2-amaliy mashG’ulot sabzavot o’simliklarining asosiy turkum va turlari bilan tanishish, ularning umumiy ko’rinishini chizish Mashgulotning maksadi



Download 176,5 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi176,5 Kb.
#734778
Bog'liq
2 амалий машгулот


2-AMALIY MAShG’ULOT
Sabzavot o’simliklarining asosiy turkum va turlari bilan tanishish, ularning umumiy ko’rinishini chizish


Mashgulotning maksadi Talabalarni sabzavot o’simliklarining asosiy turkum va turlari bilan tanishtirish, ular xakida umumiy ma’lumot berish.
Kerakli asbob va uskunalar Sabzavot o’simliklarining namunalari, ularning tarkibi tasvirlangan jadval va slaydalar.
Saxiy tabiat jonajon o’lkamiz uchun o’zining bisotida nimaiki bo’lsa, ayamagan. Serquyosh diyorimiz jannat – makon O’zbekistonimizning shuxrati behudaga dunyoga mashhur bo’lmagan. Tilimi tilni yoradigan mazali Xorazmning qovunlari, Mirzacho’lda etishtirilgan tarvuzlar, Samarqandning handalagi, Farg’ona, Andijonning turpu-pomidorlari etti iqlimga ma’lum va mashhurdir.
O’zbekistonda etishtirilayotgan sabzavot-poliz o’simliklarining insonlar uchun ahamiyati boshqa o’lkalarda etishtirilayotgan sabzavot-poliz ekinlaridan tubdan farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, bizda ekib o’stirilayotgan o’simliklar o’zlariga kerakli quyosh haroratini istagancha oladi. Namlik etarli. Tuprog’i esa unumdor. Tabiat yaratgan bunday imkoniyatlar bu erda o’sadigan har bir nihol uchun qulay va etarlidir. Respublikamizda etishtirilayotgan sabzavot-poliz ekinlarining servitaminliligi, to’yimlilik darajasining yuqoriligi, foydaliligi, inson organizmi uchun zarur bo’lgan mikroelementlarga boyliligining sababi ham ana shundadir. Quyida sabzavot – poliz ekinlariga kiruvchi oila vakillarini ko’rishimiz mumkin.
Sabzavot poliz ekinlaridan Cucurbitaceae – Qovoqdoshlar oilasiga mansub qovoqni, qovun va tarvuzlarni keltirish mumkin.
Oshqovoq (Cucurbita pepo) qovoqdoshlar oilasi (Cucurbitaceae)ga mansub bir yillik o’t o’simlik. Oziq ovqat, dorivor, em xashak o’simligi sifatida xamda karotin manbai sifatida keng ekiladi. Oshqovoqning siqib olingan suvi (xom oshqovoqning) yoqimli ta’mga ega va juda foydali. Oshqovoqdan tayyorlangan somsa, manti va boshqa taomlar xam o’zining yoqimliligi va foydaliligi bilan ajralib turadi.
Oshqovoqning urug’ida 40 % gacha moy bo’ladi, uning tarkibida palmitin, stearin, olein va boshqa kislotalarning triglisteridlari bo’ladi. Eng asosiy biologik faol moddasi kukurbitin aminobirikmasi xisoblanadi. U gelmintoz kasalliklarini davolashda juda foydali. Mevasidan (silos qilingan xolatdagisidan) karotin olinadi.
Qovun (Melo orientalis (S. Kudr) Nab.- qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t o’simlik. Bargi uzun bandli, yirik, barg qo’ltig’ida gajagi bor. Turiga qarab asosan iyun oyida gullaydi. Guli ayrim, ba’zan ikki jinsli, sariq rangli. Mevasi ko’p urug’li, turli shakl va rangda 300 g. dan 15-20 kg gacha va undan ham og’ir. Tarkibida 16-18% qand, vitamin S, karotin, pektin moddalari, mineral tuzlar bor. Mevadan ho’lligida, quritib (qovun qoqi) qiyom va povidlo tayyorlab foydalanadilar. Qovun respublikamizning hamma viloyatlarida ekiladi. Ayniqsa Xorazm qovunlarining shuhrati, asosan quyidagi to’rtta turga mansub: handalak, amiri, kassaba hamda zard. Handalakga – ertapishar, ko’kcha, handalak, zamcha, sariq handalak, bosvoldi kabilar kiradi.
Amiriga – yozda pishadigan davlatboy, daxbedi, amiri, nongo’sht, shakarpalak, toshloqi kabilar kiradi.
Kassabaga – bo’rikalla, gurvak kiradi.
Zardga – kuzgi va qishgi turlari: qo’ybosh, umrboqi, gulobi, arqoni, beshiki, qariqiz va boshqalar kiradi.
Tarvuz (Citrullus vulgaris Schrad.) – qovoqdoshlar oilasiga mansub, yotib o’suvchi bir yillik o’t o’simlik. Palagi 3-4 m, bargi uzun, bandli, bo’lakli, o’q ildizli. Iyun oyida gullaydi. Guli ikki jinsli. Changchi gullari palakda to’p-to’p, urug’chi gullari esa yakka holda joylashadi, och sariq rangli. Mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi. Yumaloq, cho’zinchoq shaklda bo’lib, rangi oq qora, ola-bula rangda bo’ladi. Tarkibida 6-11% qand, S vitamini, azotli moddalar va boshqa birikmalar bor.
O’zbekistonda tarvuzning bir qancha navlari ekiladi. Masalan, “Uzbekskiy 452”, “Korol kuba”, “Mramorniy”, “Xayitqora”, “Chovkari”, “Qo’zivoy”, “Kadan” va boshqa navlar. Tarvuzdan lalmikor, bahorikor va sug’oriladigan yerlarga ekib hosil olinadi. Asosan mevasi uchun ekiladi. U qadimiy o’simlik. Insonlar undan o’z chanqog’ini qondirish, oziqa sifatida, buyrakdagi toshni yuvish, siydik haydovchi maqsadlarida foydalanadilar.
Cucurbitaceae – Qovoqdoshlar – Tikvennie



4-rasm. Ekiladigan bodring- Cucumis sativus

Turkum Citrullus Schrad. – Tarvuz – Arbuz.


Tur C. vulgaris Schrad. – Tarvuz – A. obiknovenniy.
Turkum Melo Mill. – Qovun – Dinya.
Tur M. orientalis (S.Kudr.) Nab. – Qovun – D. vostochnaya.


Nazorat savollari

  1. Sabzavot o’simliklarining asosiy turkumlarini sanang.

  2. Sabzavot o’simliklarining asosiy turlarini sanang.

  3. Sabzavot o’simliklarida oksil, uglevod va yoglarning xosil bulishi nimalarga boglik

Download 176,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish