2 Халқаро илмий-амалий конференция материаллари. Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларни малакасини ошириш институти, 2020 йил, 424 бет


ILM-FAN VA TABIAT MARKAZLARIDA BOLALARGA EKOLOGIK TARBIYA BERISH



Download 9,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/352
Sana20.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#686165
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   352
Bog'liq
Профессионал

ILM-FAN VA TABIAT MARKAZLARIDA BOLALARGA EKOLOGIK TARBIYA BERISH
SHAKILLARI . 
TerDU o‘qituvchisi: Xolboyeva Gulnora Ulashovna . 
TerDU talabasi: Norqobilova Gulasal . 
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasasida kechayotgan pedogogik jarayonda bolalar faoliyatini 
tashkil etishning turli xil shakllaridan foydalanib kelinmoqda. Mashg‘ulot, ekskursiya bolalar kichik-kichik 
guruhlari bilan o‘tkaziladi. Yashab turgan joy, tabiatni kuzatish, yoki tabiat quchog‘ida mehnat qilishni 
kichik guruhlar bilan yoki yakka tartibda tashkil qilish samarali natija beradi. Jumladan, o‘rgatish jarayonida 
har xil usullardan foydalanish (ko‘rgazmali, amaliy, so‘zlashuv) maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘rgatish 
usullari. Tarbiyachi va bolalarning faoliyat ko‘rsatish usullari. Bunda bilish, o‘rganish, hamda atrofdagi 
o‘rab turgan olamga nisbatan bo‘lgan tarbiya shakllantiriladi.Ko‘rgazmali usullarni kuzatish, rasmlarni 
ko‘zdan kechirish, modellashtirish, kinofilm, diafilm, deapozitivlarni ko‘rsatish kabi tadbirlar kiradi. 
Ko‘rgazmali usullar maktab yoshidagi bolada tabiat to‘g‘risidagi aniq tasavvurni shakllantirishga yordam 
beradi.Amaliy usullar. Bu usul, asosan, o‘yindan va oddiy tajribalardan iborat. O‘yin davomida 
o‘tkaziladigan elementar tajribalar va ushbu usulni modellashtirish yordamida tarbiyachi tabiatda sodir 
bo‘ladigan hodisalar va alohida olingan predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda o‘zaro aloqani o‘rnatish 
yo‘li orqali bolalarda vujudga kelgan tasavvurni aniqlashtirishga yordam beradi. Bolalarni ekologik 
tarbiyalash jarayonida ishlatiladigan turli xil usullarni jamlagan holda, bir-biri bilan uyg‘unlashtirilgan holda 
olib borish kerak. Kerakli usullarni tanlab olish va ulardan jamlangan holda foydalanish, turli yoshdagi 
bolgsharni imkoniyatlari, rivojlanish darajasi ularni oldiga qo‘yilgan tarbiyalash va bilim berish bilan bog‘liq 
bo‘lgan vazifalarni bajarish xarakteri orqali aniqlanadi. Bola bilishi kerak bo‘lgan tabiat ob’ektlari va tabiat 
hodisalarining xilma-xilligi ham o‘z navbatida turli hil usullardan foydayaanishni ta’qoza etadi. Masalan, 
qurbaqa, itbaliq, dumli qurbaqani hayot kechirish tarzi uning xarakatlarini kuzatmasdan turib bilib 
bo‘lmaydi, xuddi shunday uyda o‘sadigan o‘simliklarni hayot kechirish tarzi, ularni parvarish qilish, ularga 
suv quyish, tagini yumshatish kabi xarakatlarni kuzatish orqali, qor va muz xossalari esa ular bilan turli xil 
tajriba va o‘yinlar o‘tkazish orqali kuzatiladi. Tabiatni, atrofdagi olamni bilishda katta e’tibor kuzatishga 
qaratiladi, chunki kuzatish ekologik tarbiyaning asosiy usuli hisoblanadi.Kuzatishdan maqsad - bu 
predmetlarning ichki va tashqi tuzilmalari, sifati va hossalari, o‘zgarish sabablari (o‘simlik va jonivorlar), 
mavsumiy o‘zgarishlarni aniqlash va o‘rganib borishdir.Oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun 
tarbiyachi bolalarni qabul qilish xususiyatini yanada faollashtirish maqsadida turli xil o‘yinlarni o‘ylab 
topadi va ulardan foydalanadi. Masalan, ma’lum bir predmetni o‘rganib chiqishni taklif qiladi, ob’ektlarni 
bir-biri bilan taqqoslaydi, ma’lum bir ob’ektlarning tabiat hodisalari bilan aloqasini aniqlab beradi. "Oltita 


352 
rasm" o‘yini. O‘yinning maqsadi: Bolalarning atrof-muhit, tabiat to‘g‘risidagi tasavvurlarini mustahkamlash, 
ularning diqqat-e’tiborini, kuzatuvchanligini rivojlantirish. Tabiat ob’ektlariga nisbatan yaxshi
munosabatda bo‘lish, organizmlarning o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatish.O‘yinning 
borishi. O‘yin qush, kapalak, gul, barg, qo‘ziqorin rasmlari tushirilgan 36 ta karton qog‘ozchalardan iborat. 
O‘yinni olib boruvchi barcha karton qog‘ozchalarni aralashtirib, ularni o‘yin ishtirokchilariga (4tadan 
bittagacha bola qatnashadi) teng qilib tarqatadi. Har bir o‘yin mazmuni bo‘yicha bir-biriga mos keladigan 6 
ta karton qog‘ozchani (6 ta qushli, 6 ta gulli) topishi kerak. O‘yinni boshlovchi karton qog‘ozchalarni 
ko‘zdan kechiradi va o‘ziga kerak bo‘lmaganini yonidagi qo‘shnisiga oshiradi. Agar karton qog‘ozchalar 
kerak bo‘lsa, uni o‘zida qoldiradi. Agar yana o‘ziga kerak bo‘lmagani chiqsa, u holda yana qo‘shnisiga 
uzatadi. Rasmlar tanlab olingach. o‘yinning xar bir qatnashchisi karton qog‘ozchalarning rasmli tomonini 
pastga qilib taxlaydi. Bir-biriga mos keluvchi karton qog‘ozchalar tanlab olingach, o‘yin tugaydi. O‘yin 
qatnashchilari rasmlarni oldi tarafiga o‘girib, to‘rtta-to‘rtta qilib taxlaydilar. Kimda eng ko‘p to‘g‘ri topilgan 
karton qog‘ozchalar bo‘lsa, o‘sha qatnashchi g‘olib deb topiladi.So‘zlashuv o‘yinlari. 
Bu o‘yinning mazmuni boladagi mavjud bilimlarning rang-barangligi va so‘zning o‘zi 
hisoblanadi.Bu o‘yinlar bolalardagi u yoki bu predmetlarning hossalari, belgilari to‘g‘risidagi bilimlarni 
mustahkamlash maqsadida o‘ynaladi. So‘zlashuv o‘yinlari bolaning diqqati, topqirligi, tezda hayolini bir 
joyga yig‘ib javob izlash, gapirayotgan so‘zlarni o‘zaro bog‘langan holda ifoda etishini rivojlantiradi. 
Bunday o‘yinlarga qo‘yidagilar kiradi: "Bu qanday daraxt?", "Bu qanday gul?", "Bu qanday qush?", "Kim 
uchadi, chopadi. sakraydi, suvda, havoda. erda?" va boshqalar."Bu qachon bo‘ladi?" o‘yini. O‘yinning 
maqsadi: Bolalar yil fasllari to‘g‘risidagi kichik hikoya, she’r, topishmoqlarni aytadi, boshqalar unga javob 
topadilar. So‘ngra tarbiyachi yil fasllarya nomini aytadi, bolalar esa aytilgan faslda nimalar bo‘lishi, odamlar 
nima qilishi, jonivorlar qanday qilib unga moslashishini (suv, er, daraxt) aytib beradilar. Tajribalardan o‘yin, 
mehnat yoki maxsus mashg’ulotlar jarayonida paydo bo‘lgan bilim vazifalarni hal qilish usuli sifatida 
foydalaniladi. Havoning xususiyatlari5-7 yoshli bolalar uchun . Havoning 
xususiyatlari Mavzu:Biz nafas olamiz.1. Sizningcha, nafas olayotgan havoni 
qanday ko'rishimiz mumkin?Kokteyl naychasini bir stakan suvga botirib, uni 
puflang. Stakanda nima paydo bo'ldi? Nima uchun? Kanaldan chiqadigan havo 
pufakchalarini torting.Xulosa :Biz havo bilan nafas olamiz, ammo 
ko'rinmaydi.Havoning xususiyatlari .Hamma joyda havo borSizningcha, 
barcha narsalarda havo bormi?1. Bir bo'lak non, bir parcha shakar, tuxumni 
idishga suv soling. Suv yuzasida nima paydo bo'ldi? Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik 
tarbiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki xuddi mana shu yoshda bolada ma’naviy madaniyatning
bir qismi hisoblangan shaxsiy ekologik madaniyatning poydevor asoslari
shakllanadi.Bolalarning ekologik tarbiyasi -maqsadsari yo‘naltirilgan pedogogik jarayondir.
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
1. YusupovaP.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya 
berish. T.: 0 ‘qituvchi, 1995. 
2. Sh.A.Sodiqova,M.A.Rasulxo‘jaeva bolalami tabiat bilan tanishtirish 
metodikasi.T.: Fan va texnologiya 2013.y. 
Elektron ta'lim resurslari 
1.www pedagog. uz 
3.www Ziyonet. uz 
4.www edu. Uz 


353 

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish