2-bosqich sirbu-20 inson resurslarini boshqarish sirtqi ta’lim yo’nalishi talabasi


Тurizm sohasida global raqobat va global marketing tushunchalari



Download 70,76 Kb.
bet5/6
Sana17.01.2022
Hajmi70,76 Kb.
#381190
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
turizmmm

Тurizm sohasida global raqobat va global marketing tushunchalari

Oxirgi paytlarda marketing yordamida yechiladigan masalalarning murakkablashuvi sharoitida uning baynalmilallashuvi bilan bog’liq bo’lgan global marketing haqida tobora ko’proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular tomondan bozor alohida segmentlar kabi emas, ko’proq ehtiyojlarning gomogenizatsiyasi jarayoni va iste’molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda ishtiyoqmandligiga ko’ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash joizki, global marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarni qondirishning standartlashgan va iste’molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon bo’lgan usuliga aylantirish g’oyasi yotadi.

Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o’z chegaralaridan tashqarida faoliyat ko’rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning liberallashuvi, investitsion to’siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo bo’lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini o’zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo’nalishlari va tendensiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo’yicha funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi.

Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu konsepsiya bilan bog’liq. Ba’zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o’yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin Global marketing konsepsiyasini tayyorlash va amalga oshirish jarayoni bir qator ketma-ket bosqichlarni o’z ichiga oladi. Global marketingni rejalashtirish va amalga oshirish jarayoni: Dastlabki bosqich–dastlabki ma’lumotlarni to’plash va muhim bo’lishi kutilayotgan xorijiy bozorlar orasidan eng ustuvorlarini tanlab olish uchun

taxminiy tahlilni amalga oshirish. Bozordagi imkoniyatlar, tavakkalchiliklar va ularga mos ravishda korxonalarning har bir ustuvor bozordagi salohiyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash.

3-4-bosqich – korxonaning bosh maqsadlaridan kelib chiqqan holda tashqi iqtisodiy faoliyatning umumiy maqsadlari, chet el bozorlariga oid maqsadlar, bozorlarni tanlash va segmentlashni aniqlash. Bozorga kirib borish strategiya variantlari va tashqi iqtisodiy aloqa shakllarini ishlab chiqish. 5-6-bosqich – muqobil strategiyalarni korxona salohiyatining maqsad va strategiyalarga mos kelishi va amalga oshirilishi bo’yicha baholash. Har bir ustuvor mamlakat bo’yicha marketing rejasini ishlab chiqish va korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati bo’yicha umuiy strategiyani optimallashtirish. 7-8-bosqich – marketing chora-tadbirlari tezkor rejalarini ishlab chiqish va qabul qilishdan so’ng ularni amalga oshirish, nazorat qilish. 9-bosqich – konsepsiyani aniqlash va unga o’zgartirish kiritish.

Jahon bozorida marketing tamoyillari va usullari asosida ish yuritishning hamma uchun bir xil formulasi mavjud emas. Bunday faoliyatning muayyan shakllari bir-biridan sezilarli farq qilishi mumkin. Marketing yondashuvida asosiysi maqsadli yo’nalganlik, marketing faoliyati va boshqa tudagi faoliyatlarning tarkibiy qismlarini belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun yagona yo’naltirilgan texnologiya jarayoniga birlashtirishdir. Global marketing faoliyatining tashkil etish asosiy konsepsiyalari kuyidagilar: Ishlab chiqarish konsepsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar taqsimoti tizimining samaradorligini oshirish hisobiga o’zmahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. Bunda ichki ishlab chiqarish imkoniyatlari hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Mazkur vazifani bajarish uchun ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini yaxshilash, xarajatlarni qisqartirish, mehnat mahsuldorligini oshirish kabi usullardan foydalanishi mumkin. Ishlab chiqarish konsepsiyasi ikki xil holatda qo’llanishi mumkin: «sotuvchi bozori» sharoitida, ya’ni tovarga talab taklifdan yuqori bo’lganda; ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi yuqori bo’lib, uni pasaytirish zarur bo’lganda.

Ishlab chiqarish konsepsiyasidan Genri Ford tijorat faoliyatini boshlagan paytda keng foydalangan. O’sha davrda Amerikaning avtomobil bozorida «sotuvchi bozori» hukmron edi: avtomashinalarni tanlab olish cheklangan bo’lib, ularning narxi juda yuqori edi. Ishlab chiqarishni takomillashtirib olgach, Forda mahsulot tannarxini pasaytirishga erishdi. Bu esa avtomashinalarning keng iste’molchiarga ommasiga yetib borishini osonlashtirdi. Тovar konsepsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifati uning eng yaxshi ekspluatatsiya tavsifnomalari bilan uyg’unlashgan holdagina o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishdan umid qiladi. Ishlab chiqaruvchi barcha hatti-harakatlarini tovarni takomillashtirishga qaratadi. Buning uchun foydalaniluvchi usullar xuddi ishlab chiqarish konsepsiyasida qo’llanuvchi usullarga o’xshab ketadi. Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda asosiy o’rinni IТТKI egallaydi.

Sotuv konsepsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi sotuv sohasiga ko’p kuch sarflagan holda o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishga harakat qiladi. Sotuvchi faoliyatining asosiy vazifasi deb zarur sotuv hajmiga erishishni belgilaydi. Chet ellik xaridorga sotuvni rag’batlantirishning turli usullari yordamida ta’sir ko’rsatar ekan, sotuvchi uni o’z tovarlarini sotib olishga undaydi. Ko’p hollarda sotuvchi xaridorning ehtiyojlarini qondirish ustida bosh qotirmasdan, o’z mahsulotlarini zo’rlab sotish siyosatini ham qo’llaydi. Sotuv konsepsiyasi ma’lum vaqt davomidagina potensial xaridorlar soni yetarli bo’lganda samarali bo’lishi mumkin. Marketing konsepsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlab, ularni o’z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan holdagina o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo’ljallaydi. O’z maqsadlarigsha erishish uchun ishlab chiqaruvchi birinchi o’ringa chet ellik xaridorlarning muayyan ehtiyojlarini qo’yadi.


Xulosa

Shuni xulosa qilish mumkinki, keyingi yillarda O‘zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish, shu jumladan, imkon qadar qulaylik yaratish, tarmoqning raqobatbardoshligini yanada oshirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va jahon bozorida milliy turistik mahsulotni faol tanitib borish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tizimli ishlar turistlar oqimini oshirish, infratuzilmani modernizatsiyalash, viza rejimini erkinlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishishga muvaffaq bo‘lindi. Masalan, eng liberal viza rejimlari reytingida O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Joriy yilning o‘tgan olti oyi mobaynida yurtimizga 3 million nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 2,3 million nafarni tashkil etgan bo‘lib, 31 foizga oshdi. Natijada turistik xizmatlar eksporti 28 foizga oshib, 590,5 million dollarni tashkil etdi.

Bunday tendensiya va miqdoriy natijalar ham turizm infratuzilmasi ob’ektlari rivojiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, xorijiy turistlar mamlakatimizda uzoqroq vaqtga qolayotganligi tufayli ularni joylashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘paydi, bu esa turizm infratuzilmasi ob’ektlaridagi bandlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Aholini turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida 364 yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etilib, ularning umumiy soni 472 taga yetgan.

Tadbirkorlar tomonidan turizm sohasiga 191,7 milliard so‘m investitsiyalar kiritilishi evaziga 1 ming 142 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Hozirgi kunda 23 ming xonaga ega jami 1 ming 46 ta sayyohlar va mehmonlarni qabul qiladigan joylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuning 107 tasi joriy yil birinchi yarmida barpo etildi. Aholini turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida 364 ta yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etilib, ularning umumiy soni 472 taga yetkazildi.

Erishilgan bunday ko‘rsatkichlarning zamirida turizm sohasining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan bir qator farmon va qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosining to‘liq ta’minlanayotganligini hamda yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonunining hayotga tatbiq etilayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Shu bilan birga, bu sohada ham qator muammolar ham mavjud. Buxoro shahridagi tarixiy obidalarni aylanish davomida turkiyalik sayyoh bilan suhbatlashdim. O‘zbekcha-turkcha aralash mamlakatimiz haqida, turistlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida to‘lib-toshib gapirib berdi. Shu bilan birga turizmni rivojlantirish bo‘yicha bir-ikki takliflar ham bildirdi. Antaliyada va shunga o‘xshash kurort shaharlarda turistlarga bir tur davomida kompleks dastur taklif etishadi va unga umumiy xarajat stavkasi belgilanadi. Masalan, transport, ovqatlanish, suv havzalari, tarixiy ob’ektlarga tashrif, gid xizmati va hokazo. Bu yerda har bir obidaga borganda biz alohida pul to‘ladik, u yerdagi qo‘shimcha xizmatlarga ham boshqa to‘lov amalga oshirilar ekan. Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlardagi tarixiy obidalar vakillari o‘zaro kelishib, mahalliy va xorijiy shaxslar uchun bitta to‘lov tizimini joriy etish mumkin. Masalan, bizda bu bir martalik maxsus kartochkalar ko‘rinishida tatbiq etilgan, – dedi sayyoh.

Aylanish davomida yana shunga guvoh bo‘ldimki, tarixiy obidalarda ishlayotgan gidlarning aksari faqat o‘zbek tilida so‘zlashuvchilardan iborat, bu ichki turizm uchun asqatar. Ammo xorijliklar uchun tarjimon o‘z yo‘liga, shu me’moriy obida tarixi, arxitekturasi va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumot bera oluvchi chet tilini biladigan gidlar kerak. Qo‘shimcha ravishda, har bir obida uchun audiogidlar tashkil qilish kerak. Mazkur audiogidlar dunyoning asosiy bir necha tillarida turistlar uchun obidalar haqida so‘zlab tursa, ko‘rinayotgan meros ortida yana qanday tarix borligini ko‘rsatib bergan bo‘lardi.

Shuni ham ta’kidlash joiz, aloqador vazirliklar va idoralar mamlakatimiz turizmi salohiyatini oshirishda yetarlicha faollik ko‘rsatmayapti. Misol uchun, Madaniyat vazirligi uzoq vaqt mobaynida O‘zbekiston muzey va teatrlarining turistlar uchun jalb etuvchanligini oshira olmaganligini, muzey faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy eta olmaganligini aytish mumkin.

 


Download 70,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish