2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


Ishlab chiqarilgan materiallariga qarab



Download 268,63 Kb.
bet48/87
Sana18.07.2022
Hajmi268,63 Kb.
#819791
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y. (1)

Ishlab chiqarilgan materiallariga qarab:


  • Qog’ozli (kartonli);

  • Plastik;

  • Metall.
  • Kartaga ma’lumotlar yozilishiga qarab:

  • Emitentlariga qarab:

  • Mijozlarga qarab:


    • Oddiy karta;

    • Kumush karta;

    • Oltin karta;

    • Elektron karta.

    Texnik belgilariga qarab kartochkalar 2 yirik turga bo’linadi:


    1. Magnit lentali kartochkalar. Hozirgi paytda kartochkada 4 ta magnit yo’l bo’lishi mumkin. Ularning birida kartochka nomeri, amal qilish muddati, ish kodi, shaxsiy kodni tekshiruvchi zona, bo’sh kodlar joylashadi. Chiziq o’zida egasining ismi va anologik ma’lumotni aks ettiradi. Frantsiyada 2 chiziq T2 va T3 chiziqlari ishlatiladi. Chunki bir yozilgan ma’lumot boshqa o’zgarmaydi. Shuning uchun har bir hisob-kitobda mijozning schetida mablag’ bo’lishini tekshirish uchun va u yoki bu summada to’lovni amalga oshirishga ruxsat olish uchun kartochkaniing identifikatsiyasini amalga oshiruvchi avtorizatsiya markazi bilan bog’lanish kerak. Eng asosiy kamchiliklardan biri, ma’lumotni yangilash imkoniyati yo’q va magnit chiziq tez ishdan chiqadi. Shuning uchun ham bank kartochkaning 1 yillik ishigagina kafolat beradi. Bu kamchiliklardan elektron kasheleklar ya’ni smart - kartalar xolidir.

    2. Mikrosxema o’rnatilgan kartochkalar, «smart kartalar». Ular 1974 yili

    frantsuz injeneri Rolan Monero tomonidan yaratilgan o’z o’rnida smart kartalar 2 turga bo’linadi:

    • xotirali kartalar ularda PZU mikrosxemalar o’rnatiladi hajmi 32 Bt dan 8 Kbtgacha.

    • asl smart kartalar tarkibida mikroprotsessor xotira ma’lumotning kirim-chiqim qurilmasi, shuningdek o’z operatsion tizimini o’zida mujassam etgan mikrosxema bilan ta’minlangan.

    Smart kartalar o’z ishonchliligi va ishlatish xarakteristikasi bilan oddiy magnit kartalardan ustun turadi.
    Smart kartalar of-layn rejimida ishlaydi Smart kartalarning ishlashi moliyaviy ta’minlangan mijozlarning xaridini nazorat qilishga yordam beradi. Kartochka egasi tomonidan kartochkaga ma’lum mablag’ yoziladi. Sotib olingan tovar uchun to’lov rider orqali amalga oshiriladi u kartada bor mablag’larni tekshiradi va kerakli summani oladi.
    Hozirgi vaqtda 200 dan ortiq davlatlarda plastik kartochkalardan to’lov hisob- kitoblarda foydalanilmoqda.
    Plastik kartochkalarning bunchalik ommaviyligining sababi nimada, uning afzaliklari nimadan iborat degan savollar tug’iladi. Uning afzalliklari albatta ommaviyligini ta’minlaydi. Ular quyidagilardan iborat.

      1. Xavfsizlikning pasayishi, ya’ni foydalanuvchi o’zi bilan juda ko’p miqdorda naqd pul olib yurmasligi, boshqa tomondan to’lovni tezda amalga oshirishi.

      2. Valyuta konvertatsiyasidan xavotir olmaslik, buni bankning o’zi amalga oshiradi.

      3. Byudjet rejasi va nazorati yanada oshadi.

      4. Plastik kartochka yo’qolsa, bankka xabar berib o’z hisob-kitob raqamini muzlatib qo’yish mumkin.

      5. Bankka qo’yilgan qo’yilmalarga bank foiz tulaydi.

      6. Kartochka egasi naqd pul egasidan ko’proq savdoni amalga oshirishi mumkin va hakazolar.

    Plastik kartochkalarining o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Mijozlar uchun kredit kartochkalarining salbiy tomoni shundaki, u xarajatlar bilan bog’liq bo’ladi. Ular quyidagilar:

    1. Plastik kartochka yaratgan afzalliklar uchun haq to’lanishi kerak bo’ladi.

    2. Kartochka hamma magazinlar savdo va xizmat ko’rsatish doirasida xizmat qilavermaydi.

    3. Kartochkadan faqat 18 yoshga to’lganlar foydalanishi mumkin.

    Kredit kartochkaga ega bo’lishi uchun avval bank mijozga bir qancha savollar majmuasidan iborat maxsus blanka to’ldirishini talab etadi.
    Unda mijoz haqida, uning moliyaviy ahvoli haqida savollar mavjud bo’ladi. Ana shu manbalarga asoslanib, bank moliyaviy ahvolga e’tibor berib, saldo belgilaydi. Agar mijozning moliyaviy ahvoli bankni qanoatlantirsa mijoz kredit kartochka egasiga aylanadi.
    Mana shu kabi jarayonlar O’zbekistonda ham rivoj topmoqda. Deyarli mavjud barcha banklarning hammasida plastik kartochka emissiyasi mavjud. Bu borada
    «O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki», «Tadbirkor bank», «Asaka bank» kabi banklar boshqa banklarga nisbatan bu kabi kredit kartochkalar emissiyasi, kartochka turlari ko’pligi bilan ajralib turadi.



    Download 268,63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   87




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish