4.Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkmaniston hukumati oʻrtasida “Temir yoʻl transportida tranzit tashishni tartibga solish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida” bitim 2000-yil 21-sentyabr, Ashxobod (2000-yil 21-sentyabrdan kuchga kirdi)
Tomonlar muvofiqlashtirilgan tarifli siyosatini amalga oshiradilar. Farap-Chingeldi va Farap-Turkmanboshi stansiyalari oʻrtasidagi uchastkalar hududlari boʻylab Tomonlarning eksport-import yuklarini tranzit bilan tashishni, shuningdek ular uchun haq toʻlash Tomonlarning amaldagi normativ hujjatlari asosida tashish paytida amalga oshiriladi.
5.Chegaralarda yuklarni nazoratdan oʻtkazish shartlarini kelishish toʻgʻrisida xalqaro konvensiya
Ushbu Konvensiyada hech narsa jamoat tartibi, xususan, jamoat xavfsizligi, axloq va sogʻliqni saqlash yoki atrof-muhit, madaniy meros yoki sanoat, savdo va intellektual mulkni himoya qilish uchun import, eksport yoki tranzit taqiqlari yoki cheklovlarni joriy yetishga toʻsqinlik qilmaydi.
73. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar boʼyicha davlat mulkini boshqarish boʼyicha vakolatli organ kim va tovarni realizatsiya qilishdan tushgan pullar taqsimoti qay tartibda amalga oshiriladi ?
Huquqiy asos: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.09.2017 yildagi 742-son
Davlat mulkini boshqarish boʼyicha vakolatli organ — Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar boʼyicha, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʼmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʼmitasi yoki uning hududiy organlari — qimmatli qogʼozlar va qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar boʼyicha;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni bilan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligini tashkil etildi va unga binoan Davlat raqobat qoʼmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish markazi tugatildi.
Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish boʼyicha vakolatli organning byudjetdan tashqari maxsus hisob raqamida (yoki Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʼaznachiligining tegishli boʼlinmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanadi. Koʼrsatib oʼtilgan mablagʼlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |