2-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari


-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari



Download 26,78 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi26,78 Kb.
#306284
1   2   3   4   5
Bog'liq
Axmedov Jaxongir Istemol funk

2-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari

7. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalar hisoblanadi:

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashtirish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;

alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun tashkilotlar o‘rtasida iste’mol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash;

texnik tartibga solish va qonunchilik sohasidagi hujjatlar talablariga qat’iy amal qilgan holda, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishini nazorat qilish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining saqlanish sifati va aylanmasini, shu jumladan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llanadigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan litsenziya talablariga amal qilinishini nazorat qilish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular aylanmasining haqiqiy hajmlarini monitoring qilish, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdo tashkilotlaridan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlash bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan alkogol mahsulotlari sifatini aniqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik qilish.

8. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:



a) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalashtirish sohasida:

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ushbu faoliyatni litsenziyalashtirish to‘g‘risidagi nizomlar talablaridan kelib chiqqan holda beradi va rasmiylashtiradi;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga7 ega bo‘lgan tashkilotlar reyestrini yuritadi;

b) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish sohasida:

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmlarini hisobga olish axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda Axborot tizimi deb ataladi) ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi va aylanmasini nazorat qilish uchun yaratadi, joriy etadi va muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Axborot tizimining alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash bo‘yicha mahsulotlarni markirovkalash axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlaydi;

axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining haqiqiy ishlab chiqarish hajmlari va aylanmasini monitoring qiladi;

litsenziat tomonidan axborot tizimiga o‘z vaqtida va haqqoniy axborotni kiritilishini nazorat qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Axborot tizimining iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanishi bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;



v) alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkilotlar o‘rtasida iste’mol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash sohasida:

alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkilotlar o‘rtasida iste’mol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda iste’mol etil spirtini ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi parametrlari bo‘yicha takliflar kiritadi;

g) texnik tartibga solish va qonunchilik sohasidagi normativ hujjatlar talablariga qat’iy amal qilgan holda, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:

tekshirishlar o‘tkazish orqali iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishini nazorat qiladi;

ishchi organlar faoliyatida ishtirok etadi, alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasidagi texnik va texnologik reglamentlar, standartlar, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi va kiritadi;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktika va tushuntirish ishlarini olib boradi;

ishlab chiqaruvchi korxonalarda etil spirtining har bir ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalarini ularning sifatini normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinovdan o‘tkazadi va sinov natijalari bo‘yicha iste’mol spirti mahsulotlarning muvofiqligi yoki ishlab chiqarish jarayoniga qayta ishlash uchun qaytarish to‘g‘risida xulosalar beradi;

d) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining saqlanish sifati va aylanmasini, shu jumladan, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llanadigan xom-ashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish sohasida:

nazorat qiluvchi organlar so‘roviga binoan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyatini tekshirish va monitoring tadbirlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini saqlash sifatini va ularning aylanmasini, shu jumladan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qiladi;

iste’molchilarning ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarining sifati bo‘yicha murojaatlarini tegishli choralar ko‘rish maqsadida o‘rganib chiqadi;

moliyaviy sanksiyalar qo‘llaydi, shuningdek, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlari ulgurji savdosi uchun litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi yoki bekor qiladi;

e) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan litsenziya talablariga amal qilinishini nazorat qilish sohasida:

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;



j) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylainmasining haqiqiy hajmlarini monitoring qilish sohasida:

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar hisobi va tahlilini amalga oshiradi;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish haqiqiy hajmlari va ular aylanmasi monitoringini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiradi;

z) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlash bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashadi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan tarmoq tashkilotlari tomonidan soliqlar, shu jumladan aksiz solig‘ining o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha litsenziya talablari bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan o‘zaro hamkorlik qiladi;

i) uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan alkogol mahsulotlari sifatini aniqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan o‘zaro hamkorlik sohasida:

ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan alkogol mahsulotlari sifatini aniqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda xalqaro standartlarni joriy qilishga ko‘maklashadi va takliflar kiritadi;

xalqaro tashkilotlar, shuningdek boshqa davlatlarning alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha organlari bilan Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda hamkorlikni amalga oshiradi;

alkogol va tamaki bozorini tartibga solish, normativ-huquqiy bazani, texnik va texnologik reglamentlarni va xalqaro standartlarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar yig‘ilishlarida, konferensiya va seminarlarda ishtirok etadi.

Inspeksiya qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.




Download 26,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish