Ramazanova M., Tashpulatov S. Modelirovanie i xudojestvennoe oformlenie odejdы. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010 y., 96 b.
Kuznetsova, : ot idei do proekta: ucheb. posobie / , . – Novosibirsk: Redaksionno-izdatelskiy sentr NGU, 2011. – 95 s.
Asosiy tushunchalar Materiallarni elimlab ulash sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda. Sintetik smolalar paydo bo‘lgandan buyon elimlab ulash ayniqsa keng tarqaldi. Ko‘p texnologik jarayonlarda elimlab ulashning afzalliklari detalni boshqa usulda ulashga nisbattan katta.
Elimlash jarayoni mexanik birlashtirishning, sathlar o‘zaro elektrostatik ta’sirining, ba’zi hollarda esa kimyoviy reaksiyaning umumiy natijasidir. Kiyim detallarini elimlab yopishtirayotganda gazlama bilan elim bir-biriga ta’sir etadi.
Tikuvchilik sanoatida elimli materiallar detallarga uqa qo‘yishda, detal chetlarini pishiqlashda (baxyaqator yuritilmaganida yolg‘on qaviq o‘rniga), yoqa, manjet, eng uchiga qotirmalarni tayyorlashda, kiyim etagini bukib yopishtirishda, bort qotirmalarini tayyorlashda, kiyim uzellaridan cho‘ntak qopqoq, yoqa va shu kabi uzellarni elimlab yig‘ishda ishlatiladi. Kiyim detallarini elimlab ulashga mo‘ljallangan bir qancha mashinalar yaratilgan.
Termokontakt usuli bilan MSTK-2 payvandlash mashinasida yoki "Pfaff" (Germaniya) firmasining 8300 rusumli mashinasida termokontakt usuli bilan elim ipni yopishtirib olish mumkin. Keyin detal ziyi yoki bukish joyi ko‘klangandan keyin dazmollanayotganda (pressda yoki dazmolda) elim ip asosiy detalga yopishadi.
6-rasm
Termoplastik lenta va issiq havo bilan payvandlash Pfaff 8303 klassik mashinasi
7-rasm
Sintetik matolarni payvandlovchi ultratovushli Pfaff 8310 mashinasi
8-rasm
Issiq xanjar va issiq havo bilan payvandlash Pfaff 8320 mashinasi
Kimyoning rivojlana borishi ko‘p mehnat tejash va tabiiy materiallardan ko‘ra yaxshiroq materiallar yaratish imkonini bermoqda. Kiyim tikishga mo‘ljallangan, fizik-kimyoviy tarkibi jihatidan xilma-xil gazlamalarning paydo bo‘lishi kiyim ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan muammolarni yuzaga keltiradi. Bulardan biri mehnat va uskunalar ish unumini pasaytirmay turib, yangi sintetik materiallardan kiyim tayyorlash muammosidir. Bu muammoni hal qilishning yangi ilg‘or usullaridan biri kiyim detallari va uzellarini payvandlab ulash usulidir.
Termoplastik materiallardan bichilgan ikki yoki bir necha detalni issiqlik va bosim ta’sirida yoki bosimsiz faqat issiqlik ta’sirida bir-biriga ulash jarayoni payvandlash deb ataladi.
Payvandlangan chok hech qanday begona modda aralashtirmay hosil qilinadi. Uning elimlab ulashdan farqi ham ana shunda. Payvandlab tayyorlanadigan kiyimlarga quyidagilar kiradi: plashlar, yoping‘ichlar, shuningdek, turli kasbdagi ishchilar uchun peshband englik kabi maxsus kiyimlar.
Ip bilan tikish o‘rnida payvandlash ishlatilsa, ulangan joylar sifatliroq chiqadi. YOqa, manjet, cho‘ntak qopqoq kabi detallarni ishlashda ba’zan chok haqini kamroq chiqarish hisobiga gazlamadan hatto iqtisod qilib qolish ham mumkin. Payvandlanganda jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish,ayrim detal va uzellar tayyorlaydigan potok qatorlari barpo etish, bo‘lajak kiyim detallarini parallel ishlash usulidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Biror uskunada detallarni payvandlash usuli bilan ishlashni aynan shunday uskunada elimlab ulash usuliga solishtirilsa, elimlab ulash uchun 30-60 s, payvandlash uchun esa 2-3 s ketadi. Undan tashqari, payvandlanganda elim ham, uni ulanadigan detallarga surkash jarayoni ham kerak bo‘lmay qoladi.
Qizdirilganda sintetik materiallarning xususiyatlari qanday bo‘lishi ularni tashkil etgan tolalarni hosil qilishda ishlatilgan boshlang‘ich mahsulotlarning fizik-kimyoviy tuzilishiga bog‘liq. Payvandlash tartibi sintetik smolalarning va ulardan olingan tolalarning qanday haroratda yumshashi va suyuqlanishiga qarab belgilanadi.
Tikuvchilikda termoplastik materiallardan buyumlar ishlab chi- qarishning asosiy usullardan biri payvandlash usulidir. Bunday termoplastik materiallar ham, ularni payvandlash ham nihoyatda xilma-xil. Bulardan eng yaxshi o‘rganib chiqilgani plyonka materiallarni payvandlashdir. Bunda plyonka materialning xususiyati, uning qanday usul bilan hosil qilinishi, polimerning yumshash va erish harorati, payvandlash zonasida pishiq chok hosil qilish uchun zarur bo‘lgan bosim, payvand qilinayotgan plyonkalarni yopishqoq-cho‘ziluvchan holatga kelguncha qancha vaqt qizdirish kerakligi va plyonkaning qalinligi kabi omillar payvand chok hosil bo‘lishiga ta’sir etadi. Termoplastik materiallarning suyuqlanish harorati yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘lmaydi va ular qizdirilganda elastik holatdan yopishqoq-cho‘ziluvchan holatga asta-sekin o‘ta boradi.
Elektrda qizdirib payvandlash usulida qizdiriladigan asboblar faqat issiqlik tashish vazifasinigina emas, balki payvandlanish joyiga bosim berish vazifasini ham bajaradi. Payvandlanadigan sathlarga bosim berish uchun ko‘pincha maxsus roliklar, lentalar yoki plitalar ishlatiladi.
9-rasm. Ролик ёрдамида электрда қизитиб пайвандлаш схемаси:
1-газламани сурадиган ва босиб турадиган роликлар; 2-қизитиш асбоби; 3-пайванд қилинадиган плёнка; 4-қизиган роликлари бор кўчма каретка; 5-плёнка қўйиладиган сатҳ.
Elektrda qizdirib payvandlash ikki xil bo‘ladi: ketma-ket payvandlash va parallel payvandlash.
Avtomat bo‘lmagan yoki avtomat universal mashinalarda elektrda qizdirib ketma-ket payvandlanadi. Ularda qizdiruvchi element sifatida rolik, lenta yoki kavsharlagich ishlatiladi. Rolik yordamida elektrda qizdirib payvandlash-ning sxemasi 6-rasmda berilgan. Bu rasmdagi a sxemada payvandlanadigan plyon-
ka surila boradi, b sxemada esa qizdirilgan roliklari bor karetka borib-kelib turadi. Bunday sxemada asosan ketma-ket payvandlanadigan, universal tikuv mashinasi prinsipidagi mashinalar ishlaydi. Bu mashinalarda detallarni egri konturlar bo‘ylab payvandlash mumkin. CHoklar kiyim detallari konturiga mos, egrilik radiusi har xil bo‘lib chiqa oladi.
YUqori chastotali tok bilan payvandlash usuli yuqori chastotali tok (YUCHT) elektr maydonida amalga oshiriladi. YUqori chastotali tok elektr maydoni elektrodlar orasida hosil bo‘ladi. Bu elektrodlar ayni vaqtda qisqichlik va bosim beruvchi vazifasini bajaradi. Payvand qilinayotgan materialning hajmidagi dielektrik yo‘qotishlar natijasida o‘zaro tegib turgan sathlar chegarasida payvandlanish uchun zarur darajada issiqlik hosil bo‘ladi. Bu issiqlik yuqori chastotali tok elektr maydonida polimerlardagi dipol (qarama-qarshi belgili elektr zaryadlari bir-biridan muayyan masofada joylashgan) molekulalar siljib, muayyan ish bajarishi hisobiga ajralib chiqadi. Ana shu issiqlik materialni yumshatib, payvandlaydi.
10-расм. Юқори частотада қизитиб пайвандлаш схемаси:
1-электродлар; 2-пайвандланадиган плёнкалар; 3-қизиш зонаси.
Bunday payvandlashning ikki xil usuli bor: ketma-ket (nuqtali va rolikli) payvandlash va parallel (pressda) payvandlash.
Ketma-ket payvandlash uchun payvandlash agregatlari tikish mashinalari prinsipida konstruksiya qilinadi. Elektrodi ilgarilama-qaytma harakat qilib ishlaydigan mashinalarda payvandlanadigan materialni roliklar yoki reyka surib turadi, chokni esa qisqa elektrod hosil qiladi. Roliklar materialni vaqt-vaqtida suradi, harakatlanadigan elektrod esa material to‘xtagan vaqtda unga tegadi. Bu elektrodga 30-50 MGs chastotali tok ulangan bo‘ladi. YUqori chastotada qizdirib payvandlash usulining sxemasi 7-rasmda berilgan.
Parallel ishlash usuli bilan presslab payvandlash tepa elektrodlari ma’lum shaklda bo‘lgan payvandlash agregatlarida bajariladi. Payvandlash pressining tezligi katta bo‘lib, payvandlash sikli 0,5-2,0 s davom etadi. Keyingi vaqtda tikuvchilik buyumlarini applikatsiyalar (qoplama bezaklar) va boshqa yo‘llar bilan bezashda yuqori chastotali tok bilan payvandlash oddiy, tejamli va ishonchli usul ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tajriba ko‘rsatishicha, bu usuldan ayollar ich kiyimini bezashda keng foydalanish mumkin. Bunday bezash usuli bolalar kiyimlarini, erkaklarning sport ko‘ylaklarini, ko‘rpa-yostiq jildlari va hokazolarni bezashda ham ishlatiladigan bo‘ldi.