MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
I.Mavzuni o‘rganing, quyidagi savollarga javob toping:
1. Embriogenezning boshlanish va tugallanish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?
2. Maydalanish nima, uning mohiyatini, mitozdan farqini bilasizmi?
3.Blastula, blastulyatsiya jarayonini izohlang, mohiyatini tushuntiring.
4.Gastrula, gastrulyatsiya jarayonini izohlang.
5.Gastrulyatsiyaning qanday tiplarini bilasiz? Ularni izohlab bering.
6.Mezodermaning hosil bo‘lish usullarini bilasizmi?
7.Mezodermaning qanday somitlarini bilasiz?
8.Gisto-organogenez jarayonining mohiyatitni tushuntiring.
9.Hamma varaqlaridan qanday a’zolar hosil bo‘lishini tushuntiring.
10.Somitlardan qanday a’zolar va sistemalar shakllanishini tushuntiring.
11.Provizor a’zolar, ularning turlari va ahamiyatini tushuntiring.
II.Vaziyatga oid masalalarni yeching, test topshiriqlariga javob toping, ularni isbotlang.
1.Ontogenezning qaltis davrlari tushunchasini izohlab bering.
2.Odam ontogenezida asosiy qaltis davrlarni bilasizmi? Bu davrlarda qanday jarayonlar kuzatiladi?
3.Anomaliya va nuqson tushunchalari orasida farqni bilasizmi?
4.Qanday teratogen omillarni bilasiz?
5.Morfologik va fiziologik o‘zgarishlarga qarab qanday nuqsonlarni bilasiz?
6.Sabablarga qarab nuqsonlar qanday guruhlarga ajratiladi?
7.Fetopatiyalarda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? Nima uchun ular boshqa nuqsonlarga nisbatan ko‘proq uchraydi?
KICHIK GURUXLARDA ISHLASH (TEAM WORK)
Embriogenezning davrlari bo‘yicha klaster organeyzerini talabalar bilan ishlaganda uni tuldirish usullari oqituvchi tomonidan tushuntiriladi. Talabalarga bo’sh organayzer sxemalarni tarqatiladi. Talabalar organayzer ustida ishlaganlarida ularni kamchiliklari ko’rsatib boriladi.
Talabalarga quyidagi logic-strukturasini to’ldirish va davom etish tavsiya etiladi.
VAZIYATGA DOIR MASALALAR.
1.O‘lik tug‘ulgan chaqaloqning hazm sistemasi rivojlanishida o‘zgarishlar kuzatilgan. Bunda qaysi homila varag‘i rivojlanishi shikastlangan? Yana qaysi a’zo va sistemalar shikastlanishi kuzatilishi mumkin?
2.Maydalanishda hujayralar hajmi kattalashmaydi. Bunga mitoz siklidagi qanday o‘zgarishlar sabab bo‘lishi mumkin? Maydalanishda blastomerlarning bir-biridan ajralib qolishi qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tushuntirib bering.
3.Hamma umurtqali hayvonlar va odam homilasi 3 ta homila varaqlaridan rivojlanadi. Bu varaqlarning nomini ayting. Ularning tuzilishi va kelib chiqishi umumiyligi, takomillashuvining bir xilligi evolyutsiyaning qanday dalili bo’lib hisoblanadi?
4.Ayollar homiladorligidagi toksikoz natijasida yo‘ldosh oldinroq bachadondan ajralib ketishi mumkin. Buning natijasida homila halok bo‘ladi. Homila halok bo‘lishi sabablarini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |