2-amaliy topshiriq



Download 75,71 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi75,71 Kb.
#263833
  1   2
Bog'liq
2-amaliy


2-amaliy topshiriq.

1.Sh.Sa’dulla o’z she’rlarida hayvonlar, qushlar, hasharotlar hamda boshqa narsa-hodisalarning shе'riy tavsifini ixchamgina, ba'zan oddiygina, ba'zan yumoristik tarzda ifodalaydi. Uning har bir satri yoki bandining mazmuni asosida aniq narsa yoki voqеani aks ettiruvchi jozibali rasm chizish mumkin.

Uning hayvonlar, qushlar, hasharotlar va bolalar o`yinchoqlari to`g`risidagi qator asarlari ma'rifiy-badiiy qimmatga ega. Mana shunga o’xshash she’rlaridan quyidagilar:

AYIQ


O‘rmonda bo ‘lganmisiz?

Ayiqni ko ‘rganmisiz?

Ustida po ‘ stini bor ,

Pisand emas unga qor .

Men uning naslidanman,

Ayiqning aslidanman.

Otamdan qoldi po ‘ stin,

O‘ sha po ‘ stin menga to ‘n.

Farqim shu: men qo ‘ g‘irchoq,

Bolalarga o ‘yinchoq!

BUZOQ

Men buzoqman, buzoqman,



Shoxim chiqqan — suzoqman.

Lekin yumdalab tor tmang,

U yon-bu yonga otmang.

Iflos yerga yo ‘latmang,

O‘yinchoqman, qulatmang.

Buksangiz qayrilaman,

Oyoqdan ayrilaman.

Sigir bolmayman unda,

Qaymoq bermayman kunda.

Mayli, o ’ynang erta-kech,

Lekin ozor bermang hech!

TOYCHOQ


Toychog‘im bor — uchqur ot,

Quralay ko ‘z —tulpor zot.

Egar-jabduq uraman,

Minib, olg‘ a suraman.

O‘zi yog‘ och, yoli qil,

Ovunchog‘im, olg‘ a yel!

ULOQCHAM

Kichkina qor a — uloq,

O‘ynar oshib umbaloq,

Men bilan inoq, o ‘r toq.

Ko ‘kat bersam yamlaydi,

Orqamdan hech qolmaydi.

Kappalaydi o ‘t bersam,

O‘ynaydi quloch kersam,

Suzadi musht o ‘ qtalsam.

Boshchasida shoxi bor ,

Dumchasida oqi bor .

MITTI


Mitti degan mushugim,

O‘taketgan olg‘ir , shum.

Mitti p oylab tur adi.

Sichqonvoyni ko ‘r adi.

Sichqon mushukni ko ‘rib,

Qochar teshikka urib.

Sichqon qochib qutular ,

Mushuk esa tutilar.

Ushbu she’rlari bolalar o’yinchoqlariga atalib yozilgan bo’lib, unda o’yinchoq hayvonlar tilidan yozilgan. Shoir o’z she’rlarida o’yinchoq hayvonlarning so’zi orqali jonli hayvonlarni asrash, ularga mehribon bo’lish kabi hislatlarni bolalarga soddalik bilan o’rgatadi.

“Buzoq” she’ri bilan kichkintoylarga buzoqning tashqi ko`rinishiga oid oddiygina ma'lumotlar bеradi. Ular tasavvurini aniq tushunchalar hisobiga to`ldiradi va boyitadi:

Buksangiz qayrilaman,

Oyoqdan ayrilaman.

Sigir bolmayman unda,

Qaymoq bermayman kunda.

Mayli, o ’ynang erta-kech,

Lekin ozor bermang hech.

Buzoq o`zini shunday tanitadi va kichkintoy bolajonlarni mehrli bo’lishga unday.

2. Qudrat Hikmat qisqa umr kechirdi, ammo ijodi sermazmun bo‘ldi. U 20 dan ortiq kitoblari bilan bolalar adabiyotining oltin fondidan o‘ziga xos o‘rin egalladi.



Qudrat Hikmat maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko‘plab she’rlar yozgan. „Bog‘chadagi bog‘cham“, „Oftob“, „Gunafsha“, „Oyga poyga“, „Toychoq“ kabi she’rlarida do‘stlik, hamkorlik, ona-tabiat va unga muhabbat g‘oyalari yotadi. Mehnat mavzusi shoir ijodida bosh masala hisoblanadi. Kimki halol, pok bo‘lsa, jismoniy mehnatni sevsa, kattaga ham, kichikka ham ma’qul bo‘ladi. Bu tushuncha shoirning „Buvimning deganlari“, „Uch o‘rtoqning sovg‘asi“, „Do‘ppi“, „Ona orzusi“ she’rlarida ifodalanadi.Q. Hikmat bolalar adabiyotida „Chirchiq farzandi“, „Qum ostida qovunlar“, „Bobodehqon hangomasi“, „Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak“, „Ko‘milgan oltin, vaysaqi xotin va tadbirkor ovchi qissasi“, „Chovkar“ kabi qator poema, ertakdostonlari bilan kitobxonlar tomonidan haqli ravishda e’zozlanadi.

BUVIMNING DEGANLARI

Buvim bilan Sanobar,

Qurt tutishdi barobar.

Katta uyning to‘rida,

Ipak qurtlar so‘rida.

O‘rmalashar vishillab

O’t bargi yer pishillab,

Sanobarning vaqti chog‘.

Barg keltirdi bir quchoq

Buvim dedi: — Hoy qizim,

Endi senga shu so‘zim —

Qurtlar kirdi dahaga,

O‘rnak bo‘lib hammaga.

Dastaga harakat qil,

O‘z ishingning ko‘zin bil!

Bu yil bizlar uch marta

Qurt tutib, mamlakatga —

Topshiramiz pillani,

Pilla emas, tillani.

SUV


Tog‘dan kelar pildirab,

Ariqlarda shildirab

Muzday tiniq zilol suv,

Simob kabi o‘ynab u —

Qaysi yerda oqsa ham,

Gurkirab yashnar o‘lkam.

Uzoqlardan, daryodan,

Kanal qazib har yoqdan

Olib keldik gulbog‘ga,

Ekinlarga quymoqqa.

G‘o‘za qonib ichsin deb,

Cho‘lni bahor quchsin deb.

Go‘zal Vatanda aslo

Qolmasin deb bo‘z, sahro.

UCH O‘RTOQNING SOVG‘ASI

Kechqurun katta uyda,

(Men ham bor edim unda)

O‘ltirishib uch o‘rtoq

Suhbat qildilar uzoq.

Navbat bilan oxiri

Dedi ulardan biri:

— Gulbahorga endi sen

Nima sovg‘a etasan?

Salmoqlanib Ne’mat der:

— Jamoamiz millioner.

Bor uning katta bog‘i,

Serhosildir tuprog‘i,

Ko‘rkamlikda yagona

O’t ko‘chatdan yuz dona —

Ekaman Xol bobomdek,

O‘sib olma, bodomdek

Bo‘lsinlar yashil daraxt,

Barglaridan hamma vaqt

Ipak qurtlar bahr olsin,

Dong‘i elga taralsin,

Mana, mening sovg‘am shu.

Yana qizir tortishuv:

— Gulbahorga endi sen

Nima sovg‘a etasan?

— O‘rtoqlar, — dedi

Ergash,

Bog‘da ishlash tag‘in gasht.

Har xil rangli gullardan

O’nlab-tanlab ulardan

Maktabimiz yoniga,

Dam olish maydoniga,

Yangi gulxona yasab,

O‘tqazaman safma-saf.

Shabadalar ertalab,

G‘unchalarni erkalab,

Yoqimli hidlar sochsin,

Kishi bahrini ochsin,

Mana mening sovg‘am shu.

Lekin oson emas bu!

— Gulbahorga endi sen

Nima sovg‘a etasan?

Qodirjon dedi: — Men ham

Quti yasayman ko‘rkam.

Qushlar unga in solar,

Yayrab o‘sar qushchalar.

Chittak, mayna, bulbullar,

Bizga qalin do‘st ular.

Nurli zararkunanda

Hasharotni ko‘rganda,

Ayamasdan har qatla

Qirib tashlar albatta.

O‘ynab behi, olchada,

Yursinlar keng bog‘chada.

Mening sovg‘am shu bo‘lar

Bog‘ga husn qo‘shilar.

Q.Hikmatning barcha she’rlarini o’qib tahlil qilar ekanman o’sha davrning zavqli onlari va tabiatni tasvirlagan. “ Buvimning deganlari” she’rida ham nafaqat tabiat balki o’sha vaqtlardagi pillachilik haqida, shuningdek ushbu ishlari orqali faqat o’zlariga emas xalqqa ham foydali ish bo’lishi haqida so’zlangan.

Bu yil bizlar uch marta

Qurt tutib, mamlakatga —

Topshiramiz pillani,

Pilla emas, tillani.

Folklor va yozma adabiyot orasidagi bilvosita aloqa esa bolalar adabiyotida folklorizmlarning xilma-xil ko‘rinishlarini yuzaga keltirdi va bolalar adabiyotining xalqchillashuvini,g‘oyaviy-badiiy barkamollashuvini, qiziqarliligi va tabiiy soddaligini ta’minladi. Shu tariqa o‘zbek bolalar adabiyoti ham folklorga tayangan holda shakllana va rivojlana bordi.

3. Po’lat Mo’min mohir qo’shiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Uning „Ko‘ylagim“, „Ikki qo‘ymang, o‘qituvchim“, „Besh oldim— besh“, „Ustozlar“, „Salimjon-nimjon“, „Salimjon endi polvon“ kabi qo‘shiqlarini sevib kuylamaydigan bola topilmasa kerak.

Xususan, 4-sinf “O’qish kitobi” darsligida berilgan she‘rlari , topishmoqlari o’quvchilar qalbidan o’z o’rnini topgan. Shoirning


Download 75,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish