Kristaller uchun ham hudud barcha sharoitlar bo’yicha bir xil bo’lishi, yani hudud tep-tekis, aholi, aholi manzilgohlari, yo’l va boshqalar bir xil joylashgan. Ana shunday ideal manzarani faraz qilgan holda u o’zining ilmiy g’oyasini yaratdi.Uning fikricha «markaziy o’rinlar», ierarxiya, shaharlar klassifikatsiyasi kabi tushunchalar aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy majmua shaklida joylashtirishga oid ilmiy fikrlar bilan bog’liq. Kristallerning markaziy o’rinlari ideal holatda Kristallerning markaziy o’rinlar g’oyasi Avgust Lyosh g’oyasi Avgust Lyosh o’zidan oldingi vatandoshlarining ilmiy ishlanmalarini umumlashtirib, barcha xo’jalik tarmoqlarini joylashtirish to’g’risida ish olib bordi. A.Lyosh g’oyalarining mohiyati uning «Xo’jalikni geografik joylashtirishga» degan maxsus kitobida yozilgan. A.Lyosh qishloq xo’jaligini areal, maydon sifatida, sanoatni esa nuqtasimon hududiy tashkil etish xususiyatlarini asoslab berdi. U birinchi bo’lib bozor muhiti ichki makoni, iqtisodiy landshaft tushunchalarini yaratdi va fanga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |