Alfred Veber g’oyasi 1909 yilda Tyunenning vatandoshi - Alfred Veber sanoat shtandorti to’g’risida ilmiy izlanishlar olib bordi. U o’zining diqqatini sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarga qaratdi. Veber omillarni ta’sir kuchiga qarab tabaqalashtirdi, asosiy hal qiluvchi omilni aniqladi. A.Veber sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil - transport va ishchi kuchi (mehnat resursi)ni oldi. Veber keyinroq kiritgan omil aglomeratsiya omilidir. Aynan ana shu omil, ya’ni sanoat korxonasini boshqa korxona, umumiy infratuzilma tarmoqlari negizida qurish katta iqisodiy samaradorlikka olib keladi va bunday joylashuv hududiy majmua ko’rinishini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |