4-rasm. Tokni cheklovchi saqlagichning o‘zgaruvchan va 6‘zgarmas toklarni uzish tavsiflari.
n amoyon bo‘ladi. Shikastlangan zanjir tokini cheklab uzish yoyning so‘nishiga olib keladi, chunki bunda QT tokining o‘rnatilgan qiymati emas, balki erish elementining erish vaqti orqali aniqlangan tok o‘chi- riladi. Bunda QT toki /ochjr gacha cheklanadi (4-rasm). Nominal tok o‘sishi bilan, tabiiyki, erish elementining ko‘ndalang kesim yuzasi ham orta boshlaydi. Bu yuzaning ortishi erish vaqtini cho‘zadi va tokning cheklash samarasi pasayadi. Nominal rejimda eruvchi ele- mentdan issiqlikning jadal uzatilishi elementning ko‘ndalang kesim yuzini kamaytirishga va tok cheklash samarasini oshirishga olib keladi
1-jadval
SAQLAGICH QISMLARINING RUXSAT ETILADIGAN QIZISH
HARORATLARI
Saqlagich qismlari nomi
|
Eng katta harorat
|
Patron ichidagidan mustasno tok o'tkazuvchi bo‘laklar
|
105
|
Sopol izolatsiyali patronning eng qizigan yuzi
|
155
|
Organik izolatsiyali materialdan yasalgan patronning eng qizigan nuqtasi
|
100
|
SaqlagichningtokcheklashqobiliyatinominaltokqiymatigahamdakutiladiganQTtokiqiymatibilanulanishvaqtidagifazaburchagigabog‘liq. Eruvchielementnominaltokiqanchalikkattatbo‘lsa, saqlagichningtokcheklashqobiliyatishunchapastbo‘ladi. " Masalan, 7nom = 400 A bo‘lganda, tok cheklash qobiliyati umuman bo'lmaydi.
Zanjirni tok cheklagich saqlagichlar bilan uzganda, unda tok qiymati qanchalik tez kamaysa, o‘ta kuchlanish shunchalik katta bo‘ladi. 0‘ta kuchlanishlarni cheklash saqlagichning erish elementi- ni maxsus shaklda tayyorlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Saqlagich zanjirlaridagi o‘ta kuchlanishlar GOST 2213—79 bilan me’yorlanadi. Yuqori kuchlanishli saqlagichning ishlab ketishi o'sha tokning qiymati va qancha vaqt oqishiga bog‘liq boTadi. Tok cheklashda o‘ta kuchlanish ham katta va h.k. QT tokida saqlagichning uzishga sarflanadigan toTa vaqti 0,005—0,007 s ga teng.
Yuqori kuchlanishli saqlagichlarning kamchiliklariga quyidagilar kiradi: bir marotaba ishlashi, saqlagichni almashtirish yoki yangilash uchun tanaffus kerakligi.
Barcha tur va seriyadagi saqlagichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
saqlagich erish elementining vaqt-tok tavsifi himoyalanuvchi obyektning ana shunday tavsifidan pastroqdan o‘tishi zarur;
QT toki paydo bo‘lganda saqlagichlarning selektiv ishlashi, ya’ni faqat shikastlangan uchastka saqlagichi ishlashi kerak;
saqlagich tavsiflari mo‘tadil (stabil) bo‘lishi, ular o‘lchamlari saqlagich himoya xususiyatlariga ta’sir etmasligi kerak;
saqlagichlar yuqori darajada uzish va puxtalik xususiyatlariga ega bo‘lishlari kerak;
istalgan konstruksiyadagi saqlagichning eruvchi elementini almashtirish minimal vaqtda amalga oshirilishi kerak.
Saqlagichlarga qo‘yiladigan texnik talablar GOST 2213—79 «3 kV va undan yuqori kuchlanishli o'zgaruvchan tok saqlagichlari umumiy texnik sharoitlar» da keltirilgan.
Ishlash tamoyili. Hamma saqlagichlar uchun ishlash tamoyili bir xil: saqlagichning eruvchi elementidan nominalga nisbatan katta tok eruvchi elementning erishiga asoslangan. Yuklamadan nominalga nisbatan necha karra katta tok o‘tsa, shunchalik tez eriydi.
Eruvchi element materiali sifatida ko‘proq mis'dan foydalanadi- lar (uning erish harorati 1080°C ga teng). Vaqtni kamaytirish va haroratni pasaytirish maqsadida metall effektidan foydalaniladi. Bunda erish uchun mo‘ljallangan simga yumaloq rux parchalari payvandla- nadi. Uning erish harorati 230°C ga teng. Katta tok o‘tganda payvandlangan rux tez eriydi va misning erishiga ko‘maklashadi.
Eruvchi element saqlagichning almashtiriladigan bo‘lagi hisob- lanadi. Eruvchi elementlar yana qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshin qotishma- lari, rux, aluminiy, kumush va boshqalardan ham tayyorlanadi.
Eruvchi erigach saqlagichda yoy hosil bo‘ladi. Uni imkon qadar tez so‘ndirish zarur. So'ndirish vaqti saqlagich konstruksiyasi va qabul qilingan yoy so‘ndirish usuliga bog‘liq. Bu jihatdan olganda yoyni ochiq, yopiq va kvars toddirish usullari bilan so‘ndirish mumkin. Ochiq saqlagichlarda yoy elektrodlar orasidagi masofa uzoqlashganda ro‘y beradi. Yopiq usulda — patronda katta bosim hosil bodganda yuz beradi. Kvars todatilgan yopiq usulda patron ichida mahalliy bosim vujudga kelib, yoy deionlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |