5-bob. Inspeksiya boshlig‘ining asosiy funksional majburiyatlari
17. Quyidagilar Inspeksiya boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining topshiriqlarini bajarish;
o‘zining o‘rinbosari vakolatlarini, Inspeksiyaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, o‘zining o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning Inspeksiya faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Inspeksiya faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Inspeksiyaning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi jarayonini nazorat qilishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy apparatning qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
Inspeksiya xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
Inspeksiyada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Inspeksiya kadrlar zaxirasini shakllantirish;
bo‘sh lavozimlarga tavsiya qilingan, shuningdek Inspeksiyaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va ma’naviy-ma’rifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini ta’minlash;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihalarini sifatli ishlab chiqish va Moliya vazirligiga o‘z vaqtida kiritishni tashkil qilish;
Inspeksiya xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida samarali bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
Inspeksiya tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini Inspeksiya majlislarida eshitish, yakunlar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Inspeksiya xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal etish;
Inspeksiya xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishlarini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularning yuzaga kelishiga yordam beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
Inspeksiya ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan Inspeksiyaning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar sirasiga kiradigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Inspeksiya jamg‘armasi mablag‘larining Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tushishi va ishlatilishini nazorat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shartnomalarni tuzish;
Inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, lavozim yo‘riqnomalari va Inspeksiyaning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish, Inspeksiya xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Inspeksiya xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, belgilangan tartibda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Inspeksiyaning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvallariga o‘zgartish kiritish yuzasidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida Moliya vazirligiga takliflar kiritish;
Inspeksiyaning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.
Inspeksiya boshlig‘i qonunchilikda nazarda tutilgan tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritishda, xususan:
a) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozi, iqtisodiy boshqaruvning bozor mexanizmlarini joriy etishda:
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, bozor islohotlari jarayonlarining tahlili asosida iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha tizimli monitoring va tahlilini amalga oshiradi;
iqtisodiyotning mavjud salohiyati hamda tashqi iqtisodiy sharoitlarni inobatga olgan holda iqtisodiy rivojlanishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasi va makroiqtisodiy ssenariylarini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
mavjud tashqi sharoitlarni, monetar va fiskal siyosatning joriy holatini baholash asosida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarga hamda makroiqtisodiy siyosat yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritib boradi;
makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda iqtisodiyotdagi nomutanosiblik (disproporsiya) larni aniqlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda muvofiqlashtirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshiradi;
Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflatsiya darajasini pasaytirish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshiradi;
makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning zamonaviy usullarini (modellarini) joriy etadi;
Markaziy bank, Moliya vazirligi bilan birgalikda (o‘zaro ma’lumot almashish orqali) muntazam ravishda choraklik makroiqtisodiy sharh tayyorlaydi va e’lon qiladi;
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va monitoring qilishni, respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
b) milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirishda:
hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida o‘rta va yaqin muddatlarga mo‘ljallangan tovarlarning asosiy guruhlari bo‘yicha tashqi savdo prognozini shakllantiradi;
eksport tarkibi va hajmining chuqur tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar ishlab chiqish, eksport mahsulotlari turlarini kengaytirish va hajmlarini oshirish rezervlarini aniqlaydi;
makroiqtisodiy parametrlar va to‘lov balansi bilan uyg‘unlashgan holda tashqi savdoni rivojlantirish prognoz parametrlarini, xususan tovar (ish, xizmat)lar importi ko‘rsatkichlarini va eksport prognozini ishlab chiqadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni va ularni rag‘batlantirish instrumentlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
import qilinayotgan mahsulot hajmi va turlarini tahlil qilish va uning asosida, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida bojxona to‘lovlari stavkalari bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;
v) inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kompleks tahlil qilish va ishlab chiqishda:
mehnat resurslari balansi, shuningdek, demografik ko‘rsatkichlarni, mehnat resurslari soni va tarkibida miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini, iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollarini chuqur tahlil qilish va prognoz qilish asosida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;
ta’lim tizimini takomillashtirish va mehnat bozorini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
rivojlanish konsepsiyalari, strategiya va dasturlarni, shuningdek, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tizimi muassasalari, fan, sog‘liqni saqlash, sport va madaniyat muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
mehnat va aholi bandligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va madaniyat sohalarida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimida amalga oshirilayotgan davlat siyosatidagi turli chora-tadbirlarning iqtisodiy rivojlanish parametrlariga va biznes yuritish sharoitlariga ta’sirini baholaydi;
iqtisodiyot tarmoqlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlab borish asosida har bir o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga (bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirib borishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
2) kambag‘allikni qisqartirish borasida:
iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini tahlil qilish asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqadi va uning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;
xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dastur va “yo‘l xarita”larini ishlab chiqadi;
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini o‘lchashning milliy mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan uslubiyotni ishlab chiqadi;
ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari, yashash minimumi va minimal iste’mol savatchasi hamda daromadlar taqsimlanishida nomutanosibliklarni aniqlashning me’yoriy asoslarini ishlab chiqadi;
kambag‘allik va daromadlarning tabaqalashuvini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlaydi va tahlil qiladi;
qabul qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning, davlat siyosatlarining kambag‘allik va daromadlarning tabaqalashuv darajasiga ta’sirini ekspertizadan o‘tkazadi;
makroiqtisodiy siyosatning aholining kambag‘al qatlamiga ta’sirini tahlil qiladi va tegishli choralar ishlab chiqadi;
milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;
milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining davlat maqsadli dasturlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlaydi;
ijtimoiy himoyaning manzilliligi va ta’sirchanligini monitoring qiladi, jahon tajribasini inobatga olgan holda ijtimoiy himoya qilishning innovatsion usullari va shakllarini amaliyotga joriy etadi;
mehnat bozori va ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
3) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi farqni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish orqali tarkibiy o‘zgarishlarning borishini belgilaydi;
hududlarda foydalanilmagan mehnat zaxiralarini va ishlab chiqarish salohiyatlarini aniqlaydi va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Bunda, tabiiy va iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish jarayonida loyihalarni, xususan ishlab chiqarish kuchlari, infratuzilma va turar joylarni hududga tabiiy, iqtisodiy, arxitektura-qurilish, shuningdek iste’mol bozori kabi omillarni inobatga olgan holda maqbul joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni samarali va sifatli amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammoli masalalarni aniqlash choralarini belgilaydi;
hududlarning investitsiyaviy infratuzilma muhitini yaxshilash, sanoat zonalarining jozibadorligini oshirish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi bitimlar va uzoq muddatli ijara shartnomalariga asosan sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan o‘zlari qabul qilgan majburiyatlarning bajarilishi bo‘yicha monitoring olib boradi;
xomashyo zaxirasi mavjud hamda aholi zich joylashgan, tadbirkorlik tashabbuskorligi darajasi baland, infratuzilma yaqin shahar va tumanlar atroflarida sanoat zonalarini tashkil etish choralarini ko‘radi;
4) mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirish yo‘lida iqtisodiyot tarmoqlari va kichik sanoat zonalarida xususiy sektorning ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish orqali mamlakatda kichik va o‘rta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritadi;
mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish va kichik sanoat zonalarining salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik va o‘rta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarini hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental to‘siq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida Vazirlik, Vazirlikning tuman va shahar bo‘limlari, Vazirlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqadi;
biznes muhitini yanada yaxshilash va qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish, shuningdek, tadbirkorlik sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi;
kichik va o‘rta biznes subyektlari toifasiga oid mezonlarni belgilovchi, shuningdek, ularning huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va muvofiqlashtiradi;
tadbirkorlikni boshlash uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalarini takomillashtirish, kambag‘al aholini ishga olgan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtiradi;
tadbirkorlarga biznesni tashkil etish va kengaytirishda yordam beruvchi sun’iy intellekt bilan bog‘langan bepul axborot-tahlil tizimini yaratish, hududlarda “biznes-inkubatorlar” va “startap-platformalar”ni yaratish va aholini tadbirkorlikka keng jalb etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish uchun innovatsion vositalarni amaliyotga keng joriy etadi;
yirik ishlab chiqaruvchilar hamda kichik biznes va o‘rta biznes subyektlari o‘rtasidagi (kooperatsiya) elektron tizimni takomillashtiradi;
mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘z veb-saytlarida biznes yuritishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha batafsil yoritilgan qo‘llanmalar yaratilishini ta’minlaydi va muvofiqlashtirib boradi;
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud imkoniyatlari va ixtisoslashuvini aniqlash asosida, shuningdek, hududlarning “drayver”iga aylangan soha va tarmoqlardagi muammo va masalalarni tahlil qilgan holda tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi va takomillashtirib boradi;
xalqaro moliya institutlari ekspertlari, mahalliy ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, mahalliy ishbilarmon doira vakillari, mutasaddi vazirlik va idoralarning salohiyatli mutaxassislarini jalb qilgan holda tadbirkorlikni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi va uni amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va uni samarali boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yadi;
5) sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish — yagona industrial siyosatni yuritish, jumladan:
a) sanoat korxonalarini samarali joylashtirish, hududlarning tabiiy va iqtisodiy resurslaridan oqilona foydalanish asosida respublika sanoatini rivojlantirish strategiyasi (modeli)ni ishlab chiqish sohasida:
erkin bozor munosabatlariga asoslangan sanoat siyosatini ishlab chiqadi va yuritadi. Bunda, sanoat raqobatbardoshligini oshirish, uning salohiyatli drayvyerlarini aniqlash, baholash hamda ularni harakatga keltirishni nazarda tutuvchi sanoatni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyalari (modellari) ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |