“Barqaror rivojlanishni taʼminlashda lider ayollar rolini oshirish omillari” mavzusida SHHT mamlakatlari lider ayollarining forumi oʻtkazildi. Ushbu Forum Oʻzbekistondagi Shanhay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiya markazi hamda Tashqi ishlar vazirligining koʻmagida tashkil etildi.3
Bulardan tashqari 2021 sentabr oyida tashkilotning Tojikiston Respublikasida bo`lib o`tgan Dushanbe sammitida 2022-yilda tashkilotga raislik qilish maqomi O`zbekistonga o`tilishi haqida aytib o`tildi va shu xususida prezidentimiz SH,Mirziyoyev nutq so`zlab, bundan keyingi davrda tashilotga a`zo davlatlar o`rtasida gumanitar aloqalarni rivojlantirish borasida bir qator muhim takliflarni bildirib o`tdi. Jumladan, tshkilot doirasida qo`shma madaniy, fan-ta`lim, sport va boshqa tadbirlarni faollashtirish maqsadida “SHHT ezgu niyat elchisi” institutini tashkil etishni, mamlakatlarning turizm sohasidagi hamkorligi to`g`risida hukumatlararo bitimni tayyorlash taklifi bildirildi. O`zbekiston yetakchisi yana bir dolzarb mavzu - yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolash, covid dan keying reabilitatsiya sohalaridagi hamkorlik, vaksinatsiya to`g`risidagi sertifikatlarni o`zaro tan olish masalalariga to`xtaldi. Bundan tashqari qo`shni Afg`onistondagi siyosiy vaziyat haqida fikr bildirib, qo`shni va qardosh afg`on xalqiga SHHT doirasida gumanitar yordam ko`rsatish, davlatlar va muloqot bo`yicha sheriklarni jalb qilgan holda “SHHT-Afg`oniston” formatida yuqori darajadagi uchrashuvlarni muntazam o`tkazish taklifini bildirdi.4
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Globallashuv jarayonlari, xalqaro maydonda ro`y berayotgan turli xil muammoli jarayonlar, dunyoni har taraflama, ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham madaniy, ham ijtimoiy jihatdan larzaga solgan murakkab epedemiologik vaziyatlar shuni ko`rsatmoqdaki, bugungi kunda barcha masalalarning yechimi faqat qurol-yaroq, yoki o`zaro qonli to`nashuvlar emas, balki davlatlar, xalqlar o`rtasida gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish muammolarni ko`proq ijobiy tarafga hal qiladi. Bugungi kunda bir qancha davlatlarda ro`y berayotgan siyosiy o`zgarishlar oqibatida tinch xalq oldida juda katta gumanitar muammolar paydo bo`lmoqda, Masalan, 2019-dekabr oyida Xitoyda boshlanib, 2020-yilda dunyoning barcha hududlariga tarqalgan, butun dunyo aholisini sarosimaga tushirib qo`ygan COVID-19 virusi va kasallikni bartaraf etish choralarini ko`rish mobaynida xalqaro munosabatlarda gumanitar aloqalar qanchalik muhimligini yana bir bor ko`rsatib berdi. Qo`shni Afg`onistonda ro`y bergan 2021-yil avgust oyidagi hukumat o`zgarishi hozirda katta gumanitar inqirozga olib kelmoqda. Bunday katta gumanitar muammolarni hal qilish davlatlar, xalqaro tashkilotlar o`rtasidagi gumanitar hamkorliklarning yangi bosqichlariga o`tilishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |