Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism
2.1.Strategiya tushunchasi va uning mazmun-mohiyati
2.2. 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy yo’nalishlari tahlili
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Ma’lumki,Respeblikamiz bosqichma-bosqich rivojlanib kelmoqda. Bu jarayon har bir yo’nalishda o’z ifodasini topmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi respublikada rivojlanish va yangilanishning muhim tomonlarini ko’rsatib berdi. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi. Yuqorida keltirib o’tilgan har bir yo’nalishda o’ziga xos yangiliklarni olib kirish,mavjud muammolarni hal etish masalasi yuqori o’rinda turibdi. So’nggi yillarda mamlakatimiz rivojlanish chora tadbirlarini amalga oshirish jarayonida bu kabi yo’nalishni tanlashi dunyo hamjamiyatida ham keng muhokamalarga sabab bo’ldi,hamda ko’plab mamlakatlar tomonidan ijoboy qabul qilindi. Zero,davlat boshqaruvi,sud-huquq tizimi,iqtisodiyot,aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash,dunyo mamlakatlari va boshqa din vakillari bilan o’zaro hurmatda bo’lish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oluvchi ushbu strategiyada milliy an’ana va qarashlarimiz,mentalitetimizga mos keluvchi qarashlar o’z ifodasini topgan.
Istiqbol maqsadlarni qoʻygan davlatlarning aksariyati milliy strategik muvaffaqiyatlarni YAIMning oʻsishida, fuqarolarining farovonlik darajasining yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin oʻtmishda davlatning birlamchi vazifalari hosildorlikni oshirish, oltin-neftni koʻpaytirish, armiyani mustahkamlash bilan izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun Oʻzbekistonda milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarning gʻoyaviy eʼtiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror ijtimoiy institutlarning mavjudligini taʼminlash asnosida amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |