2-chorak ona tili va adabiyot fanidan 9-sinf blok testlari.
1-blok 1-variant
1.Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’langan qo’shma gaplar qanday qo’shma gap hisoblanadi?
A.Bog’langan qo’shma gap B.Ergashgan qo’shma gap
C.Bog’lovchisiz qo’shma gap D.Murakkab qo’shma gap
2.Ko’p o’yla, oz so’zla. Ushbu gapda holning qaysi turi qo’llangan?
A.Miqdor B.Ravish C.Maqsad D.Sabab
3.Asli shahrisabzlik turkiy urug’lardan bo’lgan Xusrav Dehlaviy Nizomiydan keyin necha yildan so’ng “Xamsa” yaratdi?
A.100 B.150 C.200 D.250
4.Boysariboyning Boysum-Qo’ng’irot elide nechta yilqisi bor edi?
A.Sanoqsiz B.90 to’qay C.100 to’qay D.10000 to’qay
5.Ot bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchini toping.
A.Bir azobning bir rohati bor B.Oltin kuz mevalarni g’arq pishirdi .
C.Supada qator o’tiripmiz D.Shu payt uy eshigi ochildi
6.Ayiruv bog’lovchisi bilan bog’langan uyushiq to’ldiruvchini toping.
A.Goh oyim, goh buvim kelib turdi B.Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga, so’ng Turdiga qaradi.
C.Qizlar goh undan, goh bundan gaplashishdi. D.Dam yig’laydi, dam kuladi.
7.Bog’langan qo’shma gapni aniqlang.
A.Mashrab shuni yaxshi biladiki,shuning uchun o’rtog’ini aldamaydi. B.YO urug’ aynigan, yo agrotexnika buzilgan. C.Kim ichkilikdan madad istasa, go’r atrofida bo’ladi. D.Kun issiq edi, shuning uchun cho’milgani ketdi.
8.Zebo kuldi-da, cho’zilib tugunni oldi. Ushbu qo’shma gap qismlari nimalar yordamida bog’langan?
A.Faqat ohang yordamida B.Yuklama yordamida C.Zidlov bog’lovchisi yordamida
D.Ayiruv bog’lovchisi yordamida
9.Deb so’zi yordamida ergashgan qo’shma gaplar o’tgan zamon bilan ifodalansa,ko’proq qanday ma’no anglashiladi?
A.Sabab B.Maqsad C. Shart D.Buyruq
10.Lutf so’zining ma’nosini belgilang.
A.Iltifot B.Marhamat C.Oliyjanoblik D.Barcha javoblar tog’ri
11. Oybarchin huzuriga kim Alpomish tomonidan sovchilikka boradi?
12.Qo’shma gaplarni bog’lovchi vositalarni yozing.
13.Oybekning tarixiy dramasini nomini yozing.
14.Teng bog’lovchilar qanday qo’shma gapni hosil qiladi?
15. “Namuna” nomli boshlang’ich maktabda bilim olgan adib kim?
2-chorak ona tili va adabiyot fanidan 9-sinf blok testlari.
1-blok 2-variant
1.Qo’shma gapni bog’lovchi vazifasidagi vositalarni toping.
A.Bo’lsa,esa,deb,-sa B.-U,-yu,-da,-ki C.Nisbiy so’zlar,shuning uchun D.A,B,C javoblar to’g’ri
2.Ergashgan qo’shma gap tarkibidagi ko’makchi qurilmalar qaysi gap tarkibida keladi?
A.Bosh gap B.Bosh gap va ergash gap C.Kelmaydi D.Ergash gap
3.Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarda ergash gap tarkibida qanday olmoshlar ishtirok etadi?
A.So’roq B.Belgilash C.Ko’rsatish D.Kishilik
4.Ogahiy tog’asi Munisning qaysi asarini davom ettirgan?
A.’’Riyoz ud-davla’’ B.’’Firdavs ul-iqbol’’ C.’’Zubdat ul-tavorix’’ D.’’Kobusnoma’’
5.Ko’makchili qurilma yordamida bog’langan qo’shma gapni toping.
A.Istagim shuki, hammangiz ahil bo’ling B.Rustam supaga joy qildirib berdi-da, o’zi qayoqqadir ketdi
C.Kun issiq edi, shuning uchun cho’milgani ketdi. D.Biz ishonamizki, siz hech qachon yengilmaysiz
6.Furqatning etnografik xarakterdagi ilmiy asarlarini belgilang.
A.’’To’y tavsifi’’ B.’’Gap ta’rifida’’ C.’’Aza tavsifi’’ D.Barcha javoblar to’g’ri
7.Bosh gapga agar yuklamasi yordamida bog’langan ergash gap bosh gapning qanday ma’nosini ifodalaydi?
A.Payt B.Shart C.O’rin D.Maqsad
8.Qaysi javobda biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap bor?
A.Pul ko’p, qayg’u yo’q B.Bu kim, qayerda ko’rgan ekanman C.Bizda bir biriga do’st, qalin o’rtoq degan gap yo’qolib boryapti D. Ariqdan mayin ohang bilan suv oqar va g’ira-shira shamol esar edi
9.Bo’lsa,esa so’zlari,-u,-yu,-da yuklamalari yordamida bog’langan qo’shma gaplar nima deyiladi?
A.Bog’langan qo’shma gap B.Ergashgan qo’shma gap C.Bog’lovchisiz qo’shma gap D.Sodda gap
10.Kim Alpomishga ot bermaslikni tayinlaydi?
A.Cho’pon B.Podshoh C.Kelganboy D.Ko’chmanchi
11. 2-jahon urushi tugagach Oybek qaysi romanni yozdi?
12. Qo’shma gapning turlarini yozing.
13.Xalq dostonlari olimlar tomonidan nechta turga bo’lib o’rganilgan?
14. Iztirob so’zining ma’nosini yozing.
15.Qaysi adib 21-22 yoshida devon tartib qilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |