniyasining tayanchidan yerga tutashtiriladigan simning diametri 6 mm dan kam bo’lmasligi lozim. Yerga ulash qurilmasining tok oqib o’tishiga qarshiligi 50 Om dan katta bo’lmasligi zarur.
Erga tutashtiriladigan simlarni tayanchlarda tarmoqlab, ko’plab odamlar to’planadigan yoki qimmatbaho xo’jalik buyumlari saqlanadigan honalar (omborlar, saroylar va hokazo) ichiga kiritishda, tarmoqlari bor tayanchlarda va kirish simlariga tarmoqlari bor liniyalarning oxirgi tayanchlarida ham simlar yerga tutashtiriladi.

Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish