2-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari


-bob. Inspeksiyaning huquq va majburiyatlari



Download 26,78 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi26,78 Kb.
#306284
1   2   3   4   5
Bog'liq
Axmedov Jaxongir Istemol funk

3-bob. Inspeksiyaning huquq va majburiyatlari

9. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Moliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va ularning aylanmasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat standartlari, texnik reglamentlarini takomillashtirish, shuningdek ularni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligiga takliflar kiritish;

Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

davlat statistika organlaridan Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik ma’lumotlarni bepul asosda olish;

Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifodalash;

Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishga ilmiy tashkilotlarni, olim va mutaxassislarni, shu jumladan chet eldan shartnoma asosida jalb qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va mahsulot tamaki larini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha “tahlil tavakkal” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish;

tekshirilayotgan tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislaridan ularning faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar va tushuntirishlar olish;

alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat etuvchi maxsus guvohnomalar beradigan tuman (shahar) soliq inspeksiyalaridan ushbu savdo nuqtalarining ro‘yxati va joylashuvini so‘rab olish;



(9-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

zarur hollarda, tekshirilayotgan tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonunbuzilishlarni belgilangan muddatda bartaraf etish, shuningdek, normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlar sotilishini taqiqlash yoki ishlab chiqarishni to‘xtatib turish to‘g‘risida taqdimnoma berish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish tashkilotlarida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;

qonunchilikka asosan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki mazkur masalalarda sudlarga arizalar bilan murojaat qilish;

binolarga xizmat ko‘rsatish, asbob-uskunalar va xo‘jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikani saqlash va ulardan foydalanish ishlarini bajarish, Inspeksiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot va boshqa tovarlarni xarid qilish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish.

Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

10. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi, shuningdek, alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatini samarali amaliy amalga oshirilishi uchun javob beradi.


Download 26,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish