2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
Bog'liq
Etiket

 
DASTURXON TUZASH 
Norasmiy tushlikdagi dasturxonni tuzash 
 
Dasturxon 
Oppoq dasturxon barcha tanatanli marosimlar va kechalar uchun 
mo‘ljallangan, uning xususiyati shundaki, har qanday rangdagi idishlar va gullar 
chiroyli ko‘rinish kasb etadi. Atirgullar, billur bokallar, kumush shamdonlar va 
qadimgi forfor, yaxshi saqlangan vino quvonchli damlar uchun kerakli bo‘lgan 
muhitni yaratib bera oladi. Bahor kayfiyatini paydo qilishda oq kashta bilan 
tikilgan och-yashil yoki havo rang, pushti tusdagi nafis rangli dasturxonlar qo‘l 
keladi. Landish, lola, narsiss, giatsinta, krokuslar va boshqa bahor gullari unga 
yanada chiroy beradi. Quyoshga o‘xshash jazirama va issiq yozda oq yoki sariq 
rangdagi kashtali sariq tusdagi nafis dasturxonlar to‘g‘ri keladi. Stolni o‘z 
bog‘ingizdagi gullar, savatchadagi mevalar, bug‘doy tolalari – bu yilning ramzi 
sifatida bezash mumkin. Kuz fAslida,n ma’yuslik va osoyishtalik nafasi ufurib 
turadi, yilning bu fAslida, ehtimol oq yoki havo rangdagi dasturxonlar to‘g‘ri 
keladi, uni mevali taomlar hamda kuzgi barglardan yasalgan guldastalar bilan 
bezatish mumkin. Gullarni stolning o‘rtasida turishi shart emas, ular tegishli 
guldonlarda eng qulay joylarga qo‘yiladi. Gullar ovqatni va qarama-qarshi o‘tirgan 
odamlarni to‘smasligi lozim. Bugungi kunda dasturxon bezashning maxsus 
qoidalari yo‘q. Bu yerda uy bekasining didi muhim rol o‘ynaydi. Dasturxonning 
oqilona, maqsadga muvofiq qilib bezatilishi yaxshi hisoblanadi, lekin bu bilan 
qimmatbaho idish-tovoqlarni, nafis shishadan bo‘lgan va billur qadahlarni hamda 
kumush qoshiq sanchqi va pichoqlarni ko‘z-ko‘z qilish, qisqasi, maqtanish 
odobsizlik hisoblanadi.
 
Norasmiy tantanali tushlik 
Jihozlar qanday bo‘lmasin, ular batartib yozilgan oppoq dasturxon chetidan 
bir qarichda joylashadiki, unda mehmonlarning joyi o‘rtasidagi masofa baravar 
bo‘lishi lozim. Salfetka kichik kosaga qo‘yiladi; agar darhol gazak qo‘yilgan 
bo‘lsa, unda salfetka sanchqidan chaproqqa sanchqini yopib yubormagan holda 
qo‘yiladi. Shunday kosalarning chekkalari ham jihozlarni yopib qo‘ymasligi lozim. 
Stol bezatishda qolgan narsalar, stolning hajmi, taklif qilingan mehmonlarning 
soniga ham bog‘liq. Masalan, katta bo‘lmagan doira shaklidagi stolga agar go‘sht 
va sabzavotli taomlar tortilishi taqozo etilsa, unda stol bezaklaridan voz kechishga 
to‘g‘ri keladi. Taomlardan tashqari bunda stolga faqat shamdon qo‘yish mumkin. 
Shamlar chiroqlarni o‘chirib yoqiladi, o‘tirganlarning ko‘zlaridan baland 
bo‘lmasligi lozim (shamdonlar istalgan xona uchun ziynat vazifasini o‘taydi, kerak 
bo‘lsa, ularni yoqish ham mumkin.) Odatda tushlik uchun zarur bo‘lgan barcha 
jihozlar qo‘yilib, ular bilan birga disert jihozlarini ham qo‘yish mumkin. Birinchi 
holatda disert sanchqilar va qoshiqlar yoki faqat qoshiqning o‘zi kosadan oldin 


135 
qo‘yiladi. Norasmiy tushlikda to‘rtta taomdan ortiq taom bo‘lishi kamdan-kam 
uchragani uchun, odatda, ikkitadan pichoq – bittasi gazak uchun (agar oldindan 
rejlashtirilgan bo‘lsa), boshqasi esa – go‘sht uchun beriladi. Pishloqli salat uchun 
esa maxsus pichoq zarur. Jihozlarni kosaning o‘ng va chap tarafidan ketma-
ketlikda chekkadan markazga qarab shunday joylashtirib chiqiladiki, birinchi taom 
uchun kerakli bo‘lgan pichoq va sanchqilar kosadan uzoqroq joylashtiriladi. 
Odatda, ikkita sanchqi – bittasi go‘shtga, ikkinchisi salat uchun mo‘ljallab 
qo‘yiladi, ammo uchtadan ortiq bo‘lmasligi lozim. Salat uchun mo‘ljallangan 
sanchqi kosaga yaqinroq qo‘yiladi; agar salat gazak sifatida tortilsa, tabiiyki
sanchqi ham birinchi qo‘yiladi. Norasmiy tushliklarda muz bilan sovuq kofe yoki 
choy beriladi. Uy egasining xohishiga ko‘ra choy yoki kofe tushlikning oxirida 
chashkachalarda tortiladi. Muz bilan qoshiqcha pichoqdan o‘ngga qo‘yiladi. Sovuq 
kofega qaymoq bilan qand tortiladi. Yaxshisi, choyga avvaldan shakar va limon 
qo‘shib, uni muz solingan stakanlarga to‘g‘ri idishdan quygan ma’qul. Sho‘rva va 
meva qoshiqlari stolga pichoqlarning o‘ng tomonidan qo‘yiladi. Agar issiq kofe 
yoki choy tashkillashtirilsa, unda kofe yoki choy qoshiqlar chashkani kosasiga
o‘ng tarafidan ushlagichini o‘ngga burib uzatiladi. Stolga yana sariyog‘ uchun 
kosalar hamda pichoqlar ham qo‘yiladi, bunda pichoqni turlicha qo‘yish mumkin: 
ko‘ndalang holda kosaning tepa qismiga, xo‘randaga tig‘i bilan qaratilgan holda 
qo‘yiladi, kosaning tepa qismiga uchini markazga qaratgan holda joylanadi, 
ba’zida esa qolgan pichoqlarga parallel, tig‘i chapga qaratib qo‘yiladi. 
Norasmiy stolga qo‘yiladigan tuzdon va murchdonlar turlicha bo‘ladi – 
yog‘ochdan, shishadan qilingan uksus, garmdori, murch va boshqa ziravorlar 
uchun mo‘ljallangan idishlardir. Agar stol juda katta bo‘lsa, tuz va garmdori har bir 
emas, oralab qo‘yiladi. Buning uchun unchalik katta hajmga ega bo‘lmagan shisha, 
billur, keramika va farfordan foydalaniladi. Tushlikdan oldin ularni qayta to‘ldirib, 
qoshiqlarni qo‘yib qo‘yish kerak. Albatta, agar ular shaxsiy bo‘lmasa. Shuni yodda 
tutish lozimki, kumush qopqoqli tuzdonni har foydalanganda qopqog‘ini tozalash 
lozim. Aks holda, tuzdonning teshiklari to‘lib qoladi va mehmon kosasidagi tuz u 
istagandan ko‘ra ko‘payib ketishi yoki umuman tuz bo‘lmasligi mumkin. 
Mehmonlar orasida chekadiganlar bo‘lsa, unda norasmiy tushlikda ular stol oldida 
chekishlari mumkin. Har bir jihozga qo‘shib bittadan kuldon qo‘ysa ham, yoki 
katta bitta kuldon qo‘ysa ham bo‘ladi. Garchi kuldon bilan gugurt qo‘yilgan bo‘lsa 
ham, uy bekasiga, odatda, stolda chekishni taklif qilishmaydi. Chekuvchilar o‘zlari 
istagan sigaret markasini tanlab olishadi degan holat nazarda tutiladi. Chekishni 
taklif qilmas ekan, uy bekasi stol atrofida chekishdan o‘zini tiyishni afzal 
ekanligiga shama qiladi. Hozirgi kunga kelib chekmaydigan soni kamayib 
bormoqda, shu bois ular atrofdagilarga e’tibor berishlar lozim.

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish