2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


§. SWIFT xalqaro to’lovlar tizimi



Download 268,63 Kb.
bet46/87
Sana18.07.2022
Hajmi268,63 Kb.
#819791
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y. (1)

5§. SWIFT xalqaro to’lovlar tizimi




Hozirgi paytda foydalanilayotgan bank elektron tizimi bank xab a r l a r i va hisob-kitob tizimidan tarkib topgan. Ikkalasining ya’ni bank xabarlari va hisob-kitob tizimining farqi shundan iboratki, birinchisidan operativ jo’natmalar va hujjatlarni saqlash, ikkinchisidan esa a’zolari o’zaro talab va majburiyatlarini so’ndirish maqsadida foydalaniladi. Birinchi guruxga SWIFT va Bank Wire - banklarning xususiy kapital elektron set tizimi, ikkinchisiga esa Fed Wire – AQSh federal zahira tizimiga tegishli tizim; CHIPS – Hyu-york xalqaro hisob -kitob to’lov tizimi; CHAPS - London avtomatlashgan xisob - kitob to’lov tizimi palatasi misol bo’la oladi. Yaponiyada esa «ZENChEKIO» xalqaro naqd pulsiz o’tkazmalar banklararo tizimi faoliyat yuritadi. Bularning barchasi telekommunikatsiya bilan bog’liq tizimlar hisoblanadi.
Bank tizimida elektron hisob-kitoblarni tashkil etish xususida so’z borar ekan, telekommunikatsiya tizimlari xaqida to’ xtalmasdan mumkin emas. Biz quyida j axondagi maxsuslashtirilgan telekommunikatsiya tizimlaridan biri xaqida to’xtalib o’tamiz.
Zarur uskunalar va dasturiy majmualardan foydalangan holda maxsuslashtirilgan telekommunikatsiya tarmoqlarini yaratish mumkin. Maxsuslashtirilgan telekommunikatsiya tarmog’i deganda banklararo elektron axborotlar va to’lovlar, shuningdek, plastik kartochkalarga asoslangan naqd pulsiz hisob — kitoblar tizimi tushiniladi.
SWIFT (Society for World-Wide Interbank Financial Telecommunication) - jahon banklararo moliyaviy telekommuni-katsiya uyushmasi bo’lib, jahondagi moliyaviy telekommunikatsiya tarmoqlari ichida etakchi o’rinda turadi.
1950 yillarning oxirlarida xalqaro savdoning shiddat bilan rivojlanishi oqibatida bank operatsiyalari soni ortib, aloqaning an’anaviy shakllari (pochta, telegraf) banklar talabiga javob bermay qoldi. Banklararo to’lovlarning o’tishida har-xil muommolar va xatoliklar paydo bo’la boshladi.
Banklararo to’lovlarda operatsiyalarning ortishi bilan juda ko’p qog’ozlarning ishlatilishi ko’p noqulayliklarni keltirib chiqarar edi. Buning oqibatida axborotlarni qog’ozsiz tarzda uzatishga ehtiyoj sezila boshlandi.
1960 yilga kelib 60 ta Amerika va Evropa banklari xalqaro bank tizimlari ishini andozalashtirish maqsadida muhokamaga yig’ildi.
Bu yig’ilishda banklararo to’lovlarni o’tkazishda kompyuter texnikalaridan va telekommunikatsiya uskunalaridan foydalanish kelishib olindi. Ushbu uskunalar asosida tez va havfsiz axborot uzatish tizimini yaratishga kelishildi.
Bu loyiha quyidagilarga javob berishi lozim edi;

  • To’lov muomalalari qog’ozsiz tarzda va imkon darajada ratsional ishlashi;

  • Telekommunikatsiya uskunalaridan foydalangan holda banklararo axborotlarni almashishini tezlashishi;

  • Bank xatarlari minimallashuvi (masalan yo’qotishlar, to’lovlarning xato ketishi, qalbaki to’lovlar va hakozo);

1973 yil may oyida Belgiya qonunchiligi asosida 15 ta davlatning 239ta banki SWIFTni ta’sis etdilar. Keyingi 4 yil tashkiliy va texnikaviy masalalarni xal etishga qaratildi.
1977 yilga kelib SWIFTning ochilishi, ya’ni tarmoqning ishga tushirilishi bo’ldi. Shu yilning oxirigacha bank a’zolari soni 586taga etdi. Bir kunda trafik 50000 ta axborot uzatilishi ta’minlandi. .
Hozirgi vaqtda SWIFTdan 155 davlatning 4800ta banklari va bank bo’lmagan moliya tashkilotlari foydalanadilar. Bulardan 2700tasi banklar hisoblanadi. Bu bank va moliya tashkilotlari joylashgan hududlardan qatiy nazar 365 kun davomida kecha-kunduz bir-biri bilan aloqa o’rnatishi mumkin. Hozir SWIFT orqali bir kunda 5 million moliyaviy axborot uzatiladi.
SWIFT - bu egalari bank - a’zolari bo’lgan aktsionerlik jamiyat hisoblanadi. Yuqorida aytilgandek, bu jamiyat Bel’giyada ro’yxatga olingan. Shtab - kvartirasi Bryusseldan uncha uzoq bo’lmagan La-Ulp shahrida joylashgan. Ushbu aktsionerlik jamiyati Belgiya qonunchiligi asosida faoliyat yuritadi. Yuqori organi bank a’zolarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi.
Barcha qarorlar assambleyaning qatnashuvchilarining ko’pchilik ovozi orqali qabul qilinadi. Bunda bir aktsiya - bir ovoz hisoblanadi. Aktsiyalar axborotlarni uzatish soniga qarab taqsimlanadi. AQSh, Germaniya, Shveytsariya, Frantsiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda aktsiyalar soni birmuncha ko’p.
SWIFTga milliy qonunchiligida xalqaro bank muomalalarini amalga oshirishga ruxsati bor har bir davlatning banki a’zo bo’lishi mumkin.
O’zbekistonning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki SWIFTda birinchi tranzaktsiyalarini 1993 yilning sentyabr oyida amalga oshirdi. Hozirgi paytda O’zbekistonning eng yirik banklaridan Xalq banki ham ushbu tizimga a’zoga bo’ldi.
SWIFTga a’zo bo’lish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • ■Birinchi bosqichda jamiyat a’zoligiga kirish va bankning tarmoqqa qo’shilish uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshishi. Bu bosqichda a’zolik bo’yicha ariza taqdim etiladi, jamiyatning muomala xarajatlari uchun to’lovlarni o’tkazadi, bank manzilillari bo’yicha paket hujjatlarni jamiyatga jo’natadi. SWIFTning Direktorlar kengashi bu hujjatlarni ko’rib chiqadi va jamiyatga bankning qabul qilish yoki qabul qilmaslik bo’yicha o’z qarorlarini qabul qiladi. Ushbu qaror ijobiy bo’lsa, bank nomzod bir marotabalik to’lovni amalga oshirishi va bir dona aktsiyani sotib olish huquqini qo’lga kiritadi. SWIFTga a’zo bo’lish juda qimmat turadi. Bir marotabalik badal 400000 Belgiya frankini tashkil etadi. Bundan tashqari bank a’zo bir dona jamiyat aktsiyasini sotib olishi zarurligi xususida to’xtalib o’tgan edik. Ushbu jamiyatning aktsiyasining narxi 55000 Belgiya franki miqdorida turadi.

  • ■Ikkinchi bosqichda bankning tarmoqqa ulanishi bilan bog’liq masala hal etiladi. Bu barcha texnik masalalar, shuningdek, bank telekommunikatsiya uskunalarini harid qilish (bu uskunalarga taxminan 100000 AQSh dollari

atrofida mablag’ sarflash lozim bo’ladi) va ushbu tarmoqda ishlash uchun hodimlarni tayyorlash, ya’ni o’qitish ishlarini amalga oshish masalalari hisoblanadi.
Tarmoqqa qo’shilish vaqti yilning mart, iyun, sentyabr va dekabr oylarining birinchi dushanbasi hisoblanadi.
SWIFTning kamchiliklari va avfzalliklari mavjud.
SWIFT foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi;

  • Tarmoq axborotlarni uzatishda fizik, texnik va tashkiliy ucullar orqali to’liq xavfsizlikni ta’minlaydi;

  • Axborotlarni uzatishning ishonchliligi mavjud;

  • Aloqalar arzon narxda;

  • Jahonning istalgan nuqtasidan axborotlarni tez uzatish imkoniyati mavjud bo’lib, bu axborotlarni uzatish 20 minutni tashkil etadi. Axborotlarning zaruriyatiga karab bu muddat 1-5 minutni tashkil etishi mumkin.

  • Barcha to’lov hujjatlari bir andozada bo’ladi. Bu esa ma’lumotlarni ishlashda engilliklar tug’diradi.

  • SWIFT o’z foydalanuvchilari uchun moliyaviy himoyani kafolatlaydi. Agar SWIFTning aybi bilan kun davomida belgilangan joyga to’lov etib bormasa, shu to’lov bilan bog’liq barcha xarajatlarni tarmoq o’z zimmasiga oladi.

SWIFTning katta kamchiligi bo’lib, foydalanuvchilar nuqtai nazaridan qaraganda bu tizimga kirishning o’ta qimmatligidir. SWIFTga kirish uchun bank 160-200 ming AQSh dollari miqdorida xarajat qilishga to’g’ri keladi. Bu esa o’rta va kichik banklarga qiyinchilik va bir qancha muaommolarni tug’diradi. Bundan tashqari, ichki tashkiliy texnik tizimning murakkabligidir. (buzilishlar va boshqa texnik muammolarning kelib chiqishi mumkinligi)

Download 268,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish