2-bosqich f 2007-guruh talabasi Uzoqov Qahhorning Optika fanidan ” Yorug’lik bosimi va uning amaliyotda qo’llanilishi’’ mavzusida bajargan kurs ishi bajardi: Uzoqov Qahhor Qabul qildi: Eshchanov b toshkent 2022 mundarija


-rasm. P. N. Lebedevning yorug’lik bosimini o’lchash bo’yicha o’tkazgan tajribalarining sxemasi



Download 320,22 Kb.
bet4/6
Sana12.07.2022
Hajmi320,22 Kb.
#781618
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Uzoqov Qahhor Yorug\'lik bosimi

1-rasm. P. N. Lebedevning yorug’lik bosimini o’lchash bo’yicha o’tkazgan tajribalarining sxemasi.
Lebedev tajribasidagi asbob ingichka ipga bog’langan yengil osmadan iborat bo’lib, bu osmaning chekkalariga yupqa yengil qanotchalar ulangan; bu qanotchalarning biri qoraytirilgan, ikkinchisi esa yaltiroq holda qoldirilgan. Havosi so’rib olingan G idish ichiga joylashtirilgan R osma (1-rasm) juda sezgir burama tarozi tashkil qiladi.
B yoy lampaning yorug’ligi linzalar va ko’zgular sistemasi yordamida qanotchalarning biriga to’plab yuboriladi va R osmaning buralishiga sabab bo’ladi. Osmaning buralishi ipga biriktirilgan ko’zgucha va truba yordamida kuzatiladi (bular rasmda ko’rsatilmagan). va qo’sh ko’zguni siljitib B yoyning yorug’ligini qanotchaning betiga yoki orqasiga yuborish va shu bilan osmaning buralish yo’nalishini o’zgartirish mumkin.



2-rasm. P.N. Lebedev qurilmasidagi qanotchalarni biriktirishning turli sistemalari.
plastinka yorug’lik dastasining ma’lum qismini T termoelementga yuboradi, termoelement esa tushayotgan energiya kattaligini o’lchashga imkon beradi. Tajribalar turli shakldagi osmalar yordamida o’tkazilgan edi (2- rasm).
Lebedevning tajribasida asosiy qiyinchiliklar gazning kanvektsion oqimlari borligi va radiometrik ta’sirning mavjudligida edi. Bu xalaqitlar yorug’lik bosimidan bir necha yuz ming marta katta bo’lishi mumkin.
Konvektsion oqimlar qanotchalar biroz og’ib turganda osmani buradi. Bu ta’sir tushayotgan yorug’lik oqimining yo’nalishiga bo’liq bo’lmagani uchun Lebedev konvektsion oqimlarning ta’sirini o’rganish va bartaraf qilishda yoritish yo’nalishini o’zgartirish uchun qo’zg’aluvchan S1 va S4 ko’zgu yordamidan foydalangan.
Radiometrik ta’sirlar siyraklashgan gazda qanotchaning yoritilgan va yoritilmagan tomoni temperaturalari farqi natijasida paydo bo’ladi. Ballonda qolgan gazning malekulalari qanotchaning issiqroq tomonidan kattaroq tezlik bilan qaytadi, tepki natijasida qanotchalar yorug’lik oqimi ta’sirida burilgan tomonga burilishga intiladi. Agar temperaturalar farqini kamaytirish uchun juda yupqa metall qanotchalarni qo’llab, ballondagi gazning bosimi kamaytirilsa, radiometrik ta’sir kamayadi. Agar yorug’lik yaltiroq qanotchaga tushadigan bo’lsa, yorug’likning bosimi yorug’lik qoraytirilgan qanotchaga tushgandagiga qaraganda taxminan ikki marta ko’p bo’lishi kerak. Aksincha, qoraytirilgan qanotcha yoritilganda radiometrik ta’sir ko’proq bo’ladi, chunki qoraytirilgan qanotcha kuchliroq qiziydi. Lebedevning tajribasida yorug’likning yaltiroq qanotchaga qoraytirilgan qanotchaga qaraganda ikki barobar ko’p ta’sir qilishi haqiqatdan ham kuzatilgan bo’lib, radiometrik ta’sirning to’liq bartaraf qilinganligini isbot qiladi.
Lebedev o’lchashlari yorug’lik bosimining Maksvell hisoblab topgan qiymatiga (20⁰∕ₒ aniqlik bilan) to’gri keladigan natijalar berdi. Ko’p yillardan so’ng (1923 y.), Gerlax vakuum olishning mukamalroq usullaridan foydalanib Lebedevning tajribalarini takrorladi. Natijada tajriba o’tkazish yengillashibgina qolmay, balki natijalar nazariyaga yaxshiroq to’g’ri keladigan bo’lib chiqdi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Lebedev o’z tajriblarining natijalari (1909 y.) bilan yorug’likning gazlarga ko’rsatadigan bosimini topish va o’lchash kabi yana boshqa, juda ham qiyin masalani hal qildi.

Download 320,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish