Yakuniy nazorat ishi
ODAM ANATOMIYASI, FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANIDAN
Yo’nalishi :Boshlang’ich ta’lim
Familya ismi:Mamatmusayev Adhamjon
2-Guruh
5-Variant
1-savol Tayanch xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.
Tayanch – harakat apparati tizimiga skelet va skelet muskullari kiradi. Skeletdagi suyaklar va boylam – bo`g`imlar passiv harakat organlari bo`ladi, muskullar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi.
Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bo`lib, bularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardan iborat. Skelet uchta asosiy funktsiyani: tayanch, harakat va himoya vazifalarini bajaradi.
Organizmdagi suyaklarni qoplab turgan skelet muskullari aktiv harakat organi bo`lib, muskullar qisqarganda bo`g`imlarda harakat vujudga keladi. Odamning harakati harakat nervlari orqali markazdan qoluvchi impulslarni muskullarga kelishi tufayli vujudga keladi, bu esa odamning hayoti va mehnat faoliyatini ta'minlaydi. Shunday qilib, harakatda muskullar va suyaklar ishtirok etadilar. Suyak sistemasi bundan tashqari nerv sistemasi va ichki organlarni turli ta'surotlardan himoya qiladi.
Yosh ulg`ayishi bilan suyakda kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar nisbatan o`zgaradi. Kichik bolalar suyagining tarkibida ko`proq kalsiy, katta maktab yoshidagi bolalarning suyagi tarkibida fosfor tuzlari ko`p bo`ladi. Bolaning 7 yoshida naysimon suyaklarning tuzilishi katta odamlarnikiga o`xshaydi. Lekin 10 – 12 yoshda suyakning g`ovak moddasi intensiv o`zgaradi. Bolaning yoshi qancha kichik bo`lsa, suyak ustidagi po`stlog`i zich qavatga yopishgan bo`ladi. Bolaning 7 yoshida suyak ustligi zich qavatdan ajralib turadi. 7 – 10 yoshgacha naysimon suyaklarning ilik qismini o’sishi sekinlashadi. 11 – 12 yoshlardan 18 yoshgacha naysimon suyaklar to’liq shakllanib bo`ladi.
2. savol Modda almashinuvi va ovqat hazm qilishning yosh xususiyatlari va gigiyenasi.
Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi.
Odamning xazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo‘lib, unga: og‘iz bo‘shlig‘i va undagi organlar halqum, qizil o‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, yirik bezlardan jigar, me’da osti bezi kiradi.
Ovqatning tarkibida oqsillar, yoglar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, so‘lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so‘lak yordamida qisman ximik parchalanadi, ovqat luqmasi so‘lak bilan aralashadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i
Tishlar yuqorigi va pastki jar suyaklariga mahkamlangan bo‘lib, har bir tish koronka, bo‘yni va ildiz qismlari bori. Katta odamlarda tishlar 32 ta bo‘lib, 16 tadan joylashgan, yarmisida 2 ta kurak, 1 qoziq, 2 kichik va 3 katta oziq tishlari bor. Uchinchi katta oziq tishlari aql tishlari deb yuritiladi.
Sulak bezlariga til osti, jag‘ osti, quloq osti bezlari kiradi. Sulak bezlaridan sulak tinimsiz ishlab chiqariladi. Sulak shartsiz, shartli reflekslar asosida ajraladi.
YUtish murakkab fiziologik protsess bo‘lib, nerv markazi uzunchoq, miyada joylashgan. Ovqat luqmasi chaynalib, sulak bilan aralashgandan so‘ng, silliqlanib til yordamida halkumga o‘tkaziladi. Ovqat yutilgandan so‘ng qizil o‘ngach orqali oshqozonga o‘tadi.
Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Avval 6 oylikdan sut tishlari chiqa boshlaydi. Ular 20 ta bo‘ladi: 2ta kurak, 1ta qoziq, 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o‘rin almashinadi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta ozik tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichik oziq tishi, 13-16 yoshida katta og‘iz tishi, 11-15 yoshida 2 chi oziq tishlar; 18-30 yoshida 3 - oziq tishlar chiqadi.
Gigienasi: Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so‘ng og‘izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas. Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200 sm3 ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm3 sulak ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |