Suspenziya suyuqlik va qattiq modda zarrachalaridan iborat bo’ladi. Qattiq modda zarrachalarining o’lchamlariga (d) ko’ra suspenziyalar quyidagi shartli guruhlarga ajratilishi mumkin:
- dag’al suspenziyalar – d100 mkm;
- mayin suspenziyalar – d= 0,5÷100 mkm;
- loyqa suspenziyalar – d= 0,1÷0,5 mkm;
- kolloid eritmalar - d0,1 mkm;
Ikki xil suyuqlikni o’zaro aralashtirilishi tufayli emulьsiya
hosil bo’ladi. Bunda birinchi suyuqlikning ichida ikkinchi, unda erimaydigan suyuqlik tomchilari tarqalgan bo’ladi. Emulьsiyalar vaqt o’tishi bilan, og’irlik kuchi ta’sirida, qatlamlarga ajralib qolishi mumkin. Bunday holatning oldini olish va aralashma barqarorligini oshirish maqsadida ularga stabillovchi moddalar qo’shilishi yoki suyuqlik tomchilarining o’lchamlarini kichraytirish (d0,4÷0,5 mkm) maqsadida gomogenizatsiya qilinishi mumkin.
Suyuqlik qatlami orqali gaz aralashmalarini o’tkazish jarayonida ko’piklar hosil bo’ladi. Ko’piklar o’z tarkibida gaz pufakchalari tutgan suyuqlik sistemalari sifatida tavsiflanadi, ular o’z xossalariga ko’ra emulьsiyalarga yaqin turadi.
O’z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini (d=5÷100 mkm) tutgan gaz sistemalari changlar deyiladi. CHanglar qattiq moddalarni mexanik uslublarda maydalash va ularni havo yordamida uzatish paytida hosil bo’ladi.
Tutun tarkibida 0,3÷5 mkm o’lchamli qattiq modda zarrachalari bo’lib, odatda qattiq va suyuq yoqilg’ilarni yonishi paytida hosil bo’ladi.
Tuman tarkiban suyuqlik va gaz fazalaridan iborat bo’lib, suv bug’larini havo yordamida sovutish yoki bug’larni kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo’ladi. Tuman tarkibidagi suyuqlik zarrachalari o’lchami 0,3÷3 mkm atrofida bo’ladi.
CHang, tutun va tumanlar aerodispers sistemalar yoki aerozollar deb ham yuritiladi. Turli jinsli sistemalar dispers faza kontsentratsiyasi va uni tashkil etuvchi zarrachalarning o’lchamlari bilan tavsiflanadi. Turlicha o’lchamli zarrachalardan iborat bo’lgan dispers sistemalar polidispers sistemalar deyiladi. Bunday sistemalar fraktsiyaviy (dispersiyaviy) tarkibi bilan tavsiflanadi. Agar sistemadagi zarrachalarning o’lchamlari bir xil (yoki shunga yaqin) bo’lsa, bunday sistemalar monodispers sistemalar deb yuritiladi.
Ko’plab dispers fazalar barqaror bo’lmaydi, ularning tarkibiy zarrachalari kattalashish xususiyatiga ega bo’ladi. Tomchilar yoki gaz pufakchalarini yopishgan holatda o’zaro birikishi (kattalashuvi) koalestsentsiya deyiladi. Qattiq zarrachalarni bir-biriga zichlashuvi tufayli kattalashish jarayoni esa koagulyatsiya deb nomlanadi.
Emulsiya va ko’piklarning dispers fazalarini ma’lum bir kontsentratsiyalarida fazalar inversiyasi yuz beradi. Bu paytda tashqi faza ichki fazaga, ichki faza esa tashqi fazaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |