IKM turlari va tavsiflari
№
|
IKM turi
|
Tezligi
|
Ishlab chiqargan davlat
|
1.
|
IKM-24
|
1544 Kbit/s
|
AQSh, Polsha
|
2.
|
IKM-24
|
1536 Kbit/s
|
Angliya
|
3.
|
IKM-36
|
1741 Kbit/s
|
Frantsiya
|
4.
|
IKM-12
|
704 Kbit/s
|
Sobiq sovet ittifoqi
|
5.
|
IKM-24
|
1544 Kbit/s
|
Yaponiya
|
1.
|
Uzatish tezligi, Kbit / s
|
2048
|
2.
|
Davr davomiyligi, mks
|
125
|
3.
|
Davrdagi kanalli vaqt intervallarining soni
|
32
|
4.
|
Kanalli vaqt intervallaridagi simvollar soni
|
8
|
5.
|
TCh kanallar soni
|
30
|
6.
|
TCh kanal chastota diapozoni, Gts
|
300 – 3400
|
5.
|
O‘tadavr davomiyligi, ms
|
2
|
8.
|
O‘tadavrdagi davrlar soni
|
16
|
9.
|
Bitta TCh kanalidagi signal kanallar soni
|
2 – 4
|
10.
|
Diskretlash chastotasi, KGts
|
8
|
11.
|
Kvantlash qadami soni
|
256
|
IKM30/32 tuzilmasi va parametrlari
32 kanalli davrda – 30 so‘zlashuv va 2ta xizmat vaqt kanalidan(0 va 16) iborat: - 1 dan 15gacha, 17dan 31gacha so‘zlashuv vaqt kanallari; - 0-sinxronizatsiya, 16-kanal signalizatsiya signallarini uzatish uchun ajratilgan.
32 kanaldan iborat davr(tsikl) 2Mbit/s tezlik bilan uzatiladi va Ye1oqim deyiladi
IKM signal afzalliklari: uzatilayotgan raqamli signallarning halaqit bardoshligi va apparaturaning past qiymatga ega bo‘lishi, IKM signallarini bevosita kommutatsiyalanish imkoniyati, stantsiyalararo bog‘lovchi liniyalarni zichlashtirishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish, raqamli liniyaviy traktda ketma – ket regeneratsiya uchastkalarida hosil bo‘luvchi shovqinlarni bartaraf etish, raqamli signalning xalaqitlarga past sezgirligi, kanalning qoldiq so‘nish chastotali tavsifi uzatish liniyasining tavsiflariga bog‘liq emas, IKM uzatish tizimlarini amaliyotda amalga oshirish uchun katta aniqlik va elementlarning parametrlari barqarorligini talab qilmaydigan raqamli mikrosxemalar ishlatilishi, IKM li uzatish tizimida ishlatiladigan signal, ma’lumotlar uzatishda ishlatiladigan signal tuzilmasiga o‘xshash bo‘lganligi uchun, ularga umumiy trakt ishlatish imkoni tug‘iladi.
Sinxronizatsiya_tushunchasi'>Sinxronizatsiya tushunchasi
Raqamli kommutatsiya tizimida barcha stantsiyalarning uskunalari chastota va faza buyicha sinxronlashtirilgan bo‘lishi kerak. Chunki xamma kommutatsiya tugunlarida vaqt bo‘yicha bo‘lingan kannallar bilan uzatish tizimi IKMning tsikl fazalariga aniq mos kelishi kerak. Bu maqsadni amalga oshirish uchun xamma uzatish tizimlari bir xil chastota bilan ishlashi va xamma yo‘nalishlar bo‘yicha aloqa liniyalaridan uzatilayotgan guruxli signallarni ushlab qolish yoki bir xil tsikl davrining butun soniga bo‘linadigan bo‘lishi kerak. Raqamli kommutatsiya tizimida ikki turdagi takt chastotasi bo‘yicha va faza bo‘yicha sinxronlash bajarilishi kerak.
Sinxronlash usullari
O‘zaro xamkorlikdagi ishlaydigan stantsiyalarning takt generatorlari xam sinxron ishlashi kerak. Bir necha stantsiyalarga ega aloqa tarmoqlari ikki turda sinxronlashni amalga oshirish mumkin: sinxron va asinxron.
Sinxron tarmoqda xar bir komutatsiya stantsiyasida takt generatori o‘rnatiladi. Bu generatorlarning ishchi chastotalari sinxronlash tufayli bir xil, yoki bir biriga maksimal yaqin bo‘lishi kerak. Barcha kirib kelayotgan liniya traktlarining tsikllari bir xil davomiylikka ega bulishi, ularning boshlanish vaqti bir onda bo‘lishi kerak.
Sinxronizatsiya
Takt chastota bo‘yicha sinxronizatsiya
Davr bo‘yicha sinxronizatsiya
O‘ta davrli sinxronizatsiya
Tarmoq bo‘yicha sinxronizatsiya
Xabarlarni uzatish va qabul qilib olish nuqtalarida xabarga ishlov berish tezligini moslashtirish uchun taktli sinxronizatsiya ishlatiladi.
Taktli sinxronizatsiya guruxli davrli sinxronizatsiya spektridan 2048 kGts chastotani ajratish hisobiga olinadi.
Toq davrlarda R2 razryadi davr sinxrosignalining yo‘qolganligi uchun avariya signalini uzatish uchun ishlatiladi
R5 razryadi “so‘nish qoldig‘i nazorati”signalini uzatish uchun ishlatiladi
R1 razryadida har doim mantiqiy bir signali uzatiladi
Qolgan razryadlar ishlatilmaydi
O‘ta davr bo‘yicha sinxronizatsiya
Liniya signallari va boshqaruv signallarini to‘g‘ri tarqatish uchun ishlatiladi.
O‘ta davr bo‘yicha sinxrosignal qabul qilinayotgan guruhli raqamli signaldagi o‘ta davrni boshlanish vaqti bilan qabuldagi generator qurilmasi signallarini solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Sinxron tarmoqda har bir kommutatsiya stantsiyasida takt generatori o‘rnatiladi. Bu generatorlarning ishchi chastotalari sinxronlash tufayli bir xil, yoki bir-biriga maksimal yaqin bo‘lishi kerak. Barcha kirib kelayotgan liniya traktlarining tsikllari bir xil davomiylikka ega bo‘lishi ularning boshlanish vaqti bir onda bo‘lishi kerak. Alohida stantsiyalardagi takt generatorlarining sinxron ishlashi bitta markaziy generatorlar –bosh generatorlarni ishlatish yo‘li bilan amalga oshiriladi(bu usul shaharlararo telefon stantsiyalarda qo‘llaniladi). Bu generator alohida stantsiya generatorlarini sinxronlashtiradi. Bu sinxronlash tizimi soddaligi bilan ajralib turadi.
O‘zaro sinxronlash usuli mavjud. O‘zaro sinxronlash tizimi alohida stantsiyalardagi generatorlarning teng huquqligi bilan xarakterlanadi. Alohida kommutatsiya tugunlaridagi generatorlarni sinxronlash uchun ishlatiladigan umumiy chastota, tarmoqdagi hamma generatorlarning chastotasining o‘rta qiymatiga teng. Shu o‘rta qiymat yordamida generatorlar chastotasi to‘g‘irlanadi.
Asinxron tarmoqda har bir stantsiya shahsiy generatorga ega har bir stantsiya uchun bog‘liq bo‘lmagan holda generatorga chastota belgilanadi. Bu holda har xil stantsiyalar generatorlarning chastotasi bir-biridan farq qilishi mumkin.
Bunday tarmoqda har bir stantsiyaga aloqa o‘rnatilishida signal qaysi stantsiyadan uzatilganiga bog‘liq ravishda raqamli signallarning uzatish tezligi aniqlanadi. Bu stantsiyada kommutatsiya tsikli xotira qurilmasi (XQ) va bog‘lovchi liniya terminallari yordamida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |