Boshlang'ich ta'lim (1-4-sinflar)
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng xalq ta'linii sohasini tubdan isloh qilish masalasi ko'tarildi. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunni hayotga tatbiq qilish boshlanib, maxsus ta'lim tizimida ham yangi qoidalarning bajarilishi shart qilib qo'yildi.
Bular:
Ta'lim va tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratligi. Buning mohiyati shundaki, barcha maxsus ta'lim tizimiga kiruvchi muassasalarda berilayotgan korreksion ta'Iim-tarbiya o'quvchilarning moddiy va ma'naviy kamolotini, aql-zakovatini o'ziga xos, imkon qadar o'sishini (L.S.Vigotskiy ta'limotiga asosan), insoniy faoliyati normal insonlar orasida, hayotga moslashib barq urishini va nihoyat, o'zligini anglashini va o'z haq-huquqlari uchun kurashadigan vatanparvar, mehnatsevar, e'tiqodli bo'lib yetishishlarini maqsad qilib qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |