135
qo‘yiladi. Norasmiy tushlikda to‘rtta taomdan ortiq taom bo‘lishi kamdan-kam
uchragani uchun, odatda, ikkitadan pichoq – bittasi gazak uchun (agar oldindan
rejlashtirilgan bo‘lsa), boshqasi esa – go‘sht uchun beriladi. Pishloqli salat uchun
esa maxsus pichoq zarur. Jihozlarni kosaning o‘ng va chap tarafidan ketma-
ketlikda chekkadan markazga qarab shunday joylashtirib chiqiladiki, birinchi taom
uchun kerakli bo‘lgan pichoq va sanchqilar kosadan uzoqroq joylashtiriladi.
Odatda, ikkita sanchqi – bittasi go‘shtga, ikkinchisi salat uchun mo‘ljallab
qo‘yiladi, ammo uchtadan ortiq bo‘lmasligi lozim. Salat uchun mo‘ljallangan
sanchqi kosaga yaqinroq qo‘yiladi; agar salat gazak sifatida tortilsa,
tabiiyki,
sanchqi ham birinchi qo‘yiladi. Norasmiy tushliklarda muz bilan sovuq kofe yoki
choy beriladi. Uy egasining xohishiga ko‘ra choy yoki kofe tushlikning oxirida
chashkachalarda tortiladi. Muz bilan qoshiqcha pichoqdan o‘ngga qo‘yiladi. Sovuq
kofega qaymoq bilan qand tortiladi. Yaxshisi, choyga avvaldan shakar va limon
qo‘shib, uni muz solingan stakanlarga to‘g‘ri idishdan quygan ma’qul. Sho‘rva va
meva qoshiqlari stolga pichoqlarning o‘ng tomonidan qo‘yiladi. Agar issiq kofe
yoki choy tashkillashtirilsa, unda kofe yoki choy
qoshiqlar chashkani kosasiga,
o‘ng tarafidan ushlagichini o‘ngga burib uzatiladi. Stolga yana sariyog‘ uchun
kosalar hamda pichoqlar ham qo‘yiladi, bunda pichoqni turlicha qo‘yish mumkin:
ko‘ndalang holda kosaning tepa qismiga, xo‘randaga tig‘i bilan qaratilgan holda
qo‘yiladi, kosaning tepa qismiga uchini markazga qaratgan holda joylanadi,
ba’zida esa qolgan pichoqlarga parallel, tig‘i chapga qaratib qo‘yiladi.
Norasmiy stolga qo‘yiladigan tuzdon va murchdonlar turlicha bo‘ladi –
yog‘ochdan, shishadan qilingan uksus, garmdori,
murch va boshqa ziravorlar
uchun mo‘ljallangan idishlardir. Agar stol juda katta bo‘lsa, tuz va garmdori har bir
emas, oralab qo‘yiladi. Buning uchun unchalik katta hajmga ega bo‘lmagan shisha,
billur, keramika va farfordan foydalaniladi. Tushlikdan oldin ularni qayta to‘ldirib,
qoshiqlarni qo‘yib qo‘yish kerak. Albatta, agar ular shaxsiy bo‘lmasa. Shuni yodda
tutish lozimki, kumush qopqoqli tuzdonni har foydalanganda qopqog‘ini tozalash
lozim. Aks holda, tuzdonning teshiklari to‘lib qoladi va mehmon kosasidagi tuz u
istagandan ko‘ra ko‘payib ketishi yoki umuman tuz bo‘lmasligi mumkin.
Mehmonlar orasida chekadiganlar bo‘lsa, unda norasmiy tushlikda ular stol oldida
chekishlari mumkin. Har bir jihozga qo‘shib bittadan kuldon qo‘ysa ham, yoki
katta bitta kuldon qo‘ysa ham bo‘ladi. Garchi kuldon bilan gugurt qo‘yilgan bo‘lsa
ham, uy bekasiga, odatda, stolda chekishni taklif qilishmaydi. Chekuvchilar o‘zlari
istagan sigaret markasini tanlab olishadi degan holat nazarda tutiladi. Chekishni
taklif qilmas ekan, uy bekasi stol atrofida chekishdan o‘zini tiyishni afzal
ekanligiga shama qiladi. Hozirgi kunga kelib
chekmaydigan soni kamayib
bormoqda, shu bois ular atrofdagilarga e’tibor berishlar lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: