Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning to‘liq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Bu holatda ishtirokchilar ustav fondining 30 foizini kiritmoqchilar, aslida esa har bir ishtirokchi o`z hissasining 30 foizini kiritishi kerak.
14. Investitsiya faoliyati t-da qonun:
7-модда. Инвестиция фаолиятининг субъектлари
Қуйидагилар инвестиция фаолиятининг субъектлари (инвесторлар ва иштирокчилар) бўлишлари мумкин:
Ўзбекистон Республикасининг резидентлари — фуқаролари (жисмоний шахслари), юридик шахслари;
маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва давлат бошқарув органлари;
хорижий давлатлар, халқаро ташкилотлар ва чет эллик юридик шахслар ҳамда фуқаролар, шунингдек фуқаролиги бўлмаган шахслар ва Ўзбекистон Республикасининг чет элда доимий яшовчи фуқаролари;
ҳамкорликда инвестиция фаолиятини амалга ошираётган юридик ва жисмоний шахслар, шунингдек давлатлар ва халқаро ташкилотлар.
Инвесторлар қонун ҳужжатларига мувофиқ буюртмачи (маблағ киритувчи), кредитор, сотиб олувчи бўлишлари, шунингдек инвестиция фаолияти иштирокчиси вазифасини бажарувчи бўлишлари мумкин.
Инвестиция фаолиятининг иштирокчилари инвестор билан тузилган шартнома асосида инвесторнинг буюртмасини бажарувчи бўлишлари мумкин.
15. Nazorat qiluvchi organlar– tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralardir.
Soliq, moliya, prokuratura, ichki ishlar, bojxona, statistika organlari va davlat nazorat inspeksiyalari nazorat qiluvchi organlar sirasiga kiradi.
Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy zarar yetkazuvchi asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” PF–2114-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining yangilangan tarkibi va u haqdagi Nizom tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi – maxsus vakolatli organ hisoblanadi va u chiqargan qarorlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga doir qismi nazorat qiluvchi organlar uchun majburiy hisoblanadi.
Maxsus vakolatli organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishning, shu jumladan, kompleks tekshiruvlar hamda taftishlarning nazorat qiluvchi organlar bir-birining ishini takrorlashiga yo‘l qo‘ymaydigan muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish;
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejalariga rioya qilishini nazorat qilish hamda rejadan tashqari tekshiruvlar maxsus vakolatli organ bilan kelishmay o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik.