Ishlatiladigan kapitaldan daromadni maksimallashtirish Ehtimol, ushbu maqsad daromadni maksimallashtirishning takomillashtirilgan varianti hisoblanadi, chunki foydani kompaniya hajmi bilan bog‘laydi. Shunga qaramay, daromadni maksimallashtirish bilan bog‘liq holatdagi kabi faoliyat tavakkalchiligi va uzoq muddatli barqarorligi hisobga olinmaydi. Faoliyatni saqlab qolish - Shubhasiz, ko‘pchilik kompaniyalar faoliyatni saqlab qolishni zarur, biroq yetarlicha bo‘lmagan maqsad sifatida qabul qiladi. Faqat faoliyatni saqlab qolishdan tashqari boshqa maqsadlari bo‘lmagan investorlar kompaniyaning aksiyadorlari bo‘lishlari mushkul. Iqtisodiy turg‘unlik va boshqa qiyinchiliklar davrida ko‘plab kompaniyalar faoliyatni saqlab qolishni o‘zining qisqa muddatli maqsadi sifatida qabul qiladi. Biroq uzoq muddatli istiqbolda ular muqarrar ravishda kattaroq maqsadni mo‘ljallaydilar.
Uzoq muddatli barqarorlik va o‘sish Ushbu maqsad faoliyatni saqlab qolishga o‘xshash va xuddi shunday uzoq muddatli yo‘nalish sifatida noreal va ulkan emas. Umuman olganda, o‘sish – maqsadning yetarlicha aniq tavsifi emas, chunki (biz bungacha ko‘rganimizdek) u faqat yangi mablag‘larni jalb qilish hisobiga ta’minlanishi mumkin. Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish
A
kompaniya
B
kompaniya
daromadlar
bog‘liq
mablag‘lar sarflanishi yuqoriroq tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lsa
aqlli investorlar B kompaniyani emas, balki A kompaniyani afzalroq deb biladilar
Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish biznesning odatdagi moliyaviy maqsadlarini har doim ham aniq aks ettirmaydi. Shunga qaramay, u moliyaviy qarorlar qabul qilishning asoslangan, ish uchun yaroqli negizini ifodalaydi. Aslida, kompaniyalar har doim o‘z aksiyadorlari boyligini kamaytiradigan qarorlar qabul qilolmaydi, chunki bu mazkur biznes qimmatining doimiy pasayishiga olib keladi. Har bir kompaniya faqat cheklangan boylik miqdoriga ega bo‘lib, shu tufayli ertami-kech uning kamayishi natijasida u biznesdan siqib chiqariladi. - Aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish biznesning odatdagi moliyaviy maqsadlarini har doim ham aniq aks ettirmaydi. Shunga qaramay, u moliyaviy qarorlar qabul qilishning asoslangan, ish uchun yaroqli negizini ifodalaydi. Aslida, kompaniyalar har doim o‘z aksiyadorlari boyligini kamaytiradigan qarorlar qabul qilolmaydi, chunki bu mazkur biznes qimmatining doimiy pasayishiga olib keladi. Har bir kompaniya faqat cheklangan boylik miqdoriga ega bo‘lib, shu tufayli ertami-kech uning kamayishi natijasida u biznesdan siqib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |