GISTOGENEZ - ORGANOGENEZ
Gistogenez -to’qimalarni hosil bo’lishi.
Organogenez - a’zolarni hosil bo’lishi.
Bunda differenstiallashgan 3ta embrion varaqasi barcha to`qima va a’zolarga material beradi.
Ektodermadan - epidermis, nerv tizimi va sezgi a’zolar rivojlanadi. Epidenrmis xodisalari xam ektodermadan rivojlanib, unga tirnok, soch, yog` va ter bezi, tish emali analizator a’zolarning qabul qiluvchi qismlari kiradi. Nerv tizimining shakllanishiga neyrulyastiya deyilib, bunda ektodermaning darsal qismi yo’g`onlashib nayga aylanadi va boshqa hujayra qavatida ichkariga ajraladi. Natijada nerv yo’li, bosh va orka miya murtagi hosil bo’ladi. Undagi bo’shliqka - nevrosteldeyiladi.
Nerv nayidagi ektodermal hujayralar mezoderma orqali ko’chib o’tib, ularda barcha periferik nerv sistemasi qismlari rivojlanadi. Shu bilan birga sensor va simpatik gangliylar mielin qavatini hosil qiluvchi givon hujayralari, ishlab chikaruvchi buyrak usti bo’y hujayralari va teri pigment hujayralari xam nerv toisidan rivojlanadi. Boshda nerv ostidan tog`ay suyak va boshqa biriktiruvchi to`qimalari shakllanib,ular boshqa a’zolarda mezodermadan rivojlanadi.Bu ham uchraydigan xolat bo’lib bunga embrion varaqalarining «konstentrastiyalangan kavati» deyiladi. Sezgi a’zolari xam ektodermadan rivojlanib bunda uning ayrim qismlari nerv nayidan, ya’ni ayrim qismlari nerv tolasidan va yana ayrimlari ektodermadan rivojlanadi.
Entodermadan esa ichak va uni xosilalari o’pka, jigar, epitelial to`qima hosil bo’ladi. . Undan nafaqat yutkin, kizil o’ngach,oshqozon, ichak, shu bilan birga barcha so’lak bezlari, jigar, oshqozon ostibezi, o’pka traxeyasi hosil bo’ladi.
Mezodermadan - biriktiruvchi to’qima va mushak, qon tomir sistemasi va ayruv sistemasi rivojlanadi. Erta rivojlanish davridayoq butun tana bo’ylab ektoderma, entoderma va mezoderma oralig`ida ingichka hujayralar o’qi hosil bo’lib bunga nota-xorda deyiladi.
Undagi hujayralar shishib to’girlanib, cho’zilib sodda xordani hosil qiladi va tayanch vazifasini o’taydi. Umurqaliklarda notoxorda, asosan tashkil etib, uni atrofiga mezodermal hujayralarni to’planishi umurtka pog`onasini hosil qiladi. Shunday qilib notoxorda nafaqat evolyustiyada balki ontogenezda ham umurtqa pog`onasining oldingi bosqichi hisoblanadi.
Miotomdan skelet mushaklari rivojlanadi. Nefrogonatomdan - ayiruv va jinsiy tizim rivojlanadi. Splanxnotom - ikkilamchi bo’shlik, ya’ni stelomning epiteliy qavati ichki a’zolar va ichak, nafas olish va ayiruv sistemalarining shillik mushagi rivojlanadi.
Sklerotomdan - tog`ay, suyak va biriktiruvchi to`qima, xorda atrofidagi tayanch o’qi rivojlanadi. Dermatom teri rivojlanishini beradi. Yurakni hosil bo’lishida splanxnatomni vissteral varag`i qatnashadi.
Ichki sekrestiya bezlarini rivojlanishida turli varaqalar qatnashib epifiz va gipofiz ektodermadan rivojlanadi. Buyrak usti bezining bir qismi va jinsiy bezlar mezodermadan rivojlanadi.
Organogenez embrional rivojlanish oxirida tugallanadi, ammo uni differenstirovkasi va murakkablashishi postembrional ontogenezda ham davom etadi. Odam xomilasi 8-xaftagachaxomila, 8-xaftadan so’ng-bola davri deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |