2. Gidrаvlikа аsоslаri. Suyuqliklаrning аsоsiy fizik xоssаlаri


Turli jinsli sistemalarni ajratish usullari



Download 10,41 Mb.
bet34/72
Sana28.06.2022
Hajmi10,41 Mb.
#714688
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ 4-СЕМЕСТР (1)

Turli jinsli sistemalarni ajratish usullari
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasining bir qator bosqichlarida turli jinsli sistemalarni ajratish bilan bog’liq muhandislik masalalari ko’plab uchraydi. Masalan, xom-ashyolarni ishlab chiqarishga tayyorlash, vino va suslolarni tiniqlashtirish, (ya’ni ular tarkibidan erkin suzib yuruvchi zarrachalarni ajratib olish), o’simlik moyini tindirish va filtrlash, o’stirilgan tovar hamirturushni suyuqlik muhitidan ajratib olish, pivo tarkibidan achitqilarni ajratish, don mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida hosil bo’luvchi changli havoni tozalash, oqava suvlarni tindirish kabi bir qator operatsiyalar geterogen sistemalarni ajratish jarayonlariga misol bo’ladi.
Samarali ajratish usullarini tanlash paytida turli jinsli sistemalarni tashkil etuvchi fazalar holati, ularning o’lchamlari, zichliklari o’rtasidagi farq va muhitning qovushqoqligi e’tiborga olinadi.
Turli jinsli sistemalarni ajratish uchun qo’yidagi gidromexanik usullardan foydalaniladi:
- cho’ktirish; - filtrlash; - tsentrifugalash;
- suyuqlik yordamida ajratish.
Og’irlik kuchi, inertsiya kuchlari, jumladan markazdan qochma kuch va elektrostatik kuchlar ta’sirida suyuq va gaz sistemalari tarkibidan suyuqlik yoki qattiq jism zarrachalarini ajratib olish usuli cho’ktirish deb yuritiladi. Agar cho’ktirish og’irlik kuchi taьsirida amalga oshirilsa, bu jarayon tindirish deyiladi va undan birlamchi ajratish uslubi sifatida foydalaniladi.
Suyuq va gazsimon aralashmalarni g’ovak strukturali material (filtrlovchi material) yordamida ajratish filtrlash deb ataladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish paytida suyuqlik va gaz filtrlovchi material g’ovaklari orqali o’tadi, qattiq modda zarrachalari esa material yuzasida ushlanib qoladi. Filtrlash jarayoni asosan suspenziya va changlarni bosim ostida yoki markazdan qochma kuch taьsirida to’la tozalash uchun qo’llaniladi.
Suspenziya va emulьsiyalarni markazdan qochma kuchlar taьsirida, yaxlit yoki g’ovakli to’siqlar yordamida ajratilsa, bu jarayon tsentrifugalash deb ataladi. Ushbu jarayon paytida cho’kma (qattiq faza) va fugat (tiniq suyuqlik fazasi) hosil bo’ladi.

Download 10,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish